Namangan davlat universiteti tibbiyot fakulteti


Download 276.37 Kb.
bet32/37
Sana06.04.2023
Hajmi276.37 Kb.
#1333667
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Мajmua TIBBIYOT KASBIGA KIRISH

Nazorat savollari:

  1. Shifobaxsh (davolovchi) ovqatlanishning asosiy tamoillari qaysilar?

  2. Muvozanatlashgan oziqlanishformulasiqanday?

  1. Xirurgik va terapevtik parhez stollari turlari haqida gapirib bering Yara kasalligida qaysi stol buyuriladi?

  2. O‘gir yotgan bemorlarni ovqatlantirish

13. MAVZU: Terapevtik bemorlarni parvarish qilish. Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarishi va ularning nazorati


Pulmonologiya (lot. pulmo –o‘pka grek. logos- ta‘limot) ichki kasalliklar bo‘limi bo‘lib, nafas organlari kasalliklari tashhisi, davolanishi va profilaktik tadbirlar o‘tkazishni o‘rganadi.
Nafas organlari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish va parvarishi 2 yo‘nlishda olib boriladi.
Umumiy tadbir- har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda quydagi parvarish va kuzatuv olib boriladi.

  • bemorni umumiy ahvolini ko‘zdan kechirish

  • termometriya

  • arterial qon bosimi va puls nazorati

  • harorat varaqasini to‘ldirish

  • bemorning shaxsiy gigeyanasiga rioya qilish

  • tubak tutish

Maxsus tadbirlar - bu nafas organlari kasalligi simptomlari (xansirash, yo‘tal, qon qusish va og‘riq) bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish va parvarish qilish choralaridir.
Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari
Dyspnoe - Harsillash (Nafas olishni qiyinlashishi) Nafas olish – bu tashqi muhitdan kislorodning avval o'pkaga, keyin qonga, so'ngra butun organizmning a'zo va to'qimalariga kelishi, hamda organizmdan karbonat angidrid gazini chiqarilishi bilan bog'liq jarayondir. Harsillash (grek.dys - qiyinlashish, pnoe - nafas) nafas tezligini susayishi, nafas olish qiyinlashuvi, havo etishmasligi, chuqur nafas olib chiqarishni buzilishi, nafas muskullari faoliyatini ortishida namoyon bo'ladi, bemor bug'ilib havo etishmayotganini his qiladi. Shuningdek, harsillash - yurak, o'pka, asab, plevra kasalliklarida, kamqonlikda ham uchrashi mumkin.
Nafas harakatlari tezligiga ko'ra harsillash ikki turga ajratiladi: Tachypnoe - Tez–tez yuza nafas olish (1minutda 20dan ziyod) Nafas siqilishining bir turi, nevroz, ba'zi yurak va endokrin kasalliklarida uchraydi. Ko'pincha o'pka yallig'lanishi (masalan, pnevmoniyada) lixoradka, qon kasalliklari (masalan, kamqonlikda) kuzatiladi. Nafas tezligi jazavani eslato'vchi holatida minutda 60-80 dan oshishi mumkin, bunday tez tez nafas olishni ―Holdan toygan, sillasi qurigan hayvon nafas olishi‖ deyiladi.
Bradynoe – haddan tashqari sekin nafas olish, nafasi ichiga tushib ketish holati (1minutda 16dan kam) Qandli diabet kasalligida modda almashinuvi nordon mahsulotlar qonda to'planishi (atsidoz) va diabetik komada nafas markazi ezilishi, to'qimalarda kislorodni kamayishini davomli, og'ir holati (masalan yurak etishmovchiligi sababli)da, miya po'stlog'i, bosh miya kasal-liklari(miyaga qon quyilishi,miyadagi xavfli o'sma)da kuzatiladi.Nafas faza (davrlari)si buzilishiga ko'ra harsillash quyidagi turlarga ajratiladi.
Inspirator harsillash nafas olishning qiyinlashishi, hiqildoq va kekirdak teshiklarini difteriya pardalari bug'ib qo'yganda yoki o'sma, poliplar siqib qo'yganda ro'y beradi.
Ekspirator harsillash nafas qisishi sababli olingan havoni tashqariga chiqarib yuborishni qiyinlashuvi, bu holat nafas yo'llari ichida shilliq bo'lganda kuzatiladi.
Issiqdan harsillash tashqi muhit harorati ko'tarilganda nafas olishni tezlashishi bo'lib, issiq havo tana haroratini turg'un holda saqlashga xizmat qiladi.
Aralash harsillash nafas qisishi sababli nafas olish va chiqarishning qiyinlashishi, bu o'pka nafas olish yuzasining kichrayib qolishiga bog'liq.
Nafas ritmi o'lchoviga ko'ra harsillash quyidagi asosiy shak (―davriy nafas‖deyiladi) larda farqlanadi: Nafas qisilishi astma yoki bug'ilish (grek.asthma – og'ir qisqa nafas) - harsillashning turlicha o'tkir xurujini umumiy nomi. Nafas yo'llari og'rig'i sababli o'pkadagi bug'ilish xuruji ro'y berishi(bronxial astma) nafas yo'llari bug'ilishi deyiladi. Qon aylanishida qon harakatining susayib yoki qotib qolishi yurak qisilishi (astma)ni avj oldiradi. Bemorda nafas qisishi yoki entikib qolish ro'y berganda hamshira zudlik bilan davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini o'zi kuzatgan holatni etkazib, bemor engil tortishi choralarini ko'radi. Bemor atrofida sokin, osoyishtalik muhitini yaratib, bemor va uning atrofdagilarini tinchlantiradi.
Bemorga yarim o'tirgan holatida boshini ko'tarib, krovatga suyantirib boshi va bo`yni ko'taradigan yostiq qo'yishga yordam beradi, siqib turgan kiyimlarini echib, ustidagi og'ir ko'rpani olib qo'yiladi. Xonada oynasini qiya qilib ochib qo'yilsa toza havo kirib turishi ta'minlanadi.
Nafasi qisilgan bemorga shifokor tavsiyasiga ko'ra cho'ntak ingolyatori be-riladi, nafas yo'lini sun'iy ochish uchun undan qanday foydalanishni ko'rsatiladi. Nafas yo'llari bug'ilishida cho'ntak ingolyatoridan foydalanish uchun: suyuqlik (aerozol) ballonchasi og'zidan himoya qadpoqchasi olinib ,balloncha tepadan pastga qarab aylantirilib silkitiladi va bemordan chuqur nafas chiqarishini so'raladi. Bemorga chuqur nafas olishidan oldin balloncha og'zini labida qisib, balloncha klapanini bosish, chuqur nafas olish va bir necha soniya nafasni ushlab turishni tushuntirish lozim. Shundan so'ng bemor og'zidan ballonchani uzoqlashtiradi, sekin asta nafas chiqaradi.
Ballonchadagi dori suyuqligi miqdorini, har qancha vaqtda foydalanishni davolovchi shifokor aniqlaydi. Glyukokartikoid garmoni bilan nafas olgan bemor og'iz bo'shlig'i infektsiyasi oldini olish uchun og'zini chayib tashlashi kerak. Glyukokartikoidlar - buyrak usti bezi po'stlog'i gormoni bo'lib, prednizolon, prednizon va boshqalar glyukokartikoidlarning sintetik analogi hisoblanadi.
Yo'tal – murakkab reflektor jarayon, ko'krak bo'shlig'i pardasi va nafas yo'llari retseptorlari qo'zg'alishida vujudga keladi. Yo'tal refleksi nafas yo'llarining turli omillari – shilimshiqlar, bronxlar qisqarishi, siqilishi, og'iz bo'shlig'i qatlami shilliq qurishi, tana yot jismlari yoki nafas yo'llari tuzilishidagi o'zgarishlar ta'sirida paydo bo'ladi. Yo'talning fiziologik faoliyati nafas yo'llariga tashqidan tushgan moddalar, turli bezlar ishlab chiqaradigan suyuqliklardan tozalashdan iborat. Yo'tal turtkisi birdaniga qattiq nafas chiqarish natijasida ko'krak qafasi devorini turtilishi yoki tovush boylamlari chuqurchasida tiqilib qolgan nafas to'satdan ho'l balg'am (qoqiriq) va tana yot jismlari havosi bilan birga og'izdan chiqib ketishini tashkil qiladi.
Yutal paydo bulish sabablari kuyidagilar:
Nafas yullari yalliglanish kasalliklari: laringit, traxeit, bronxit, bronxiolit, bronxial astma, zotiljam, upka abstsessi va boshkalar.
Organizmga allergenlar (usimliklar chani, chang xasharotlari, kir yuvish kukuni) kirishiga immun javob.
Yurak kon tomir tizimi kasalliklaridagi kichik kon aylanish doirasida dimlanish sabablari – yurak nuksonlari, yurak ishemik kasalligi, dilyatatsion kardiomiopatiya va boshkalar.
Mexanik ta'sirlanish sabablari – pnevmokoniozlar, bronxlar o`tkazuvchanligini o`sma bilan bosilishi, yot jism tiqilib qolishi xisobiga yuzaga keladi.
Pnevmokoniozlar – uzoq vakt davomida ishlab chikarish changlarini xisobiga yuzaga keluvchi kasb kasalliklari guruxidir



Download 276.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling