Mavzuga oid savollar:
1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy hayot qanday bo‘lgan?
2. Ilk o‘rta asrlarda Buxoro Sug‘dida qanday turdagi tangalar zarb qilingan?
3. Ilk o‘rta asrlarda Chochda qanday tangalar mavjud bo‘lgan?
4. Ilk o‘rta asrlarda yurtimizning qaysi hududlarida Xitoy na'munasidagi tangalar zarb qilingan?
5. Panjikentda zarblangan tangalarda qanday tasvirlar bo‘lgan?
Mavzuga oid test savollari:
1. Ilk o‘rta asrlarda yurtimiz tangashunosligida mavjud bo‘lgan nishon belgilar ichida «to‘rt qirrali» belgi qaysi hudud tangasiga taaluqli edi?
a) Xorazm
b) Samarqand
s) Buxoro
d) Choch
2. VI–VIII asralarga oid yuzasida mehrob tasvirlangan mis tangalar qayerdan topilgan?
a) Qashqadaryo
b) Buxoro
s) Farg‘ona
d) Xorazm
3. Yurtimiz hududidan topilgan qadimgi turk tangalari xronologik jihatdan qaysi davrga oid?
a) VIII asr
b) VI asr
s) V asr
d) VIII asr
4. Qaysi mahalliy hokimlik tangalarida Hindiston bilan aloqalarga sha'ma qiluvchi fil tasviri tushirilgan?
a) Chochda
b) So‘g‘dda
s) Ustrushonada
d) Yunon Baqtriya
5. So‘g‘dning mil. avv. I asrdan milodiy I asrgacha bo‘lgan tangalari shartli ravishda necha guruhga bo‘linadi?
a) 5 guruhga
b) 6 guruhga
s) 7 guruhga
d) 4 guruhga
Mavzu № 4. ARAB XALIFALIGINING ILK DAVRIDAGI VA SOMONIYLAR DAVRI TANGALARI
Reja:
1. Xalifa Abd ul-Malikning pul islohoti.
2. Arab xalifaligi tangalari.
3. Somoniylar davlati tangalari.
Arab xalifaligi 632–1258 yillarda mavjud bo‘lgan, Arabiston yarim oroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat hisoblanadi. Bu mamlakatlar asosan «Xulafo ar-roshidin» («To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar») va ummaviylar zamonida fath etilgan. Lekin, abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmaganlar. Ichki ixtiloflar ta'siri ostida Arab xalifaligi VIII asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshlagan. 788- yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida (Marokash) idrisiylar (788–985 yillar), uning sharqiy qismida (Tunis) ag‘labiylar (800–909 yillar) hukmronligi o‘rnatilgan. Xuroson va Movarounnahrda esa IX asrning 20 yillaridan boshlab mahalliy sulolalar – tohiriylar (821–873 yillar), safforiylar (867–903 yillar) va somoniylar (875–999 yillar) bosh ko‘tarib chiqqanlar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor bo‘lganlar. Arab xalifaligi 1258 yil mo‘g‘ullar tarafidan tugatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |