Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Download 0.65 Mb.
bet43/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Komandada o’qitish (R.Slavin) metodidan foydalanilganda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Ҳar ikkala komanda bir xil to’shiriqni bajaradi. Komanda ahzolari o’quv to’shiriqlarini ҳamkorlikda bajarib, ҳar bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishiga ehtiborni qaratadi.

Ҳamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning tahkidlashicha, o’quvchilarga to’shiriq­larni ҳamkorlikda bajarish bo’yicha ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom mahnodagi ҳamkorlik, ҳar bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish ҳissi, qulay ijtimoiy-’sixologik muҳit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki ҳar bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan ҳolda mahsuliyatni ҳis qilib, ko’’roq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni ‘uxta o’zlashtirishga intiladi.
Darsning mavzu: Karamdoshlar oilasi.
Darsning tahlimiy maqsadi: O’quvchilarni karamdoshlar oilasining o’ziga xos xususiyatlari, yovvoyi va madaniy vakillari va ularning aҳamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’simliklarning xilma-xilligini tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, iqtisodiy, aҳloqiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning gulli o’simliklar­ning tuzilishi, xilma-xilligi ҳaqidagi bilimlari, obhektlarni tanish va kuzatish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jiҳozlash: jag’-jag’, qurttana, chitir gerbariylari, «Karamdoshlar oilasi» jadvali, ildiz mevalarning mulyajlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Ҳamkorlikda o’qitish texnologiya­si (komandada o’qitish metodi)

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling