Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


II. Tarbiyalovchi vaziyatlar va ularning turlari


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

II. Tarbiyalovchi vaziyatlar va ularning turlari. Pedagogik jarayonda 
o‘quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy xarakterdagi vaziyatlarda maqsadli, o‘rinli 
foydalanish o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni samarali rivojlantirishga 
imkon 
beradi. 
O‘quvchilarning tarbiyalanganligi ularning tarbiyalovchi 
vaziyatlardagi holatida yaqqol ko‘rinadi.


105
Tarbiyalovchi vaziyat – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida 
turli qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat
Tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra tarbiyalovchi vaziyatlarning asosiy elementlari 
quyidagilardan iborat: tarbiyaviy maqsadlar; tarbiyaviy ta’sir ob’ektlari; pedagogik 
jarayonni harakatga keltiruvchi va uning yechimini topishda asosiy rolni 
o‘ynaydigan tarbiyaviy ta’sir sub’ektlari.T 
Tarbiyalovchi vaziyatlar turli mazmunga ega bo‘ladi. Ular o‘rtasida 
o‘zaro 
muloqotga kirishayotgan o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro hamkorligi asosida 
yuzaga keladigan holat eng universal sanaladi. Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib 
o‘tish joizki, o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning yuzaga kelishiga ishtirokchi 
taraflarning barchasi u yoki bu darajada o‘z hissalarini qo‘shadi.
Odatda tarbiyalovchi vaziyat shaxsni o‘qitish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan 
jarayonining o‘lchov birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlarini baholash, aniq sharoitlarda yuzaga kelgan 
muammoning yechimini topishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim muassasalarida yuzaga kelgan bir muammo o‘qituvchi, o‘quvchilar 
yoki alohida o‘quvchining faoliyatida turlicha ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi 
yoki o‘quvchi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan masala tashkiliy shakliga ko‘ra, 
biror bir shaxsning ta’siri bilan esa ichki mohiyatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Shu 
bilan birga ta’lim jarayonining ishtirokchilaridan biri masalaning mohiyatini, 
g‘oyasini o‘zgartirganda mazmunan o‘zgaradi. Masala mohiyatining o‘zgarishi 
natijasida yangi vaziyat yuzaga kelib, rivojlanib boradi.
Garchi tarbiyalovchi vaziyatlar turlicha bo‘lsa-da, ularning xarakteri
murakkablik darajasiga ko‘ra muayyan guruhlarga ajratish mumkin (18-rasm): 
Odatda o‘qituvchi-talaba; o‘qituvchi-talabalarning kichik guruhi; o‘qituvchi-
talabalar jamoasi; o‘qituvchilar-talabalar; o‘qituvchi(lar) – talaba(lar) – uchinchi 
shaxs tarbiyalovchi vaziyatlarning ishtirokchilari bo‘ladi. 
Pedagogik jarayonda yuzaga kelgan vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
o‘zaro harakatlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling