Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
Morfologiya: 1) biologiya fanida tirik organizmning tashqi (shakli,
tarkibiy tuzilmasi, rangi, obrazlari) hamda ichki tuzilishi (masalan, odamning tashqi (eydonomiya) va ichki (anatomiya) morfologiyasi); 2) tilshunoslikda: tabiiy tillarga xos so‘zlar, ularning ahamiyatli qismlari va morfologik belgilarini aks ettiruvchi grammatikaning bo‘limi. Har qanday holatda ham morfologik orzanizm, jism, jarayonning tarkibiy tuzilmasining to‘liq yoritilishini ifodalaydi. Fris Svikki g‘oyasiga asoslangan bu metod “Morfologik tahlil” ham deb nomlanadi. Metod ob’ektning tarkibiy tuzilmasini tahlil qilishga asoslanuvchi metod bo‘lib, u qabul qilingan qarorning nazariy imkoniyatlarini ifodalovchi barcha variantlarni tizimlashtirishni taqozo etadi. Metod jadval shakliga ega. Odatda qutilarga buyum, predmetlar tartib bilan joylashtirilgani kabi “Morfologik quti” grafik organayzerida ham o‘rganilayotgan mavzuga doir tayanch tushunchalar jadvalining muayyan kataklariga tartib bilan, o‘zaro izchillik asosida joylashtiriladi. Mazkur grafik organayzer talabalarni erkin, tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Muammoni hal qilishga nisbatan tizimli yondashuvning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan morfologik tahlil qisqa vaqt oralig‘ida orginal yechimlarni topish imkonini beradi. Ta’lim jarayonida foydalanadigan morfologik tahlil turli ramziy belgilarga asoslangan yozuvlar, rasmlardan tarkib topgan jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Jadval tabiiy ravishda bo‘yiga va eniga ega. Odatda bo‘yicha predmet, buyumlar tegishli bo‘lgan umumiy tur (masalan, kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon va hokazolar qayd etiladi. Eniga ega har bir turga taalluqli bo‘lgan narsa, buyum yoki jihozlarning nomlari ko‘rsatiladi. Ular iloji boricha rasm, shartli belgi yoki logotiplarda aks etishi kerak. “Bu kabi ko‘rsatkichlar sifatida format, ranglar, asosiy muammoni aks ettiruvchi ramzlar, tasvirning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi tasavvurni oydinlashtirishga yordam beruvchi ramzlarni tanlash mumkin” 83 . Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling