Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Tashxis muddatining aniq belgilanishi


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

3. Tashxis muddatining aniq belgilanishi. Pedagogik jarayonda tashxis 
muddatlarini to‘g‘ri, oqilona belgilash va ularning aniqligiga erishish olingan 
natijalarning ishonchli, haqqoniy bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, o‘qituvchi 
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishgan yoki erishmaganligini aniq belgilanishini 
ta’minlaydi. Tashxis muddatining aniqligi natijalarni haqqoniy va ishonch 
bo‘lishiga yordam beradi.
4. Tashxis jarayonining izchilligi va davomiyligi. Pedagogik
jarayonining izchil, davomiy bo‘lishi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentlik
sifatlarini o‘zlashtirishda o‘quvchilar duch kelayotgan to‘siq va muammolarni 
aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etib borish imkonini beradi.
5. Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish va ko‘p omillik. Pedagogik 
tashxislashda o‘rganilayotgan sub’ekt (o‘quvchi, o‘quvchilar sinfi) yoki ob’ektga 
taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarga tayanib ish ko‘rish, ularni sinchiklab, puxta 
o‘rganish, tahlil qilish zarurligini anglatadi. Ko‘p omillik esa tashxislanayotgan 
o‘quvchini shaxs sifatida rivojlantirish yoki jarayon (ta’lim, tarbiya jarayoni)ning 
sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan 
omillarni aniqlash, tizimlashtirish, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning asosli, to‘g‘ri bo‘lishiga 
yordam beradi.
6. Tashxis metodikasining amaliyotga mosligi. Pedagogik, psixologik 
jarayonlarda metodikaning shakllantirilishi va uning amaliy qiymatga ega bo‘lishi 
tashxislashning samarali bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu sababli umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida tashxis metodikasining amaliyotga mos kelishiga e’tibor 
qaratish to‘g‘ridir. 
7. Tashxis shakli, metodi, vosita va texnologiyalarning o‘zaro
birligi. 
Ustuvor tamoyillar 
Shaxsiy xususiyatlarni inobatga
olish va ko‘p omillik 
Tashxis maqsadining aniqligi 
Tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi 
Tashxis muddatining
aniq belgilanishi 
Tashxis jarayonining
izchilligi va davomiyligi 
Tashxis metodikasining
amaliyotga mosligi 
Tashxis shakli, metodi, vosita va 
texnologiyalarning o‘zaro birligi 
Tashxis texnologiyasining
maqsadga muvofiqligi 
Tashxis natijalarining ishonchliligi
va ularni xolis baholanishi 
Natijalarning
maqsadga muvofiqligi 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling