Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Havo haroratining sutkalik va yillik o’zgarishi


Download 1.29 Mb.
bet5/14
Sana08.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1341895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Nodirbek

4. Havo haroratining sutkalik va yillik o’zgarishi.
Havo harorati ob-havo sharoitini va iqlimni belgilaydigan asosiy meteorologik kattaliklardan biridir. Havoning isishi va sovishi faol sirtning issiqlik rejimiga bog’liq. Faol sirtning yutgan issiqligining bir qismi tuproq (yoki suv havzasi) ichki qatlamlariga uzatiladi, qolgan qismi esa havoning erga tutashgan qatlamiga uzatiladi, bu qatlam ham isib o‘zidan yuqoridagi qatlamga issiqlikni uzatadi. Shu tarzdagi issiqlik uzatish atmosferaning yuqori qatlamlarigacha tarqaladi. Atmosferaning har bir nuqtasida vaqt o’tishi bilan havo harorati uzluksiz o’zgarib boradi. Havo haroratining sutka davomida o‘zgarishining borishini uning sutkalik o‘zgarishi deyiladi. Yerga tutashgan havo qatlamida havo haroratining sutkalik va yillik o’zgarishini yer yuzidan 2m balandlikda aniqlanadi. 2 m balandlikda havoning minimal harorati quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Quyoshning ufqdan balandligi ortgan sari havo harorati 2-3 soat mobaynida tezroq ortadi va so’ngra haroratning ortishi sekinlashadi. Havo haroratining maksimal qiymati tushki paytdan 2-3 soat o’tgach kuzatiladi. So’ngra havo harorati oldin sekinroq, keyin esa tez kamaya boradi.
Havo haroratining sutkalik o‘zgarishidagi maksimal va minimal qiymatlari ayirmasini havo haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi deyiladi.Havo haroratining yil davomida o‘zgarishidagi maksimal va minimal qiymatlari ayirmasini havo haroratining yillik o‘zgarishi amplitudasi deyiladi.Havo haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi hamda yillik o‘zgarish xususiyatlari ko‘p yillik kuzatishlar natijalarining o‘rtacha qiymatlarini hisoblaganda ochiq ko‘rinib qoladi.Bunday o‘rtachalashtirilganda issiq yoki sovuq havo massalarining bostirib kirishi bilan bo‘lgan sutkalik o‘zgarishning borishidagi ayrim chetlanishlarni chiqarib tashlanadi. Chunki bunday chetlanishlar haroratning sutkalik o’zgarishini buzadi. Masalan, kunduzi sovuq havo oqimi bostirib kirganda ba’zi punktlar ustidagi havo harorati ortish o’rniga pasayadi. Кechasi issiq havo massasi bostirib kirsa, harorat ko’tarilishi mumkin. Quruqlik ustidagi havo haroratining sutkalik o’zgarishi amplitudasi tuproq yuzasi haroratining sutkalik o’zgarish amplitudasidan har doim kichik bo’ladi. Havo haroratining sutkalik o’zgarish amplitudasi olingan joyning geografik kengligiga, fasllarga, faol sirtning xarakteriga, bulutlikka, joyning relefiga, shuningdek joyning dengiz sathidan balandligiga bog’liq. Bu fikrimizni tasdiqlash uchun ba’zi omillarning havo haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasiga ta’sirini qaraylik. Joyning geografik kengligi ortishi bilan havo haroratining sutkalik o’zgarish amplitudasi kamaya boradi.
Eng katta amplituda subtropik kengliklarda kuzatiladi. Tropik kengliklarda havo harorati sutkalik o’zgarish amplitudasi yil uchun o’rta hisobda 120o C ga yaqin, mo’tadil kengliklarda 8-90o C ga, qutb doirasida 3-40o C ga teng. O’zbekiston hududi shimoliy yarim sharning 37O 01’11” bilan 45o 03’61” kengliklari orasida joylashgan. Respublikamiz tekisliklarida qishning eng sovuq oyi yanvarda sutkalik amplituda 7-110o C ga, yozning eng issiq oyi iyulda esa 14-190o C ga teng. Havo haroratining sutkalik o’zgarishiga joyning relefi ham birmuncha ta’sir ko’rsatadi. Botiq shaklli relef (yopiq vodiy, botiqlik, chuqurlik) larda havo taglik sirtning eng katta yuzasiga yondoshadi. Bunday botiq relefli joylar ichida havo kunduzi tinch turib qoladi va ko’p isiydi. Кechasi esa yonbag’irlar ustidagi havo sovib, botiqlik tagiga oqib tushadi. Demak, botiq joylarda kechasi havoning sovishi ancha kuchli darajada o’tadi.
Botiq relefli joylar ichidagi havo, tekis erlar ustidagi havoga nisbatan kunduzi ko’proq isiydi va kechasi esa ko’proq soviydi. Shuning uchun botiq releflarda havo haroratining sutkalik o’zgarish amplitudasi kuchayadi. Qavariq relef (tog’, tepalik, do’nglik) larda esa havo taglik sirtning eng kam yuzasi bilan yondoshadi. Havo ularning ustida to’xtab qolmaydi va kunduzi kam isiydi. Demak, bunday releflarda faol sirtning havo haroratiga ta’siri kamayadi. Shunday qilib, botiq shakldagi relef ustidagi havoning sutkalik o’zgarish amplitudasi, tekisliklar ustidagi havoning o’zgarish amplitudasidan katta bo’ladi. Qavariq releflar ustidagi havoning sutkalik o’zgarish amplitudasi tekisliklar ustidagi havonikidan kam bo’ladi. Faol sirtning turiga qarab ular ustidagi havoning sutkalik o’zgarish amplitudasi ham turlicha bo’ladi. Masalan, o’simliklar ustidagi amplituda, quruq yalang tuproq ustidagi amplitudadan kichik bo’ladi, havoning sutkalik o’zgarishi amplitudasi suv havzasi ustida yana ham kam bo’ladi. Eng katta sutkalik o’zgarish amplitudalari tropik va subtropik sahrolar ustida kuzatiladi, bu yerlarda sutkalik amplituda yil davomida 300o C gacha etadi. Mo’tadil kengliklarda amplitudaning eng katta qiymati yoz oylariga va eng oz qiymati qish oylariga to’g’ri keladi.
Havo ochiq kunlari amplituda havo bulutli kundagidan ancha oshiq, o’simliklar orasida havo haroratining sutkalik o’zgarish amplitudasi kamayadi. Yer yuzidan balandlik oshgan sari havo haroratining sutkalik o’zgarish amplitudasi tez kamayadi, 1,5-2km balandlikda havo haroratining sutkalik o’zgarishi butunlay so’nadi. Havo haroratining yillik o’zgarish amplitudasi eng issiq va eng sovuq oylarning o’rtacha oylik havo haroratlarining ayirmasi tarzida aniqlanadi. Yil davomidagi havo haroratining absolyut maksimumi va absolyut minimumi, ya’ni yil davomida kuzatilgan eng yuqori va eng past havo haroratlari ayirmasini absolyut yillik o’zgarish amplitudasi deb aytiladi. Olingan joydagi havo haroratining yillik o’zgarish amplitudasi joyning geografik kengligiga, er sirtining fizikaviy xossalariga (quruqlik, okean) atmosfera holatiga (namlik, bulutlik) va joyning dengiz sathidan balandligiga bog’liq.
Eng sovuq, qahraton qishda O’zbekiston Respublikasining shimolida havo haroratining absolyut minimumi –400o C gacha pasayadi. Respublikaning janubida Termiz tumanida havo haroratining absolyut minimumi –200o C dan pastga tushgani kuzatilmagan. Termizda qish ko’pincha nisbatan issiqroq bo’ladi, havo harorati–100o C dan pasaymaydi. O’zbekiston hududidagi sahrolarda havo haroratining absolyut maksimumi 48-500o C gacha etadi. Surxondaryo viloyatidagi Termiz va Sherobodda havoning absolyut maksimal harorati 470o C gacha etgan yillar bo’lgan. Toshkent viloyatida havo haroratining absolyut minimumi –28, ., -350o C gacha, absolyut maksimumi esa 43-470O C ga etadi. Bu misolda havo haroratining absolyut yillik amplitudasi esa 71-820oC gacha etadi.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling