Namangan davlat universiteti rektori S. Turg‘unov Namangan davlat universitetining sharaf kodeksi
Universitet jamoasining asosiy ma’naviy-axloqiy majburiyatlari
Download 36.21 Kb.
|
NamDU Sharaf kodeksi
2. Universitet jamoasining asosiy ma’naviy-axloqiy majburiyatlari:
2.1. Jamoa a’zolari o‘zining inson - jamiyat - davlat – universitet oldidagi mas’uliyatini to‘laqonli anglagan holda quyidagi majburiyatlarni bajaradi: halollik, fidoiylik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, madaniyatlilik fazilatlarini universitet nufuzi va taraqqiyoti yo‘lida safarbar qilish; universitet tarixini va intellektual salohiyatini hurmat qilish, uning ilg‘or ilmiy-ma’rifiy an’analarini rivojlantirish; universitet moddiy-ma’naviy mulkini asrash, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish; har qanday shakl-mazmundagi diniy va irqiy kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliychilik va zo‘ravonlik ko‘rinishidagi xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, jamoa a’zosining obro‘si, sha’ni, nafsoniyati, qadr-qimmatini poymol qilmaslik; yoshi, jinsi, millati, irqi, etnik guruhi, ijtimoiy holati, oilasining ahvoli, ilmiy salohiyati va yashayotgan hududidan qatiy nazar jamoa a’zolari bilan do‘stona munosabatlarni yo‘lga qo‘yish; sog‘lom turmush tarziga amal qilish, atrof-muhit muhofazasi, umumjamoa salomatligini himoya qilish hamda sport-sog‘lomlashtirish ishlarida faol ishtirok etish; jamoa a’zolarining badiiy-estetik tafakkurini yuksaltirish, madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini rivojlantirish, turli ko‘rinishdagi illatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlariga amaliy yordam berish; universitet sha’niga zid bo‘lgan xabar va ma’lumotlarga nisbatan asoslantiruvchi hujjatlar, dalillangan ma’lumotlar asosida o‘zining shaxsiy munosabatini, fikr-mulohazalarini, taklif-tavsiyalarini bildirish. 2.2. Jamoa a’zolari o‘zining universitetda fan-ta’lim va o‘quv jarayoni oldidagi mas’uliyatini to‘laqonli anglagan holda quyidagi majburiyatlarni bajaradi: darsni muqaddas deb bilish, o‘quv auditoriyasi, o‘quv laboratoriyasi va tinglovchilarni hurmat qilish; vaqt menejmentiga rioya qilgan holda sifatli ta’limni ta’minlash; korrupsiya, ta’magirlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik, beparvolik, zo‘ravonlik, manmanlik kabi illatlarni hamda universitet ma’naviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik; kasb etikasiga rioya etish, pedagog odobiga amal qilish, intellektual kamtarinlik asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib jamoa manfaatlarini e’zozlash; ta’limning samarali va ta’sirchan vositalaridan keng foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish; pedagogik ta’limning nufuzini oshirish orqali Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni rivojlantirishga munosib xissa qo‘shish; ta’lim va o‘quv jarayoninini tashkil etish hamda amalga oshirishga ustoz-shogird an’alarining insonparvarlik, bag‘rikenglik va halollik mezonlari asosida yondoshish; talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi sog‘lom ta’lim raqobat muhitini yaratish hamda o‘zaro hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish; talaba va o‘qituvchi munosabatlarida kamsitish, haqorat qilish, zo‘ravonlik ko‘rsatish, ruhiy bosim o‘tkazish va tahdid qilishning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik; kasbiy majburiyatini bajarishda ziyolilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik sifatlarini namoyon qilish. 2.3. Jamoa a’zolari o‘zining universitetda ilmiy faoliyatini amalga oshirish mas’uliyatini to‘laqonli anglagan holda quyidagi majburiyatlarni bajaradi: ilmni, ilm oluvchini, ilm beruvchini va ilmiy jamoani e’tirof etish, ularga so‘zi va ishi orqali yuksak ziyolilik asosida hurmat ko‘rsatish; ilmiy tadqiqotchining faoliyatiga turli ta’magirlik, g‘arazgo‘ylik, qaysarlik va shaxsiy xarakterini namoyon qilish orqali noqonuniy va g‘ayriaxloqiy to‘siqlarni paydo qilmaslik; ilmiy tadqiqotni shakllantirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash ishlariga yuksak insoniy fazilatlar bilan yondoshish; ilmiy salohiyati, boy ilmiy dunyoqarashi, intellektual hayotiy tajribasini jamoaga yetkazish; talabalarni salohiyatli olimlar, yetakchi mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv, ochiq muloqotlarni tashkil etish, mutaxassislik va ixtisoslik yo‘nalishiga tegishli olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishtirish; samarali ilmiy faoliyati bilan Yangi O‘zbekiston ilm-fani taraqqiyotiga munosib xissa qo‘shish; konfedensialligi ta’minlanmagan norasmiy ma’lumotlarni tarqatmaslik, g‘ayriilmiy g‘oyalar, ta’limotlarni targ‘ib qilmaslik. yuksak ziyolilik va madaniyatlilik fazilatlarini namoyon qilish va o‘rnak bo‘lish. Download 36.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling