Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo


II Bob. Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi va Inson evolyutsiyasining nazariyalari


Download 48.63 Kb.
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi48.63 Kb.
#1376792
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yo\'dashev nozila

II Bob. Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi va Inson evolyutsiyasining nazariyalari.
2.1.Odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi
Afrikaning to'rtlamchi davr qatlamlaridan ikki oyoqlab yuruvchi maymunlar— avstralopiteklarning bir-biridan ozmi-ko'pmi farq qiladigan kalla, pastki jag', chanoq suyaklari, tishlari topilgan. Bu maymunlarning qo'l va oyoqlari o'rtasida vazifa taqsimlanishi anchagina rivojlangan. Ularning chanoq suyagi shimpanze va gorillaning chanoq suyagidan keskin farq qilib, odamnikiga o'xshagan, lekin hajmi kichik bo'lgan. Qo'llarining bosh barmog'i yaxshi rivojlangan bo'lib, boshqa barmoqlariga qarama-qarshi joylashgan. Bu holat qo'l ushlash organi sifatida ishlatilganligidan dalolat beradi. Avstralopiteklar juda baquvvat bo'lmagan, jag'i katta, qoziq tishlari, tirnoqlari o'tkir bo'lmagan va ikki oyoqlab tez chopa olmagan. Shuning uchun tabiatda uchraydigan buyumlar (tayoq, suyak, toshlar)ni qurol sifatida ishlatgan va dushmandan himoyalanishda, hujum qilishd a ulardan foydalangan. Bu holat ulardan ruhiy faoliyatning nisbatan rivojlanishini talab etgan. Shunga ko'ra, tabiiy tanlanish bunday maymunlarda miya va aqliy qobiliyatning mukammallashishi yo'nalishida borgan. Avstralopiteklar miyasining hajmi odamsimon maymunlar miyasining hajmidan anchagina katta. Masalan, gorilla miyasining hajmi 460 g bo'lsa, avstralopiteklarniki 550 g ga teng. Qazilma holdagi suyaklarni o'rganish natijasida avstralopitek larning ko'plab turlari mavjud bo'lib, ular bundan taxminan 7—1,5 mln yil oldin yashaganligi aniqlangan.Shuni ta'kidlash kerakki odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi to'g'risida fikr- mulohazalar Darvindan ancha ilgari yashagan olimlar tomonidan ta'kidlab o'tilgan. 6 Vatandoshimiz buyuk olim Abu Nasr Forobiy odam zotini aqlli jonivor deb atagan. Hayvon turlari o'rtasida va bir tur ichida kurash qonuniyati borligini Forobiy birinchi bo'lib anglagan. Hayvonot olamida amal qilinadigan bu qonun odamlarda vaxshiylik sifatlarini tug'dirib, turganiga e'tiborni qaratgan. Shunga o'xshash fikr keyinchalik boshqa tabiatshunos olimlar, ayniqsa, J.B. Lamarkda ham uchraydi.7
Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini faqat tabiatshunos olimlargina emas, balki islom dini peshvolarining biri bo'lgan Aziziddin Nosafiy ham o'zining «Zubdat ul haqoyiq – haqiqatlar qaymog'i» nomli risolasida tirik tabiat o'lik tabiatdan paydo bo'lganligini, o'simliklar, hayvonlar, odamlar bir tarmoqdan rivojlanganligini qayd etadi va ochiqdan- ochiq «inson hayvon turlaridan biridir. Aynan hayvon ruxi tarbiya topib ta'lim va tahsil ko'rib, bilish, takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo'ylab rivojlanadi va har bir daraja – martabada yangi ismga molik bo'ladi» deydi. Odam tabiiy ravishda paydo bo'lganligi haqidagi g'oya antik dunyoda yaratilgan. Chunonchi, eramizgacha VI asrda yashagan Anaksimandr «barcha tirik mavjudotlar dastlab Quyosh nurlari isitgan loydan kelib chiqqan, so'ngra ularning ba'zilari quruqlikka tarqalib, o'zgargan. Odam ham shu yo'l bilan paydo bo'lgan» degan edi.Qadimgi yunonlarning odam paydo bo'lishi haqidagi fikrlari tub mohiyati bilan to'g'ri bo'lsa ham, ular hech qanday dalillarga asoslanmagan edi. Biroq tabiatshunoslar qadimgi vaqtlardayoq odam bilan odamsimon maymunlar orasida o'xshashlik borligini e'tirof etdilar va odamsimon maymunlarni «o'rmon odamlari» deb atadilar. XVIII asrga kelib, maymunlarning to'liq anatomik tuzilishiga oid ma'lumotlar e'lon qilindi.
O'simliklar bilan hayvonlarning dastlabki sun'iy sistemasini tuzgan Linney odamni xudo yaratgan, degan diniy tasavvurlarga ishonsada, biroq odamning tana tuzilishi hayvonlarnikiga o'xshash ekanligini e'tiborga olib, uni primatlar turku XVIII asr oxiri—XIX asr boshlarida odam paydo bo'lishi haqida dastlabki evolyutsion tasavvurlar vujudga keldi. Lamark birinchilar qatori odam paydo bo'lishini evolyutsiyaning umumiy g'oyasi bilan bog'lagan. U odam o'z tana tuzilishi bilan sut emizuvchi hayvonlarga o'xshash, biroq tik yurish, orqa, oldingi oyoqlarining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. Odam paydo bo'lishini organik olam evolyutsiyasidan ajral gan holda tushunish mumkin emas. Darvin o'zining «Turlarning kelib chiqishi» degan asarida odam paydo bo'lishi ustida alohida to'xtalmay, faqat uning nazariyasiga mazkur masalani yoritishda aniqlik kiritishni ta'kidladi, xolos.Darvinning qayd qilingan asari chop etilgandan so'ng Geksli va Gekkellar evolyutsion ta'limotni birinchi bo'lib odam paydo bo'lishi masalasiga tadbiq qildilar.Geksli qiyosiy anatomiya dalillaridan mohirlik bilan foydalangan holda odam odamsimon maymunlarga yaqin ekanligini ko'rsatib berdi.Gekkel esa embriologiya ma'lumotlariga asoslanib, odam primatlardan kelib chiqqanligini qayd qildi. U sut emizuvchilarning shajarasini tuzib genealogik chiziq chala maymunlardan maymunlarga, ulardan odamga borib taqalishini e'tirof etdi. Gekkel uchlamchi davrning oxirida antropoidlar bilan odam o'rtasida qandaydir oraliq mav judotlar yashagan, deb taxmin qildi va ularni «pitekantrop», ya'ni maymun odam deb nomladi. Keyinchalik olimning bu taxmini to'g'ri ekanligi paleontologik topilmalar orqali isbotlandi.Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o'xshashliklar qo'l-oyoq suyaklari quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqali hayvonlarning oldingi va orqa oyoq suyaklari tuzilishiga o'xshashdir. Chunonchi, odamning qo'li, qushlarning qanoti, sudralib yuruvchilarning, suvda va quruqda yashovchilarning oldingi oyoq suyaklari — yelka,bilak,tirsak,kaft oldi, kaft va bar moq suyaklaridan tashkil topgan. Orqa oyoqlar taqqoslanganda ham shunday o'xshashliklarni ko'rish mumkin. Odam organizmining tuzilishi, ayniqsa, sut emizuvchi hayvonlarning organizmi tuzilishiga juda yaqin. Barcha sutemizuvchi hayvonlarga xos bo'lgan organlar, xususiyatlar, chunonchi, sut bezlari, junlilik, issiqqonlilik, quloq supralari, jag'dagi uch xil (jag',qoziq,kurak) tishlar odamda ham uchraydi. Ichki organlar tuzilishida ham o'zaro o'xshashlik bor. Odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishi va tabiat ustidan hukmronlik qila boshlashi tufayli quloq suprasi rudi ment holga kelgan. Odam ko'zining ichki burchagidagi yarim oysimon parda biror vazifa bajarmaydi. U hayvonlar ko'zidagi uchinchi qovoq (pirpiratadigan parda) ning rudimentidir.Yarim oysimon parda qushlar hamda sudralib yuruvchilarda yaxshi rivojlangan. Qushlar uxlaganda oq pardani ko'rish mumkin. Odam tanasidagi mayin jun (tuk) ham rudiment organga misol bo'ladi. Masalan, 18—20 kunlik embriondan jabra «kurtaklari»,keyinchalik jabra apparati hosil bo'ladi.Sudralib yuruvchilar, qushlar,sut emizuvchilar,jumladan,odamda u embrion rivojlanishi ning keyingi bosqichlarida yo'qolib ketadi.Lekin bu dalil quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan,odam ham tarixiy rivojla nishi natijasida jabra bilan nafas oluvchi baliqsimon aj dodlardan kelib chiqqanligidan darak beradi.Ona qornida rivojlanayotgan 5-6 oylik bolaning tanasi mayin tuk bilai qoplangan bo'lib, bola tug'ilishidan oldin to'kilib ketadi. Odamning 2 oylik embrionida dum bo'ladi, biroq u rivojlanishning ma'lum bir davridan keyin o'sishdan to'xtab, dum suyaklari chanoq suyaklari orasida qolib ketadi va tashqariga chiqmaydi.Odam embrionining dastlabki rivojlanishida bir qancha sut bezlari paydo bo'lib, keyinchalik esa ulardan bir juftigina normal rivojlanadi, qolganlari yo'qolib ketadi.Odam embrionining rivojlanishida hiqildoq ba'zi belgilari bilan shimpanze hiqildog'iga, bosh miya po'stlog'i esa tuban maymunlar bosh miya po'stlog'ining tuzilishiga o'xshashligi, shuningdek, oldingi oyoqlar tuzilishida ham ular o'rtasida o'zaro o'xshashlik borligi aniqlangan.

Download 48.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling