Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


“Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

7. “Mental xarita” (yoki “Idrok xaritasi”) metodi
86
. Muallif – angliyalik 
psixolog Toni Byuzen. Muallifning fikriga ko‘ra, kreativlik xotira bilan bog‘liq. 
Shunday ekan, xotirani kuchaytirish kreativ fikrlash jarayonining sifatini 
yaxshilaydi. Sarlavha va abzaslar bilan yozishlarning an’anaviy tizimi eslab 
qolishga to‘sqinlik qiladi.
1974 yilda ilk bor T.Byuzen qog‘ozning o‘rtasiga asosiy tushunchani 
markazdan chiqargan holda uning atrofida “shox”lar hosil qilish orqali ularga eslab 
qolinishi zarur bo‘lgan assosiatsiyalarni qayd etgan holda o‘rganilayotgan 
muammoni tahlil qilishni taklif etadi. Fikrlarni grafikaviy (turli geometrik
arifmetik, fizik formulalar, shartli belgilar yordamida) ifodalash taqiqlanmaydi.
“Mental xarita” (“Idrok xaritasi”)ni “chizish” yangi assosiatsiyalarning 
yuzaga kelishiga imkon yaratadi, hosil bo‘lgan umumiy obraz esa muammo 
mohiyatini ifodalovchi tushuncha (bilim)larning uzoq vaqt yodda saqlanishiga 
yordam beradi
87
.
8. “Bilvosita strategiyalar” metodi
88
. Mualliflari Brayan Eno hamda Piter Shmidt 
bo‘lgan bu metod turli topshiriq (buyruq)lar yozilgan kartochkalar to‘plamiga 
tayangan holda yangi g‘oyalarni izlash, asoslash va ilgari surishga qaratilgan 
harakatlar amalga oshiriladi.
Yangi g‘oyani ishlab chiqishdan avval o‘quvchi kartochkalardan biri tanlaydi va 
unda ko‘rsatilgan topshiriq asosida muayyan xatti-harakat (masalan: “Uch yo‘l 
bilan yechimni top!”, “Echimni yangi g‘oyalar bilan boyit!”
89
bajariladi.
9. “Tugallanmagan rasmlar” testi
90
. Ellis Pol Torrens tomonidan taklif qilingan 
testlar to‘plami shaxsning rasmli topshiriqlarni bajarish orqali fikrlash qobiliyatiga, 
85
Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium 
=popup&utm_campaign=archive 
86
10 лучших методов генерирования идей // https://4brain.ru/blog/методы-генерирования-идей. 
87
Методики 
развития 
креативности 
// 
http://moluch.ru/rules/?utm_source=selfad&utm_medium= 
popup&utm_campaign=archive. 
88
Методики 
развития 
креативности 
// 
http://moluch.ru/rules/?utm_source=selfad&utm_medium= 
popup&utm_campaign=archive. 
89
Методики развития креативности // 
http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= 
popup&utm_campaign=archive.
90
Тест креативности Торренса. Диагностика творческого мышления //https://psycabi.net/testy/577-test-kreativnosti-
torrensa-diagnostika-tvorcheskogo- myshleniya; Тест креативности Торранса // http://www.miu.by/kaf_new/mpp/ 150.pdf. 


94
fikrlarni orginal ifodalash layoqatiga egaligini aniqlash imkonini beradi. 
Respondent uchta variantdagi rasmli topshiriqni bajaradi.
Topshiriqni bajarish shartlari: 
1) imkon qadar ko‘p g‘oyani taklif qilish;
2) rasmlarning badiiy qiymatiga e’tibor bermaslik;
3) fikrlashda o‘z oldiga cheklovlarni qo‘ymaslik. 
Topshiriqlar quyidagilardan iborat: 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling