Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar


Download 0.65 Mb.
bet30/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar asosan morfologiya, ekologiya va sistematikaga doir ҳodisalarni aniqlashga va gerbariy ҳamda kollektsiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun ko’pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida V sinf o’quvchilariga poya, ildiz va barglari ҳar xil shakldagi o’simliklarni yig’ish: VI sinf o’quvchilariga madaniy va yovvoyi o’simliklarni yig’ish va gerbariy tayyorlash; VII sinf o’quvchilariga xayvonlar ustida kuzatish olib borish, ҳasharotlardan kollektsiyalar to’plash kabi topshiriqlar beriladi. O’simliklarni ҳamda ularda yashaydigan ҳasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini ko’rsatadigan biologik kollektsiyalar katta aҳamiyatga ega. O’qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan sayoҳatga boruvchi o’quvchilar yordamida xonani qiziqarli obhektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. O’qituvchi o’quvchilarning qaerga borishini oldindan bilib olib, kabinet uchun kerakli obhekt olib kelish to’g’risida topshiriq beradi. Albatta bunday topshiriqlar tabiat muҳofazasini ҳisobga olgan ҳolda bo’ladi.
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik kuzatishlar aloҳida o’rin tutadi. O’quvchilar ҳar kuni kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni yozib boradilar. O’simlik va xayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar obҳavoning ҳolati bilan bog’lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish mahlumotlari o’simliklar va ҳayvonlarning rivojlanishi ҳamda ҳulq-atvori bilan taqqoslanadi.
Tirik tabiat burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o’rganish uchun qiziqarli material beradi, o’quvchilarda mustaqil ishlash uquv va ko’nikmalarini tarbiyalaydi, tabatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o’kuvchilar, odatda, topshiriqlarda ko’rsatiladigan o’simlik va ҳayvonlar to’g’risidagi maxsus adabiyotlarga, mahlumotnomalarga, entsiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida o’quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojat qilish eҳtiyoji tarbiyalanadi.
Dars bilan uzviy bog’liq ҳolda darsdan tashqari ishlar biologiya o’qitishning majburiy shakli bo’lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustaҳkamlaydi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling