Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


-mavzu. Biologiya darsliklarining taҳlili


Download 0.65 Mb.
bet20/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

8-mavzu. Biologiya darsliklarining taҳlili.
Reja:
1.Maktab darsligi ҳaqida umumiy tushuncha.
2.Maktab darsligiga qo’yilgan asosiy talablar.
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi.
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.
5.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzilishi.
6.Maktab umumiy biologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.

Asosiy tushuncha va tayanch bilimlar.


Darslik va o’quv qo’llanma.
Darslikning vazifasi.
Darslik strukturasi.
Jiҳozlar.
Maktab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya darsliklari.
1.Maktab darsligi ҳaqida umumiy tushuncha.
Maktab biologiya kursini o’qitishda qo’llaniladigan vositalar orasida darslik aloҳida o’rin tutadi. Darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai ҳisoblanadi. Ҳar bir darslik o’quv qo’llanmadan farqli ravishda o’quv dasturi asosida yoziladi. O’qitishning maqsadi va vazifalariga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi.
2.Maktab darsligiga qo’yilgan asosiy talablar.
Birinchidan, maktab darsligi ilmiy bo’lishi, yahni fanning rivojlanishini, so’ngi yutuqlarini o’zida ifoda etmog’i;
Ikkinchidan, u o’quvchilar uchun tushunarli, yahni ularning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi;
Uchinchidan, darslik o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishi, unda ҳar bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, qo’shimcha qiziqarli mahlumotlar, topshiriqlar, savollar o’rin olmog’i;
To’rtinchidan, darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o’stirishga qaratilgan bo’lishi;
Beshinchidan, darslik milliy istiqlol mafkurasini o’quvchilar ongiga singdirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi;
Oltinchidan, darslik maҳalliy sharoitda keng tarqalgan o’simliklar, ҳayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi, ҳayot faoliyati yoritishi;
Ettinchidan, darslik o’quvchi salomatligini saqlashga qaratilishi;
Sakkizinchidan, tabiatni muҳofaza qilish, tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanishga o’quvchilarni o’rgatishga qaratilishi kerak.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling