Наманган давлат университети табиий фанлар ва география факультети битирувчиси Неъматова Дурдона Оллоёр қизининг “Маккажўхори зараркунандаларига қарши фойдаланилаётган биологик ва кимёвий воситалар самарадорлигини ўрганиш” мавзусидаги битирув


Download 28 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi28 Kb.
#1170922
Bog'liq
Ички такриз шералиев А


Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakul’teti bitiruvchisi Ne`matova Durdona Olloyor qizining “Makkajo`xori zararkunandalariga qarshi foydalanilayotgan biologik va kimyoviy vositalar samaradorligini o`rganish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Makkajo`xori o`simligida zararkunandalik qilib, uning mahsulotlarini pasayishiga sabab bo`layotgan asosiy zararkunandalarni bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash tizimidagi kimyoviy va biologik kurash usullarini iqtisodiy samaradorligini o`rganish katta ilmiy amaliy ahamiyatga ega.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yirik agrar islohotlardan biri don mustaqilligiga erishish bo`lib bugungi kunda donli ekinlar maydoni ancha kengaydi. Ayni vaqtda makkajo`xorichilikda zamonaviy uyg’unlashtirilgan intensiv texnologiyani qo`llash, hosildorlikni oshirish bilan birga har xil zararli organizmlar rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keltirmoqda, natijada makkajo`xori hosilini ancha qismi nobud bo`lmoqda. Makkajo`xori o`simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun esa ularni zararkunandalariga qarshi kurash tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga bog’liq
Bitiruvchi Ne`matova Durdona ayni shu muammolarni hal etish maqsadida ko`plab adabiyotlar va internet ma`lumotlari asosida makkajo`xori o`simligida zararkunandalik qiluvchi ko`plab zararkunandalar va ularga qarshi qo`llaniladigan biologik agentlarni bioekologik xususiyatlarini o`rganib, har bir zararkunandaga qarshi kurash tizimi tahliliy o`rganilgan.
Bitiruv malakaviy ish 67 betdan iborat bo`lib, asosan ilmiy adabiyotlarni tahliliga katta o`rin berilgan. Lekin shunday bo`lsada chiqarilgan xulosalar ilmiy jihatdan to`g’ri va etarli asoslangan. Ishda shuningdek, ayrim kamchiliklar uchraydi. Ishni yozishda adabiyotlar ma`lum bir sistemada bayon qilinsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Ishda shuningdek, ayrim orfografik xatolar uchraydi. Bu kamchiliklar ishning umumiy mazmuniga ta`sir ko`rsatmaydi.
Ne`matova Durdona o`z ishini yuksak saviyada bajarganligi, bitiruv malakaviy ishining amaldagi Nizom talablariga to`la javob berishini hisobga olib, DAKdan uni “yaxshi” baholashlarini so`rayman.


Namangan davlat universiteti
Biologiya kafedrasi dotsenti: dots. A.Sheraliev
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling