Namangan davlat universiteti sarimsokov abdilatip abdiraximovich
Download 0.61 Mb.
|
4 Укув кулланма Нумизматика 2022 lotin nashr uchun
Musayyabiy dirhamlari oliy probali kumushdan yasalgan bo‘lib, Ibn Xavqal tomonidan bejizga «ularning xazinalaridan» deb atalmagan.
Muhammadiy dirhamlari to‘g‘risida Istaxriy ular temir, mis, kumush va boshqa narsalardan quyilgan bo‘lib, asosan past sifatli kumushlar bo‘lganligini e'tirof etgan. G‘itrifiy tangalari esa bronzadan quyilgan. O‘z-o‘zidan ularning to‘lov qiymati ham bir-biridan farq qilgan: musayyabiy dirhamlariga ko‘proq, g‘itrifiy dirhamlariga kamroq narsa sotib olish mumkin bo‘lgan. Biroq, IX–X asrlar pul munosabatlarining o‘ziga xos jihati sifatida o‘zining qiymatiga ko‘ra umumdavlat miqyosidagi ismoiliy dirhamlaridan yuqori turgan. Hattoki, g‘itrifiy dirhamlarga ham ismoiliy dirhamlariga qaraganda ko‘proq mahsulot xarid qilish mumkin bo‘lgan. Mayda savdo uchun mis tangalar – fulslar ishlatilgan. Ular kumush tangalarga nisbatan muayyan qiymatda amal qilingan. Masalan, 921- yilda Buxoroda 1 kumush dirham 24 mis fulsga teng bo‘lgan. Mis tangalar viloyat ichkarisida savdo munosabatlarini olib borishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, amalda viloyat tashqarisida savdo munosabatlarida qo‘llanilgan va tabiiyki, u yerda bir muncha arzonroq qiymatga ega bo‘lgan. Masalan, 921- yilda Buxoroda Samarqand tangalariga mahalliy Buxoro tangalariga sotib olish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning 2/3 qismini xarid qilish mumkin bo‘lgan. Musayyabiy, Muhammadiy, g‘itrifiy tangalarining amal qilishining o‘ziga xosliklaridan shunday xulosa qilish mumkinki, X asrda hattoki markazlashgan somoniylar davlati doirasida ham O‘rta Osiyo viloyatlari iqtisodiy ma'noda yaxlit bir butunlikni tashkil etmagan. O‘zining bozorlariga ega iqtisodiy viloyatlar aniq ajralib turgan. Ushbu iqtisodiy viloyatlar o‘sib borayotgan savdo munosabatlariga qaramasdan, tangalarning ichki tarkibidan tortib, ko‘plab o‘ziga xosliklarini saqlab qolgan. O‘z navbatida hukumat ham yuqoridagi o‘ziga xoslik va an'analar bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling