Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Aqliy hujum” metodi.
O‘quvchilarning
ismi, familiyasi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Ballar soni % Xulosa ... Eslatma: agar o‘quvchi tegishli ko‘nikmaga ega bo‘lsa, u holda 3 ball; topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelsa – 2 ball; agar xatoga yo‘l qo‘ysa, ammo qanday harakat qilish kerakligini bilsa – 1 ball; agarda tegishli ko‘nikma shakllanmagan bo‘lsa u holda – 0 ballga ega bo‘ladi. Yig‘ilgan ballarning umumiy soniga ko‘ra o‘quvchining mustaqil ishlarni bajarishga tayyor ekanlik darajasi ma’lum bo‘ladi. Ballarning umumiy soni asosida besh balli tizim ko‘rsatkichlari (baholari) belgilanadi. Ya’ni: 1) 30 ball – eng yuqori daraja: “5”; 2) 27-29 ball – yuqori daraja: “5”; 3) 25-26 ball – o‘rta daraja: “4”; 4) 20-24 ball – past daraja: “3”. Agar o‘quvchida tashxisning 1-qismi bo‘yicha ko‘nikmalar shakllangan bo‘lsa, bu holat uning samarali ko‘nikmalarga egaligini tasdiqlaydi va u o‘qituvchining yordamisiz ham mustaqil ishlarni bajara oladi. O‘quvchida tashxisning 1- va 2-qismlari bo‘yicha ko‘nikmalar shakllangan bo‘lsa, bu holat uning ijodiy ko‘nikmalarga egaligini tasdiqlaydi va u turli murakkablikdagi topshiriqlarni ham mustaqil bajara oladi. IV. O‘quvchilarda kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi metodlar. Shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirish muammosi iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan davlatlarda o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab izchil o‘rganila boshlangan. Aynan shu vaqtda kompyuter texnologiyalarining yaratilishi kishilik jamiyati tarixida yangi davrni boshlab bergan bo‘lib, inson ongi, tafakkuri istiqbolni belgilovchi muhim omil sifatida e’tirof etilishi uchun asos bo‘ldi. Kompyuter texnologiyasining yaratilishi birgina g‘oya bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatish, oylab, yillab amalga oshiriladigan monitoring jarayonini qisqartirish, vaqtni tejash hisobiga mehnat samaradorligi va unumdorligiga erishish mumkinligini isbotladi. Shu sababli iqtisodiy jihatdan gegemon sanaluvchi davlatlarda yangi g‘oyalarni yaratish hisobiga qo‘l kuchi yoki texnika vositasida amalga oshiriladigan inson mehnatini yanada optimallashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. “Kreativlik” deya baholanuvchi orginal fikrlash jarayonini aks ettiradigan sub’ektiv hodisa bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida rivojlanishni 90 belgilovchi “tayanch nuqta”ga aylandi. Bu esa o‘z navbatida kreativ fikrlovchi shaxsni tarbiyalash masalasining dolzarblik kasb etishiga olib keldi 76 . “Kreativlik” (ingl. “create” – yaratish, “creative”) tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan “yaratuvchanlik”, “ijodkorlik” 77 ma’nolarini anglatib, mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida uning muvaffaqiyatini ta’minlash yo‘lida tashqi va ichki omillar ta’sirisiz ham kutilmagan fikrlarni ilgari surish, muammoli vaziyatlarda ham o‘ziga xos orginal yechimlarni topish, takrorlanmas mahsulotlarni yaratish qobiliyatiga egalikni ifodalaydi. Ya’ni, kreativ mahsulotni yarata olishi uchun mutaxassisga tashqi (ob’ekt, predmet, buyum, hodisa) yoki ichki (hissiy kechinma: zavqlanish, quvonish, qayg‘urish, g‘amga botish va) omillarning ta’sir ko‘rsatishi shart emas va u bunday natijaga yuqori darajada kompetentlik sifatlariga egaligi tufayligina muvaffaq bo‘la oladi. Boshqacha aytganda, kreativlik ijodkorlik negizida rivojlanib, uning yuqori darajasi sanaladi. Agarda ijod mahsulotlari ijtimoiy sub’ektlarga hissiy, estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kreativ mahsulotlar o‘zida ikki jihatni namoyon qiladi: birinchidan, shaxsga hissiy, estetik ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchidan, amaliy qiymatga ega bo‘lib, undan turli ehtiyojlarni qondirish (masalan, ozuqa sifatida iste’mol qilish, maishiy buyum sifatida foydalanish va h.k.) uchun xizmat qiladi. 1922 yilda Ray M.Simpson tomonidan chop etilgan “Creative Imagination” (“Kreativ tasavvur”) nomli asarda “kreativlik” tushunchasi ilk marta qo‘llanilgan bo‘lib, u yuqori darajadagi fikriy jarayon sifatida ifodalangan 78 . Bugungi kunda shaxs, jumladan, o‘quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish maqsadida quyidagi metodlardan samarali foydalanilmoqda: 1. “Aqliy hujum” metodi. Mazkur metod Aleks Osborn tomonidan asoslangan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi shaxsda yangi, ko‘plab g‘oyalar ishlab chiqish, ularni tanqidiy tahlil qilish malakasini shakllantirishdan iborat. O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi, yechim yuzasidan o‘z taklifini ilgari suradi. Qolganlar bildirilgan fikrni to‘ldiradi va rivojlantiradi. O‘quvchilar tomonidan bildiriladigan hech bir fikr tanqid qilinmaydi. Barcha o‘quvchilar muammoning yechimi yuzasidan o‘z taklifini bildirgandan so‘nggina ular umumiy holda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri, samarali yechim tanlanadi 79 . Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling