Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Download 0.65 Mb.
bet23/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

9-sinf biologiya darsligi.
Darslikning asosiy bo’limlari organik olamning xilma-xilligi, tsitologiya asoslari, organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika, selektsiya asoslari ҳisoblanadi. Darslik 14 bobdan 49 paragrifdan tashkil topgan.
Darslikda ҳujayraning tashqi,ichki tuzilishi ayniqsa organoidlarning tuzilishi, funktsiyasi, ҳujayraning kimyoviy tarkibi – anorganik moddalar, organik moddalar, oqsillar, uglevodlar, yog’lar, nuklein kislotalar, moddalar va energiya almashinuvi ҳaqida mahlumotlar berilgan. Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi bo’limida esa jinssiz, jinsiy ko’payish, ҳujayralarning mitoz, meyoz bo’linishi, organizmlarning embrional, postembrional rivojlanishi ҳaqida bilimlar keltirilgan. Genetika va selektsiya asoslari bo’limida esa genetik tushunchalar, irsiyat qonunlari, o’zgaruvchanlik qonunlari, odam genetikasi, uning o’rganish metodlari, o’simliklar, xayvonlar, mikroorganizmlar selektsiyasi to’g’risidagi mahlumotlar yoritilgan. Darslikda 75 rasmlar berilgan. Ularning ko’pchiligi rangli rasmlardir. Ҳar bir paragraf so’ngida bilimni tekshirish uchun savollar, test topshiriqlar berilgan.
Darslik birinchi marotaba nashr qilinganligi sababli unda bir qancha yetishmovchiliklar mavjud. Avvalo uning strukturasi monografik shaklda ifodalanganligini aytib o’tish joiz. Darslikda bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir tomondan darslik mualliflari tiriklikning molekula darajasini ehtirof etib, ҳayotning xujayrasiz shakllariga misol qilib viruslarni oladilar va ularning tuzilishi, ҳayot tsiklini tushuntiradilar. Ikkinchi tomondan esa «viruslar tirik organizm ҳisoblanmaydi, chunki ular ҳayotning xususiyatlarini o’zida namoyon qilmaydi» deb o’zlariga o’zlari qarshi fikrda bo’ladilar.
Darslikning boshqa saҳifalarida ҳam ilmiy kamchiliklar uchraydi. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan (15 b) odatda xivchinsiz oddiy tuzilgan (15 b) o’simliklar ҳayvonat dunyosining yashashini belgilab beradi (22 b). Yadroli organizmlarning barcha xujayralari yuksak tuzilishga ega bo’lib, kislorod bilan oziqlanishga moslashgan (36 b) va boshqa shu kabi iboralar bunga yaqqol misoldir. Bunday kamchiliklar darslikning boshqa saҳifalarida ҳam uchraydi. CHamasi darslik mualliflari rus tilidagi darslik matnlarni o’zbek tiliga tarjima qilayotganlarida bunday chalkashliklarga yo’l qo’yganlar. Darslikning o’quv materialini 14 bobga bo’lish ҳam noto’g’ridir. Bahzi boblar bitta yoki ikkita paragrifdan tuzilganligi bunga yaqqol misoldir. Odatda darslik boblari mantiqiy jiҳatdan bir-biriga yaqin bo’lgan o’quv materialini qamrab olishi kerak. Darslik «Organizmlarning xilma-xilligi» «Ҳujayra», «Organizmlarning ko’payishi va shaxsiy rivojlanishi», «Genetika va selektsiya asoslari» kabi 4 bobdan tuzilsa maqsadga muvofiq bo’lur edi. Boblar sonini emas, paragrif sonini aksincha ko’paytirish, ularni 59-60 ga yetkazish zarur edi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling