Mavzuga oid tayanch iboralar:
Abd ul-Malik, Yustinian II, Istaxriy, Narshaxiy, musayyabiy, ismoiliy, g‘itrifiy, «jirkanch dirham», muhammadiy.
Mavzuga oid savollar:
1. Abd ul-Malik islohotlarining muhimligi nimalar bilan belgilanadi?
2. O‘rta Osiyoda somoniylar davlatining tashkil topishi yurtimiz tangashunosligiga qanday ta'sir ko‘rsatgan?
3. «Ismoiliy tangalari» yurtimiz hududidan ham ko‘proq miqdorda qaerdan topilgan?
4. Somoniylar davrida ichki va tashqi savdoda ishlatiladigan tangalar bir biridan nimasi bilan farqlangan?
5. Somoniylar davrida tanga pul munosabatlari haqida Ibn Havqal qanday ma'lumotlar bergan?
Mavzuga oid testlar:
1. Xalifa Al- Xajjoj tominadan zarb qilingan ammo ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan «jirkanch tangalar» haqidagi ma'lumotni kim bergan?
a) Al-Balozuriy
b) Al-Mehtarziy
s) Narshaxiy
d) Istaxriy
Xalifa Abd ul-Malik tomonidan ilk tangalar nechanchi yilda zarb qilingan?
a) 695-96
b) 690-91
s) 699-700
d) 656-567
Kim Somoniylar davri Buxoro pullariga ta'rif berar ekan «ular o‘zaro dinorlarda savdo qilmaydilar» deydi?
a) Narshaxiy
b) Istaxriy
s) Jurjoniy
d) Beruniy
IX–X asrlarda O‘rta Osiyoda har bir viloyat markaziy hokimiyatga har qanday tangalarda emas balki, muayyan tangalarda soliq to‘lashi kerak edi. Aytingchi, «musayyabiy» dirxamlarida qaysi viloyat soliq to‘lagan?
a) Farg‘ona
b) Shosh va Xo‘jand
s) Buxoro
d) Xorazm
IX–X asrlarda O‘rta Osiyoda har bir viloyat markaziy hokimiyatga har qanday tangalarda emas balki, muayyan tangalarda soliq to‘lashi kerak edi. Aytingchi, Buxoro qaysi tangalarda soliq to‘lagan?
a) Musayyabiy
b) G‘itrifiy
s) Muhammadiy
d) Ismoiliy
Do'stlaringiz bilan baham: |