Agar to’g’ri javobni topa olmasak, 2-marta urinishdan so’ng to’g’ri
javob
turgan nuqta o’zi qizil rangli tus olib, bizni ogohlantiradi.
Navbatdagi band “Poytaxtlar” viktorinasi. Bu sahifa yozuvi ustiga borib
sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosganimizda quyidagi holat sodir
bo’ladi: (9-rasm)
9-rasm. “Seterra” dasturi “Poytaxtlar” viktorinasi
Bu holatda topshiriq
sifatida poytaxt nomi berilgan, u qaysi davlat
poytaxti ekanligini topish kerak.
“Daryolar” bandida
daryo konturi berilgan, ketma-ket mintaqa daryolari
joylashuvini aniqlab topish vazifasi yuklangan (10-rasm).
10-rasm. “Seterra” dasturi “Daryolar” bandi
Hozirgi paytda, ilm-fan va ta’limiy texnologiyalarning eng so’nggi
yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va
uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Mamlakatimiz
rivojlanishining muhim
sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan-texnika, texnologiyalar rivoji asosida kadrlar
tayyorlashning takomillashgan tizimning amal qilishga erishishdan iboratdir.
“Seterra” dasturi mukammal ishlangan bo’lib, bu dastur barcha
mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida tashkil
etish
imkonini berib, o’quvchi-talabalarning mustaqil va guruhiy mashq
bajarishlari,
mustaqil ijodiy fikrlashi, mavzularni o’rganishda mavjud
geografik bosma va elektron manbalardan to’g’ri
foydalanishga, erkin
mulohaza yuritishga hamda mustaqil ilmiy
tadqiqotlarni bajarishda
imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: