Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 1.29 Mb.
bet3/14
Sana08.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1341895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nodirbek

2.Havo haroratini o’lchash. Havo haroratini turli xil termometrlar yordamida o’lchanadi. Meteorologik stansiyalarda kuzatish paytidagi havo haroratini o’lchash uchun muddatli psixrometrik termometrlar, havoning kuzatish muddatlari orasidagi eng yuqori haroratini o’lchash uchun maksimal termometr TM-1, havoning kuzatish muddatlari orasidagi eng past haroratini o’lchash uchun minimal termometr TM-2 ishlatiladi.
Barcha termometrlarni psixrometrik budkaga joylashtiriladi. Psix-rometrik budka termometrlarni to’g’ri va qaytgan radiasiyaning ta’siri-dan, yerning nurlanishidan, shamollardan va yog’inlardan saqlaydi.
Termometrlarni budkadagi metall shtativga o’rnatiladi. 2 ta psixrometrik termometrlarni, tik ravishda rezervuarlarini er yuzasidan 2 m baland qilib o’rnatiladi. Maksimal termometrni deyarlik gorizontal, rezervuari tomon ozgina qiyalatib o’rnatiladi, minimal termometrni esa aniq, gorizontal qilib joylashtiriladi. Bunda termometrlarning rezervuarlarini sharqqa qaratilib joylashtiriladi.
Qish davrida havo harorati –200 o C dan past bo’lganda quruq psixrometrik termometr yoniga etil spirtli termometr o’rnatiladi. Chunki simob –38,90 O Cda qotadi, shuning uchun –360 o C dan past haroratlarni o’lchashda hisoblarni spirtli termometr yordamida olib boriladi.
Termometrlar ko’rsatishi bo’yicha hisoblarni olib borishda kuzatuvchining ko’zi simob meniski sathida bo’lishi kerak. Oldin graduslarning o’nlik ulushlarini, keyin butun graduslarni hisob qilinadi. Havo haroratining vaqtga nisbatan uzluksiz o’zgarishlarini uzluksiz yozib borish uchun termograf M-16A qo’llaniladi. Termografni o’ziyozgich asbob uchun mo’ljallangan jalyuziy budkada joylashtiriladi.
Dala sharoitida havo haroratini aspirasion psixrometr yordamida o’lchanadi. Ekinlar orasidagi va o’rmondagi havo haroratini ham aspirasion psixrometr yordamida o’lchash mumkin. Turli xil termometrlar bilan o’lchash tartibi va termograf lentasidagi yozuvlarni o’uchun meteorologiya yoki agrometeorologiyadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalar bilan tanishishni tavsiya qilamiz.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling