Namangan davlat universiteti sarimsokov abdilatip abdiraximovich
Download 0.61 Mb.
|
4 Укув кулланма Нумизматика 2022 lotin nashr uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid test savollari
- Mavzu № 3. ILK O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA ZARB ETILGAN TANGALAR Reja: 1. Ilk o‘rta asrlar davri Sug‘d tangalari. 2. Ilk o‘rta asrlar davri Choch tangalari.
Mavzuga oid tayanch iboralar:
Yunon-Baqtriya, Kushon, Xorazm, tetradraxma, stater, «Varvarcha taqlid tangalar», Yevkratid, Antiox, Geliokl va Laodika, Kudzula Kadfiz. Mavzuga oid savollar: 1. Yunon-Baqtriya podsholigining tangachilik tizimi qaysi standartga asoslangan? 2. Qaysi kushoniy hukmdor davrida kushon tangalarini zarb qilishga kirishilgan? 3. Sosoniy-kushonshohlarning tangalari necha turga bo‘linadi? 4. «Darik» tanga haqida nimalarni bilasiz? 5. Qadimgi dunyoning eng yirik tangalaridan biri bo‘lgan 160 grammlik tanga qaysi Yunon-Baqtriya hukmdori tomonidan chiqarilgan? Mavzuga oid test savollari: 1. Qaysi hukmdor davridan Kushon davlatida oltin tangalar tangalar zarb qilina boshlangan? a) Kudzula Kadfiz b) Vima Kadfiz s) Kanishka d) Geliokl 2. «Siyovushdek dongdor» yozuvlari qaysi qadimgi davlat tangalarida uchraydi? a) Kushon podsholigi b) Xorazm s) Davan d) Yunon-Baqtriya 3. «Stater» bu – …? a) Kumush tanga b) jez tanga s) oltin tanga d) mis tanga 4. O‘rta Osiyoning o`z tangalari qachon paydo bo`lgan? a) miloddan avvalgi IV asrda b) IV asrda s) miloddan avvalgi V asrda d) miloddan avval III asrda 100 donaga yaqin Yunon-Baqtriya kumush tangalar xazinasi qaerdan topilgan? a) Kitob shahri atrofidan (Qashqadaryo) b) Dalvarzintepa atrofidan (Surxondaryo) s) Axsikent atrofidan (Farg‘ona vodiysi) d) Ko‘zaliqir atrofidan (Xorazmshosh) Mavzu № 3. ILK O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA ZARB ETILGAN TANGALAR Reja: 1. Ilk o‘rta asrlar davri Sug‘d tangalari. 2. Ilk o‘rta asrlar davri Choch tangalari. 3. Ilk o‘rta asrlar davri Xorazm tangalari. Ilk o‘rta asrlar davri Sug‘d tangalari. Ilk o‘rta asrlar davriga oid tangalar O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida har xil darajada o‘rganilgan. O‘rta Osiyoda pul munosabatlari doirasida ilk o‘rta asrlar davrining boshlanishi eramizning V–VI asrlari bilan belgilanadi (ayrim viloyatlar ushbu qolipga tushmasligi ham mumkin). Davr mahalliy namunadagi ilk o‘rta asrlarga oid tangalarni zarb qilishning, keyinroq esa ularning savdo munosabatlaridagi ishtirokining butkul to‘xtalishi bilan yakunlanadi. Bu taxminan VIII asrning o‘rtalarida, O‘rta Osiyo Yaqin Sharq mintaqasining moliyaviy-iqtisodiy munosabatlariga tortilgan paytda nihoyasiga yetgan. Ushbu jarayon ancha kechroq Xorazm, Ustrushona va Chochda amalga oshgan. Tangalarda ifodalangan xudolar tasviri, asosan ibodatxonalarda tasvirlangan xudolar tasvirlaridan olingan. Ikkinchisi, g‘azablangan hayvonlarning tasviri esa shaharlarning o‘ziga xos gerbi hisoblangan shahar emblemalaridan olingan. Ko‘plab uchrab turadigan hayvonlarning tasviri sifatida sher (turlicha ifoda usullarida), ikki o‘rkachli tuya, ot va kiyikni olish mumkin. Ushbu tasvirlar nafaqat tangalarda, balki aslzodalarning qalqonlarida ham uchragan. Ulardan muhr va shtamp sifatida ham foydalanilgan, ya'ni xususiy xarakterdagi emblemalar vazifasini o‘tagan. Sug‘dning oxirgi davriga oid tangalarni sinchiklab o‘rganish orqali mahalliy aholining tasavvurida ma'budalar qanday tasvirlanganligini bilib olish mumkin. Tangalarda ifodalangan yuz-qiyofalari turlicha bo‘lib, ko‘pincha tangalarga namuna sifatida olingan shakllardagi tasvirlardan kelib chiqqan. Ular cho‘zinchoq va keng, yevropoid, juda kam holatlarda mongoloid yoki qisman mongoloidga tortadigan qiyofada tasvirlangan. Yuz qismlarining qanday ifodalanganiga qarab liboslar, bir-biridan farq qiluvchi bosh kiyimlari va soch turmaklari farq qilgan. Tangalardagi bitiklar yonida shuningdek, alohida belgilar bo‘lgan – nishonlar ham ifodalangan. Keyinchalik belgilar old tomoniga o‘tkazilgan, orqa tomonida esa tanganing kim tomonidan chiqarilganligini ko‘rsatuvchi yozuvlar zarb qilina boshlagan. Oxirgi Sug‘d davriga oid bronza tangalardagi nishon-belgilar ushbu turdagi tangalarning asosiy va barqaror elementlaridan hisoblanadi. Ularning har biri ma'lum bir vaqt – biror bir markaz, ya'ni shahar bilan bog‘liq bo‘lgan. Eng keng tarqalgan nishon-belgilarni quyidagilar tashkil etadi. «Y» ga o‘xshash ikki ko‘rinishdagi – samarqandcha, to‘rt qirrali buxorocha, bunday ko‘rinishda ko‘proq Varaxsha va Toshkent vohasi tangalari zarb qilingan, svastikaga o‘xshash uch qirrali shakl Toxaristonda, lirasimon «U» shakl – Panjikentda, ayrisimon «Y» – Choch vohasida keng tarqalgan. Sug‘diylar va ular bilan zamondosh bo‘lgan turklarning zarbchilik ishi haqida gapirganda, biz ushbu sohani yuksak badiiy taraqqiy etganligini hamda toshlarni o‘yish va tamg‘alarni ishlatishda yuqori darajadagi san'at namunasidek ish ko‘rilganligini e'tirof etish mumkin. Tangalarda zarb etilgan sanasi ko‘rsatilmagan taqdirda ularni zarb etilgan paytini aniqlashda shakliy-stilistik uslubi bo‘yicha tasniflash katta o‘rin tutadi. Sug‘d bronza tangalari quyma usulda tayyorlangan, faqatgina VIII asrning ikkinchi choragidan boshlab, arablarning tangachilik usuli ta'sirida sug‘dlar qoliplarda zarb etish va keyinchalik to‘liq zarb qilish usuliga o‘tganlar. O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlar davri tangachiligi umuman yangi bir negizda amalga oshirilgan. Deyarli barcha viloyatlarda (Xorazmdan tashqari, u yerda asosan Sosoniy draxmalari va ularga o‘xshash tangalar amal qilgan) asosiy pul sifatida kumush tangalardan foydalanilgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling