Namangan davlat universiteti sarimsokov abdilatip abdiraximovich


Download 0.61 Mb.
bet13/31
Sana09.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1447690
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
4 Укув кулланма Нумизматика 2022 lotin nashr uchun

Marv va uning atroflari. III asrdayoq sosoniylar tomonidan bosib olingan Marv VII asrning o‘rtalariga qadar ayrim paytlarda tangalarni zarb qilish biroz to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, tangachilik markaziga aylangan. Ushbu zarbxonaning barcha mahsulotlari (umumdavlat namunasidagi draxmalar va mayda mis tangalar) o‘zining tasviri va vazniga ko‘ra Eronda o‘sha paytda amal qilgan standartlarga to‘liq muvofiq kelgan. Marv tanga zarbxonasida tangalarning aynan Marvda zarb etilganligini ifoda etuvchi harfli belgilar barcha tangalarga bosilgan.
Samarqand Sug‘di. Eramizning IV asri Samaraqand Sug‘dida kamonchining tasviri ifodalangan kumush tangalarning ko‘plab namunalari muomalada bo‘lganligi bilan xarakterli hisoblanadi, yuqori turdagi tangalarni zarb etish taxminan V asrning oxiri yoki VI asrning boshlarida to‘xtatilgan. V asrning oxiri yoki VI asrning boshlarida tangachilik sohasida tub o‘zgarishlar kuzatiladi, ya'ni Sosoniylar namunasidagi yangi tangalarga zarb qilishga o‘tilgan. Bu kamonchi tasviri ifodalangan tangalarnig qadrsizlanishiga olib kelgan. VI asr mobaynida kumush tangalardan Sosoniy podshosi Peruz tomonidan zarb qilingan va unga taqlid tarzida zarb qilingan tangalar katta ta'sirga ega bo‘lgan. VII asrda ularning o‘rnini Varaxran V tomonidan asos solingan namunadagi tangalar egallagan.
Xitoy namunasidagi tangalarni VII asrning ikkinchi choragidan VIII asrning o‘rtalarigacha zarb qilina boshlagan. Ularga andoza sifatida tancha «kay yuan tun bao» bitikli tangalar olingan.
Janubiy Sug‘d. Mustaqil tangachilik an'anasiga ega viloyatlar qatoridan Qashqadaryo vohasi nisbatan kechroq, Naxshab tangalarining zarb etilishidan keyin o‘rin olgan. Ularning old qismida chapga qaragan hukmdorning boshi tasviri va sug‘diy bitik, orqa tomonida esa orqa oyoqlarida tik turgan sherni qilichda bo‘lib tashlayotgan hukmdor tasviri zarb qilingan. Ularni o‘rganish yo‘lida S. K. Kabanov tomonidan ancha ishlar amalga oshirilgan. Ushbu tangalarni zarb qilingan shahar – Yerqo‘rg‘on shahri xarobalarida qazilma ishlari davom etmoqda. Ushbu guruhga oid 500 tadan ko‘p tanga namunalari topilgan va ularning aksariyati Yerqo‘rg‘on xarobalaridan topilgan bo‘lib, bu yana bir bor S. K. Kabanov tomonidan ilgari surilgan ilmiy taxminlarni tasdiqlaydi.
Naxshab hududida, Janubiy Sug‘dda eramizning IV asrida old qismida hukmdor tasviri va orqa qismida sher bilan yakkama-yakka olishayotgan odam tasvirlangan mis tangalar zarb qilingan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling