Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA\'LIMI TEXNOLOGIYALARI Uslubiy ko\'rsatma
2-rasm. Yer sharining yil bo’yi yoritilishi. 3-rasm. Karta shartli belgilari va qatlamlari. Kartada geografik obьektlar bo’yicha qo’shimcha illyustrativ ma’lumotlar (fotolavhalar, matniy va dinamik ma’lumotlar) berilganki, bu mashg’ulotda beriladigan geografik axborotlarni to’ldiradi. Misol tariqasida, balandlik va chuqurliklar shkalasi, aniq geografik obьektlar (Yer shari quruqlik va okean qismi bo’yicha 30 dan ortiq) Ximoloy cho’qqisi, Antarktida soxillari, Karib dengizi kabi joylarning ma’lumotlari ko’rinadi (4- rasm). 4-rasm. Kartaning qo’shimcha illyustratsiyalari. Manbaning interaktivligi uning shu muhitda foydalanish davomida o’qituvchi va o’rganuvchilar tomonidan turli yozuvlar yoza olishi, chiziqlar va belgilar qo’ya olishida namoyon bo’ladi (5-rasm). Masalan, karta bilan ishlaganda geografik obьektlarga tegishli miqdoriy va boshqa ko’rsatkichlar (uning o’lchamlari, sanalar, ismlar hamda geografik terminlar) yozuv va geometrik shakllarda turli ranglar ifodasida ta’sirchan holatda belgilar qo’yib borish, mazkur amallarni saqlab qo’yish imkoniyatlari jamlangan. Undan tabiiy geografiya fanlari mashg’ulotlarida keng va samarali foydalanish mumkin. Amaliyotimizda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, topografiya va kartografiya hamda maxsus geografiya fanlari bo’yicha jamlangan elektron kartalardan foydalanib kelmoqdamiz. Ular haqida keyingi nashrlarimizda o’rtoqlashamiz. 5-rasm. Kartaning interaktiv qismi. Geografiya darslarida AKTlaridan foydalanish o’quvchilarning geografik axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, taxlil qilish, baholash, anglash hamda mazkur axborotlardan to’g’ri foydalanish, turli amaliy maqsadlarga erishish uchun o’z bilimlarini qo’llash va boshqarish kabi savodxonlik ko’rsatkichlari, ya’ni geografik madaniyati komponentlari shakllanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling