Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Kurs ishining maqsadi va vazifasi


Download 44.34 Kb.
bet2/7
Sana16.04.2023
Hajmi44.34 Kb.
#1359938
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YO’LDOSHEVA NOZILANING.docxyerda hayot paydo bo\'lishi

Kurs ishining maqsadi va vazifasi – Inson evolyutsiyasi to'g'risida umumiy tushunchaga ega bo’lish. Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti- Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini o’rganish jarayoni va odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini o’rganishda tarixiy manbalardan foydalanish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

  • Yerda hayotning vujudga kelishini o’rganish

  • Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini o’rganish.

  • Inson evolyutsiyasining xususiyatlari va nazariyalarini tahlil qilish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I Bob.Yerda hayotning vujudga kelishi va inson evolyutsiyasi.

    1. Yerda hayotning vujudga kelishi.

Yerning paydo bo'lishi tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bundan 4,5 milliard yil odin koinotda yer sayyorasi vujudga kelgan. Yerning vujudga kelgan vaqtida u faqat suv va atmosferadan iborat bo’lgan. Million yillar o'tishi natijasida yerda qattiq tog' jinslari paydo bo'la boshlaydi. Yerda birinchi hayot izlari bundan 3,6 mlrd yil avval shakllangan. Keyingi davrlarda yerda hayot sekinlik bilan rivojlanib boradi va biz buni geologik tadqiqotlarda ko'rishimiz mumkin. Oxirgi 544 mln yil ichida yerda turli xil tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanishini ko'rishimiz mumkin. Bunga sabab aynan shu vaqt yer qatlamlaridan turli xil qazilma turlarning topilishi bo'lib hisoblanadi. Yerda hayotning paydo bulishi to’g’risidagi dunyoqarashlar hozirgi zamon fanining eng kizik va murakkab muammolaridan biridir. Hayot paydo bo'lishi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda turlicha hal etilgan. Bu savol insonni juda qadim zamonlardan qiziqtirib kelmoqda. XVII asrning ikkinchi yarmigacha organizmlar o'z ajdodlaridan hosil bo’lishidan tashqari qulay sharoitda o’lik moddalardan ham paydo bo’la oladi degan tasavvurlar mavjud edi. Masalan, timsohlar balchiqlardan, arslon va yulbarslar sahro toshlaridan, sichqonlar bug’doydan hosil bo’lishi mumkin, degan afsonaviy tasavvurlar keng tarqalgan edi. XVI asrda yashagan biolog vrach Van Gelmont sichqonlar dondan, vrach Paratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo'ladi, degan fikrni targ'ib qildilar. Paratsels hatto kichkina tirik odam —gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzgan. XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi haytning o'z-o'zidan paydo bo'lishi to'g'risidagi bunday tasavvurlar noto'g'riligini birinchi bo'lib tajribada isbotladi. U o'z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go'sht solib, ba'zi idishlarning ustini doka bilan yopib, ba'zilarini ochiq holda qoldirdi.
Ochiq holdagi idishlardagi go'shtlarga pashsha qo'ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bo'ldi va rivojlandi.
Yopiq shisha idishlardagi go'sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o'z tajribalariga asoslanib, hasharotlar chiriyotgan go'shtdan emas, balki urg'ochi pashshalar qo'ygan tuxumdan rivojlanishini ta'kidladi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi.XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi. Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida suyuqlik steril (toza) holatda qoladi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.Shunday qilib, hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.L. Pasterning tajribalari amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Oziqa mahsulotlarini konservatsiyalash, sut mahsulotlarini pasterizatsiyalash, tibbiyot da yaralarni va jarrohlik asboblarini sterilizatsiyalash L. Paster kashfiyotlaridan keyin keng qo‘llanila boshlandi. Panspermiya nazariyasiga ko‘ra, hayot mangu mavjuddir va u bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari shved fizik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I.Vernadskiy, Amerika biofizigi va genetigi F. Krik va boshqalardir. Bu olimlarning fi kriga ko‘ra, hayot Yerda paydo bo‘lmagan, boshqa sayyoralardan Yerga meteoritlar orqali yoki yorug‘lik nurlarining bosimi ta’sirida kelib qolib, qulay sharoitda, oddiy organizmlardan murakkab organizmlargacha rivojlangan.1 Hayotning biokimyoviy evolutsiyasi to‘g‘risidagi nazariya XX asrning 20–30-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko‘ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.Ch. Darvin fikriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas. Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo‘lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo‘lmasligidir.Chunki kislorod bo‘lsa, u yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo‘lar edi. Biokimyoviy evolutsiya nazariyasi bilan keyingi mashg‘ulotda batafsil tanishamiz. Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi.Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin ung bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L.Paster suyuqlikka mikro organizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo‘ydi Olimlardan A. I. Oparin 1924 yili, Xoldeyn 1928 yili Yerda hayot qanday paydo bo'lganligi haqida abiogen gipoteza yaratdilar. Oparin hayot paydo bo'lishi to'g'risidagi gipotezani yaratishda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va boshqa fan yutuqlarini e'tiborga oldi Akademik Oparin o'z gipotezasida Yerdagi hayot boshqa planetalardan ko'chib kelmaganligini, balki materiyaning milliard yillar davom etgan rivojlanishi natijasi ekanligini qayd qildi. Tabiatshunoslar fikriga ko‘ra, Yer bundan taxminan 4,5–5 milliard yillar oldin paydo bo‘lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000–8000°C) bo‘lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og‘ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.Yerda eng qadimgi oddiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir.Kimyoviy evolutsiya. Taxmin qilinishicha, Yerning birlamchi atmosferasi tarkibi suv bugʻlari, erkin vodorod, karbonat angidrid, qisman metan, vodorod sulfid, ammiak va boshqa gazlardan iborat boʻlgan. Quyoshdan keladigan ultrabinafsha va rentgen nurlar, chaqmoqning kuchli elektr zaryadi, yuqori harorat taʼsirida gazlardan birmuncha murakkab birikmalar sintezlangan. Shu tarzda oddiy organik birikmalar: uglevodlar, aminokislotalar, azotli asoslar va organik (sirka, chumoli, sut) kislotalar hosil boʻlgan. Yer asta-sekin soviy boshlashi bilan atmosferadagi suv bugʻlari kondensatsiyalanib borgan. Yer yuziga tinmasdan yoqqan yomg‘ir juda katta suv havzalarini hosil qilgan. Suvda ammiak, uglerod oksidi, metan va atmosferada hosil boʻlgan organik birikmalar erigan. Suv muhitida oddiy organik birikmalar polimerlarni hosil qilgan. A. I. Oparin hayotning paydo bo‘lishini tajribada o‘rganish mumkinligi g‘oyasini birinchi bo‘lib olg‘a surdi. Darhaqiqat, S. Miller (1953) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug‘lariga elektr uchquni ta’sir etib asparagin, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi. Bu sistemada gazlar birlamchi atmos ferani, elektr uchquni esa yashinni imitatsiyalaydi.D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezladi. Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi. 2 Bunday tajribalar natijasi ko‘plab tadqiqotlarda tasdiqlandi.Evolutsiya jarayonida monomerlar biologik polimerlar (polipeptidlar, polinukleotidlar)ga aylangan. Bu farazlar ham tajribalarda tasdiqlandi. S. Foks aminokislotalar aralashmasini qizdirib proteinoidlar (oqsilsimon moddalar)ni sintezladi. Keyinchalik tajribada nukleotidlar polimerlari ham sintezlandi.A. I. Oparin fi kriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi (lotincha koatservus – quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi). Koatservatlar o‘ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.Koatservatlarni tirik mavjudotlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning so‘nggi bosqichlarida koatservatlar o‘sa boshlagan, moddalar almashinishiga o‘xshagan belgilar paydo bo‘lgan. Koatservatlar membrana bilan o‘rala boshlagan va ularda bo‘linish xususiyati paydo bo‘lgan deb faraz qilinadi. Bunday koatservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.Koatservatlarga o‘xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan. Yaqin vaqtgacha hayotning eng qadimgi formalari to'g'risidagi ma'lumotlar juda kam edi. Bunga asosiy sabab ana shu haѐt formalari juda mayda va yumshoq tanali ekanligidir. Chunonchi, kembriy davrigacha bo'lgan yer qatlamlarida faqat meduza, xilma-xil chuvalchanglar, qisman bulutlarning toshga aylangan nusxalari topilgan edi. Albatta, bu qazilmalar haѐtning qadimgi formalari haqida birmuncha tasavvur hosil qilishga imkon yaratib, paleontologik solnomani 100 mln yil orqaga surgan bo'lsada, lekin hayotning eng qadimgi formalari qanday bo'lgan, degan muammoni yecha olmadi.
Kembriy davrigacha bo'lgan hayot izlarini axtarishda XX asr boshida Charlz Uolkott topgan stromatolitlar muhim ahamiyat kasb etdi. U Kanadaning g'arbida topilgan ohakdan iborat g'ovak tepaliklar va ustunlarni tekshirib, bu riflar suv o'tlaridan iborat, deb taxmin qildi. Keyinchalik olimning bu taxmini to'laligicha tasdiqlandi. 1954 yili Steli A. Tayler Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular ko'k-yashil suvo'tlar va bakteriyalardan iborat ekanligini isbotladi. Avstraliyaning g'arbiy qirg'oqlaridagi suvi juda sho'r, shunga ko'ra umurtqasiz hayvonlar bo'lmagan Sharq ko'rfazida tirik stromatolitlarni topdi va ular kembriy davrigacha yashagan ko'k-yashil suvo'tlar bilan bakteriyalarga o'xshashligini ma'lum qildi.
Yerning hozirgi ko'rinishiga olib kelgan oxirgi rivojlanish bosqichi kaynozoy erasiga to'g'ri keladi. Uning davomiyligi oldingilariga nisbatan ancha kam – 70 mln yilga yaqin bo'lib, o'z navbatida uchta: paleogen (66-25 million yillar oldin), neogen (25-0,7 millionlar yillar oldin) va antropogen (0,7 million yildan - hozirgacha) davrlariga bo'linadi. Kaynozoyning boshlarida alp burmalanish jarayonlari o'zining kulminatsiyasiga chiqadi, keyingi epoxalarda materiklarning yer yuzasi asta-sekin hozirgi ko'rinishiga ega bo'ladi. Atlantika va Hind okeanlarining o'lchami ancha oshgan. O'simlik va hayvonot olamida ham muhim o'zgarishlar sodir bo'lgan. Eng muhimi aqilli odam paydo bo'lgan va o'zining olamshumul qudratiga erishgan. Shu vaqtda hasharotxo'rlardan primatlar, ulardan esa odam kelib chiqqan.
Kaynozoyning boshlariga kelib hozirgi Yevrosiѐning shimoliy qismi o'rnida konsolidatsiyalangan yagona quruqlik mavjud bo'lgan. U keyingi jarayonlar natijasida kuchli o'zgargan va tekislangan baykal, kaledon va gertsin yoshidagi qurilmalar yordamida o'zaro tutashgan qadimiy yadrolardan tarkib topgan. Yevrosiyoning sharqi va janubiy-sharqida qadimiy strukturalarga mezozoy tog'lari qo'shilib ketgan. Yevrosiѐ Shimoliy Atlantika botiqligi orqali Shimoliy Amerikadan ajralgan. Uni janubda va janubiy-sharqdan birmuncha qisqargan Tetis o'rab turgan. Tetis Yevrosiyoni parchalanib ketgan Gondvananing janubiy va janubiy-g'arbiy uchastkalari – Afrik-Arabiston, Hindiston va Avstraliya platformalaridan ajratgan, sharqda esa Tinch okeani bilan bevosita qo'shilgan.
Kaynozoy erasining boshlarida Hindiston, Avstraliya va Antraktida yagona materikni tashkil etgan. Janubiy Amerika ham Afrika bilan tutashgan joylarga ega bo'lgan. Yevropa va Shimoliy Amerika o'rtasida faqat tor suvli qambar – bo'lg'usi Shimoliy Atlantikaning ilk o'rni belgilangan. Kaynozoy erasidagi tektonik harakatlar yer yuzasi ko'rinishini keskin o'zgartirib yuborgan.
Paleogenda Hindiston, Avstraliya va Antraktida bir-biridan ajraladi. Hindiston palaxsasi shimolga surilib neogenning boshlarida Osiyo bilan tutashadi. Avstraliya o'z o'qi atrofida soat mili yo'nalishiga teskari burilib shimoliy-sharqqa qarab harakatlanadi. Bunda Antarktida va Afrika deyarli harakatsiz qolgan. Afrika va Janubiy Amerika orasida Atlantika okeani aniq ifodalangan.
Kaynozoyda Yevrosiyoning O'rta yer dengizi mintaqasidan shimolda iqlim va organik dunѐ mezozoy erasining oxiridagiga qaraganda o'zgacha bo'lgan. Janubda iqlim issiq va nisbatan nam, shi moliy rayonlarda esa mo'tadil iliq va nam bo'lgan. Bunday sharoitlarda ko'pchik avlodlari va oilalari hozirgi vaqtda ham mavjud bo'lgan boy, asosan daraxtsimon yopiq urug'li flora rivojlangan. Shimolda bular ignabarglilar aralashgan barg tashlovchi dub, buk, yong'oq, kashtandan iborat o'rmonlarni tashkil etgan. Janubda palьmalar, tropik ignabarglilari, paporotniklar hukmdorlik qilishgan. Maysali o'tlar hali keng tarqalmagan. Asosan sutemizuvchilardan iborat bo'lgan fauna shakllangan bo'lib, ularning orasida yirtqichlar (keyinchalik qirilib ketgan) va tuyoqlilar ustuvorlik qilishgan. Haqiqiy qushlar ham paydo bo'lgan. Bu hududning flora va faunasi keyinchalik hozirgi organik dunyoni hosil qilgan.
Paleogenning hayvonot dunyosi bo'r davridagi olamshumul qirilishdan keyin sezilarli darajada yangilangan. Quruqlikdagi va dengizdagi ulkan reptiliyalar yo'qolib ketadi. Ularning o'rnini tez rivojlanayotgan sutemizuvchilar egallaydi. Paleogen sutemizuvchilari xilma-xil bo'lgan. Oligotsenda eng yirik sutemizuvchilar nosoroglarning qadimiy vakillari bo'lgan. Ular savannalarda yashagan. Oligotsenda sodda tuzilgan cho'chqalar, tuyalar va bug'ilar yashagan. Paleogenning boshlaridanoq yarimmaymunlar deb ataluvchi primatlarning sodda guruhlari - lemuralar paydo bo'lgan. Faqat eotsenning oxiridagina haqiqiy maymunlar – antropodalar paydo bo'lgan.Eotsenda nosoroglarning ajdodlari – yirik shoxsiz hayvonlar paydo bo'ladi. Eotsenning oxirida ulardan dinotseratlar kelib chiqqan Ularda bir juft shoxlar, xanjarsimon o'tkir kliklari va juda kichik miya bo'lgan.Birinchi primatlarga keladigan bo'lsak ular yer yuzida bundan 65 mln yil muqqadam vujudga kelgan. Birinchi primatlar tropik o'rmonlarda istiqomat qilishgan. Ular daraxtlarda hayot kechirishga moslashishgan. Ularning qo'l va oѐqlari daraxtlarda xarakat qilishga moslashgan bo'lib ko'zlari yuqoridan ko'rishga yaxshi moslashgan. Bugungi kunga kelib primatlarning fanda 400 ortiq turi mavjud bo'lib ularning aksariyati haligacha daraxtlarda istiqomat qilib kelmoqda. Primatlardan farqli ravishda faqat odamlargina yerda o'troq haѐt kechirishmoqda.
Evolyutsiya bugungi kunda zamonaviy fanda insonning vujudga kelishi xaqidagi asosiy ta'limotlardan hisoblanadi. Evolyutsiyaning xozirgi kundagi modelini fanda birinchi bo'lib Ch. Darvin kiritgan. 1959 yilda Darvining fikriga ko'ra yerda hayotning davomiyligi barcha geologik davrlarda turlarning bir biridan ko'payganligi bilan izohlaydi.

Download 44.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling