2. YE.A.Klimov tomonidan asoslangan “Tabaqalashtirilgan tashxis
so‘rovnomasi”
107
o‘quvchilarni nafaqat kasb yoki hunarga yo‘naltirish vazifasini
ijobiy hal etishga xizmat qilmaydi, balki ularning istiqbolda muayyan yo‘naltishda
kasbiy faoliyatni samarali tashkil eta olishi uchun amaliy ahamiyati yuqori
yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur so‘rovnoma o‘quvchilarning qiziqish va moyilliklarini aniqlash
borasida eng mashhur metodlardan biri sanaladi. Metodning mohiyati mavjud kasb
va hunarlarni ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi 5 tipga muvofiq
ravishda o‘rganishni anglatadi:
1) inson – tabiat (mehnat manbai sifatida – o‘simlik, hayvon va
mikroorganizmlar e’tirof etiladi);
2) inson – texnika (mashina va mexanizmlar);
3) inson – inson (odamlar guruhi, jamoalar);
4) inson – belgilar tizimi (raqamlar, tillar, ramzlar, kodlar);
5) inson – badiiy timsol (tasviriy san’at, badiiy asarlar va ularda ifoda etilgan
obrazlar).
“Tabaqalashtirilgan tashxis so‘rovnomasi” kasb yoki hunarlarning yuqorida
qayd etilgan tasnifi doirasida o‘quvchilarning qiziqish va layoqatlari xususida
taxminiy dalillarga ega bo‘lish uchun muhim ma’lumotlarni beradi
108
.
3. “Men afzal ko‘raman” nomli tashxis so‘rovnomasi
109
. So‘rovnmadan
foydalanish asosida o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunarlar asoslari bo‘yicha
ma’lumotlarni egallaganlaridan so‘ng har qanday faoliyatni yo‘lga qo‘yishlari
mumkinligi aniqlanadi. O‘quvchilarning ma’lum kasb yoki hunar yo‘nalishi
bo‘yicha o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad va intilishlarining qay darajada qat’iy
ekanliklarini aniqlash maqsadida ularning e’tiboriga ikki imkoniyatdan birini
tanlashni taqozo etuvchi variantlar havola etildi. O‘quvchilarning mazkur
savollarga bo‘lgan munosabatlari ham uning hayotiy maqsadining aniqligi borasida
ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.
Ayni o‘rinda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga xizmat qiladigan metod va
metodikalardan ayrimlari keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |