Namangan davlat universiteti sarimsokov abdilatip abdiraximovich
Download 0.61 Mb.
|
4 Укув кулланма Нумизматика 2022 lotin nashr uchun
So‘z boshi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘tgan vaqt mobaynida Vatanimiz tarixini, xususan, uning davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tarixi, o‘zligini anglashga bo‘lgan qiziqishning ortishi tarix fani zimmasiga ham katta mas'uliyatlar yuklamoqda. Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarorida tarix faniga alohida e'tibor qaratilganligi yurtimiz tarixchilari zimmasiga Vatanimiz tarixini xolisona va to‘laqonli yoritish vazifasini qo‘ydi. Natijada, o‘zbek xalqi moddiy va madaniy tarixi borasida ko‘plab fundamental ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan, O‘rta Osiyo hududiga metall tangalarning kirib kelishi, zarb qilinishining yo‘lga qo‘yilishi, o‘ziga xos tangachilik uslubining vujudga kelishi va taraqqiy etishini tadqiq etish zamonamiz tarixchilari oldida turgan dolzarb vazifalardandir. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida tarix fanining yordamchi sohalari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan numizmatikaning ham nufuzi yanada ortib, mustaqil tarix fani sifatidagi maqomga ega bo‘ldi. Chunki, tariximizni o‘rganishda numizmatika, ya'ni tangashunoslik fanining ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Ushbu fanning asosiy ob’yekti bo‘lgan tangalar bizga eramizdan avvalgi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar, siyosiy, iqtisodiy, ayrim xollarda esa millatlarning e'tiqodiy dunyoqarashlari haqidagi ma'lumotlarni beradi. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlarni maksimal darajada olish vazifasi yotadi. Insoniyat tarixi va madaniyatini o‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Tangalar tarix, siyosiy iqtisod, san'atshunoslik, ideologiya, til, me'morchilik, savdo, xalqaro aloqalar vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha muammolarni yechishda moddiy manbalar orasida muhim rol o‘ynaydi. Tangalar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealarning sanasi, qanday shohlar hukmronlik qilganligini, ularning hukmronligi necha yil davom etganligini, davlat chegaralarini aniqlashda, tabiat, qishloq xo‘jaligi, arxeologik topilmalarning «yoshini» aniqlashda arxeologlar ko‘pincha tangalarga asoslanadilar. Mazkur holatda metall tangalarning fan oldidagi ahamiyati naqadar katta ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. «O‘rta Osiyo numizmatikasi» nomli ushbu o‘quv qo‘llanma numizmatikaning fan sifatida shakllanishi, metall tangalarning vujudga kelishi va O‘rta Osiyoga kirib kelishi, hududda o‘ziga xos tangachilik uslubining paydo bo‘lishi, taraqqiy etishi kabi masalalarni talabalarga yetkazishda va ularning bu boradagi tushunchalarini kengaytirishda yaqindan yordam beradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling