142
jamoasining o‘quvchiga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sirini uning xarakteri va
mohiyatiga ko‘ra uch guruhga ajratilishi ko‘rsatilgan. Ular (22-rasm):
1. O‘quvchilar jamoasining tashkiliy funksiyasi. O‘z mohiyatiga ko‘ra
tashkiliy funksiya yordamida o‘quvchilar jamoasining turli ko‘rinishdagi
faoliyatini
uyushtirish, o‘z-o‘zini boshqarish organiga egalik asosida jamoa
hayotida avvaldan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq tashkil qilinadigan tadbirlarning
tashkiliy
masalalarini hal qilish, yuzaga kelgan tasodifiy vaziyatlarni hal qilish
kabi vazifalar bajariladi. Bu kabi vazifalarni bajarishda jamoadagi har bir a’zoning
ichki imkoniyatlarini inobatga olish, ularning zimmasiga mavjud imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda ijtimoiy topshiriqlarni yuklash muhim ahamiyatga ega.
Sinf o‘quvchilar jamoasining
tashkiliy funksiyasi, birinchi navbatda,jamoanin
g rivojlanish dinamikasida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, ushbu funksiya o‘quvchilar
jamoasi tomonidan ijtimoiy topshiriqlarning o‘zaro
hamjihatlikda, hamkorlikda
bajarishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
2. O‘quvchilar jamoasining mafkuraviy-tarbiyaviy funksiyasi. Har bir
jamoa aniq maqsad asosida muayyan g‘oyalar atrofida birlashadi. Jamoaviy birlik,
hamkorlik, o‘zaro yordam
va hamjihatlikka erishish; zarur, ayniqsa, qiyin
vaziyatlarda jamoa a’zolarining bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashiga
erishish; ta’lim
muassasasida belgilangan tartib-intizom qoidalariga rioya qilish; jamoaning sha’ni
uchun kurashish, obro‘sini saqlash; jamoa an’analariga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish; ta’lim muassasasida o‘quvchilar jamoasining o‘quv-bilish hamda ijtimoiy
faoliyat, shuningdek, turli yo‘nalishlarda tashkil etiladigan ko‘rik-tanlov
va sport
musobaqalarida
yetakchiligini
ta’minlash
orqali
mafkuraviy-tarbiyaviy
funksiyaning mohiyati namoyon bo‘ladi.
Umumiy
o‘rta
ta’lim
maktablarida
o‘quvchilar
jamoasi
mafkuraviy
va axloqiy g‘oyalarni
tashuvchisi,
targ‘ibotchisiga aylanadi.
Binobarin, o‘quvchilar jamoasining ta’siri tufayli o‘quvchida muayyan axloqiy
e’tiqod shakllanadi.
Mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri, oqilona foydalanish
orqali mafkuraviy-
tarbiyaviy funksiyaning amalga oshirilishi har bir o‘quvchida o‘zining jamoadagi
o‘rnini anglashiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: