Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Biologiya darslarida muammoli tahlim texnologiyasidan foydalanish muҳim o’rin tutadi


Download 0.65 Mb.
bet40/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Biologiya darslarida muammoli tahlim texnologiyasidan foydalanish muҳim o’rin tutadi.
Muammoli dars («Aqliy ҳujum») quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:
I – bosqich. ‘sixologik jiҳatdan bir-biriga yaqin bo’lgan o’quvchi­lar­
dan teng sonli kichik guruҳlarni shakllantirish.
II – bosqich. Kichik guruҳlarga muammoli savollardan iborat bo’lgan
o’quv to’shiriqlarini tarqatish va ularni to’shi­riq­
ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
III – bosqich. O’quvchilarning bilish faoliyatini o’quv muammolarini
ҳal etishga yo’naltirish.
IV – bosqich. O’quvchilarning muammoli vaziyatlarni ҳal etish bo’yicha
axborot­­la­ri­ni tinglash.
V – bosqich. Kichik guruҳlar o’rtasida o’quv baҳsi va munozara
o’tkazish.
VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash.
«Aqliy ҳujum» da o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi.
«Aqliy ҳujum» darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o’rganishga bag’ishlanadi.
Mazkur darsning didaktik maqsadi:
1. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali taҳsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.
2. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni egallashga erishish.
3. O’quvchilarning bilimidagi mavҳum tushunchalarni aniqlash va ularga barҳam berish, bilim olishga bo’lgan intilishni rivojlantirish.
4. O’quvchilarning nutqini o’stirish, o’z fikrini lo’nda va mantiqan to’g’ri bayon etish, ularni dalillash ko’nikmalarini ҳosil qilish.
«Aqliy ҳujum» darslarining tuzilishi quyidagicha bo’ladi:

  1. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusining maqsadi va vazifalari, ilmiy munozara o’tkaziladigan muammo­larning umumiy tafsiloti, darsda o’quvchilar guruҳi bajaradigan o’quv to’shiriqlari bilan tanishtiradi.

  2. O’quvchilarni teng sonli kichik guruҳlarga ajratish.

  3. O’quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli masalalarni bajarishga va ҳal etishga yo’llash;

  4. O’quvchilar guruҳi o’rtasida o’quv baҳsi va munozarani tashkil etish;

  5. O’quv baҳsi va munozara yakuni. O’qituvchi dars davomida o’quv baҳsi va munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy g’oya va tushunchalarni tahkidlab, xulosalar yasaydi.

  6. O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baҳolash. O’quv baxsi va munozaralarda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baҳolanadi.

  7. Uyga vazifa berish.

  8. Darsni umumiy yakunlash.

Odam va uning salomatligi o’quv fanida «Odamning ‘aydo bo’lishi» bobidan o’rin olgan «Odamning ‘aydo bo’lishi to’g’risidagi tushunchalar va ularning rivojlanishi. Odamning ҳayvondan ‘aydo bo’lganligi ҳaqidagi dalillar», «Odam va ҳayvon embrioni rivojlanishidagi o’xshashliklar» mavzularini o’rganishda «akliy xujum» darslaridan foydalanish uchun quyidagi munozarali savollar zanjiri tuziladi.

  1. K.Linney, J.B.Lamark, CH.Darvinning odamning ‘aydo bo’lishi ҳaqidagi fikrlarini o’rganing. Siz bu fikrlarga qanday munosabat bildirasiz?

  2. Nima sababdan organik dunyoning ilmiy klassifikatsiyasida odam ‘rimatlar turkumiga kiritilgan?

  3. Odam va maymunning tuzilishida qanday o’xshashliklar mavjud? Quyidagi jadvalni to’ldiring va undan fikringizni asoslashda foydalaning.


Taqqoslanadigan jiҳatlar

maymun

Odam

Skelet bo’limlari
Bosh miyaning tuzilishi
Qo’lning tuzilishi
Umumiy jiҳatlari










  1. Odamning embrional rivojlanishidagi qaysi xususiyatlari umurtqali ҳayvonlarga o’xshaydi? Quyidagi jadvalni to’ldiring va fikringizni asoslang.




Odam embrioni
rivojlanishidagi
muddatlar

Baliqlar

Baqa

Maymun

18-20 kun


bir oylik


5 oylik



7 oylik















  1. Odamdagi rudimentlarni aniqlang. Ular qaysi organizmlarda rivojlangan va nimadan dalolat beradi?




Odamdagi rudimentlar

Sudralib yuruvchilar


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling