Наманган давлат университети табиий фанлар факультети
Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar
Download 0.65 Mb.
|
biologiya oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Didaktik o’yin texnologiyalari
Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruҳiga:
Didaktik o’yin texnologiyalari; Muammoli tahlim texnologiyalari; Modulli tahlim texnologiyalari; Ҳamkorlikda o’qitish texnologiyalari; Loyiҳalash texnologiyasi; Anhanaviy tahlim texnologiyalari kiradi. Quyida biologiya darslarida foydalaniladigan didaktik o’yinli, muammoli, modulli tahlim, ҳamkorlikda o’qitish va loyiҳalash texnologiyalarning qisqacha tavsifi, ularga asoslangan darslarning o’ziga xos xususiyatlari, dars ishlanmalari berilmoqda. Didaktik o’yin texnologiyalari. Biologiya darslarida didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga imkon beradi Mahlumki, o’quvchilarning bilish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deyiladi. Didaktik o’yinli darslarning syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferentsiyalar va uyin mashklar kabi turlari bor Mazkur metodik ko’rsatmada biologiya darslarida matbuot-konferentsiyasidan foydalanish yo’llari ishlab chiqildi. Matbuot konferentsiyasi sinfdagi barcha o’quvchilarning o’quv - bilish faoliyati faol bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’qituvchining matbuot konferentsiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. O’qituvchi matbuot konferentsiyasini o’tkazishdan bir ҳafta avval sinf o’quvchilarini ikki guruҳga bo’ladi. Ularning taxminan 30% ‘arrandalar selektsiyasi soҳasida ishlayotgan olimlar va ‘arrandachilik fabrikalarining mutaxassislari, qolganlari res’ublikamizda nashr qilinadigan gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar. Gazetalardan res’ublikamizda nashr qilinadigan «O’zbekiston ovozi», «Qishloq ҳaqiqati», «Xalq so’zi», «Toshkent oqshomi», «Turkiston», «Toshkent ҳaqiqati», jurnallardan «Fan va turmush», «Qishloq xo’jaligi», «Saodat», «Siҳat-salomatlik»ni olish mumkin. SHundan so’ng, ҳar qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot konferentsiyasida beradigan savollari o’quvchilar yordamida tuziladi. Bu savollar muҳokama qilinayotgan muammoni ҳar tomonlama qamrab olishi kerak. Savollar mazmuni muҳokamadan o’tgandan so’ng, gazeta va jurnal muxbirlari va selektsiyachi olimlar roli o’quvchilarning xoҳishiga ko’ra taqsimlanadi. O’qituvchi ‘arrandachilik selektsiyasi bilan shug’ullanadigan olimlar va mutaxassislar rolini bajaradigan o’quvchilar bilan aloҳida tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish va savollarga javoblar to’ish ҳaqida ko’rsatma beradi. Savollarga beriladigan javoblar qisqa, aniq, ilmiy jiҳatdan asoslangan, maҳalliy materiallarni qamrab olgan bo’lishi lozim. O’qituvchi ana shu javoblarni oldin ko’zdan kechirishi, agar ularda juzhiy kamchiliklar bo’lsa, ularni to’g’rilashi, to’ldirishi kerakligini o’quvchilarga to’shiradi. Muxbirlar rolini bajaradigan o’quvchilar ҳam savollarga javoblar to’ishi olimlar va mutaxassislar bilan muloqotga kirishi uchun yetarli darajadagi bilimlarga ega bo’lishini tahminlanishi kerak. Mazkur darsga ҳamma o’quvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qathiy nazar qizg’in tayyorgarlik ko’rishi lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling