Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasini tashxislash –


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasini tashxislash –
tomonidan o‘quv fanlarini o‘zlashtirish asosida uning fikrlash qobiliyati
tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onaga egaligini
holatini tahlil qilish hamda baholash. 
Har qanday tashxislashda bo‘lgani kabi o‘quvchining aqliy rivojlanish 
darajasini tashxislash aniq maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quvchining 
aqliy rivojlanish darajasini tashxislash maqsadi – uning o‘quv fani (fanlari)ni samarali 
o‘zlashtirishda erishayotgan yutuqlari darajasini baholash hamda omillarini aniqlash 
yoki o‘quv materialini o‘zlashtirishda u duch kelayotgan qiyinchiliklarni, ularning 
sabablarini tahlil qilish orqali fikrlash qobiliyati, tafakkuri, intellektual salohiyatining 
muayyan darajasini belgilashdan iborat.
Bu jarayonda quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
maqsaddan kelib chiqqan holda tashxislashning samarali bo‘lishini 
ta’minlovchi metod, vosita hamda texnologiyalarni tanlash; 
ular asosida tashxislovchi (nazorat, sinov) materiallarni tayyorlash; 
tayyorlangan tashxislovchi (nazorat, sinov) materiallarni o‘quvchi yoki 
o‘quvchilar guruhiga taqdim etish; 
o‘quvchi yoki o‘quvchilarning tashxislovchi (nazorat, sinov) materiallar 
bo‘yicha javoblar natijalarini umumlashtirish; 
umumlashtirilgan javoblar natijalarini tahlil qilish va baholash; 
baholash natijalari e’lon qilish; 
yakuniy natijalarga tayangan holda ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini 
belgilash yoki ta’lim sifatini yaxshilashga doir dasturni ishlab chiqish.
Zamonaviy sharoitda shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi 
uning aqliy salohiyatga egaligini ifodalaydi. Shu sababli mavzuni o‘rganishda
shaxsning kreativ qobiliyatining rivojlanganlik darajasini tashxislovchi metod 
va metodikalar xususida so‘z yuritiladi.
Kreativ tafakkurning darajasi fikriy tezlik, vaziyatni har tomonlama tahlil qilish, 
yechim sifatida ko‘plab g‘oyalarni ilgari surish, ularni sintezlash, eng maqbul variantni 
yechim sifatida tanlash, yechimni bayon qilish, yechim asosida amaliy qiymatga ega 
mahsulotni yaratishga qaratilgan fikriy + kinestetik (bevosita bajarilagan) 
harakatning samaradorligi bilan aniqlanadi.


87

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling