Namangan davlat universiteti universitet magistrantlarining ilmiy amaliyoti


Download 322.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana11.10.2023
Hajmi322.93 Kb.
#1698840
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Ilmiy amaliyot dasturi

qabul qiluvchi tashkilot – stajirovka o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda 
o‘tkaziladigan yuridik shaxs; 
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari – zimmasiga magistratura 
talabalari tomonidan stajirovka o‘tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini 
nazorat qilish, ularni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish, magistrlik dissertatsiyasining 
tajriba-sinovlarini o‘tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga 
ko‘maklashish mas'uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi. 
Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda 
individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va 
magistratura talabalari universitet kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o‘tashga 
yuboriladi. 
Stajirovka: 
ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi; 
iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi; 
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi; 
mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik 
dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini 
bajarilishi; 
kasbga samarali moslashuvni ta'minlashi lozim. 
Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka o‘tash dasturi asosida ishlab 
chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki xorijda o‘tashi mumkin. 
STAJIROVKANI TASHKIL ETISH: 
Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni 
egallashda uzluksizlik va izchillikni ta'minlashga yo‘naltirilishi lozim. 
Universitet Kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra 
magistratura talabasini stajirovka o‘tashga yuborish masalasini ko‘rib chiqadi va 
tegishli qaror qabul qiladi. 
Magistratura talabasi kadrlar iste'molchilari tomonidan tanlov asosida 
stajirovka o‘tashga jalb qilinishi mumkin.
Stajirovka o‘tashga yuborilayotgan magistratura talabalari ro‘yxati 
universitetdan stajirovka rahbari ko‘rsatilgan holda universitet rektorining buyrug‘i 
bilan tasdiqlanadi.
Stajirovka o‘tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi 
tashkilot tomonidan turar joy bilan ta'minlash imkoniyati hisobga olinadi.
Stajirovka universitet joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) 
tashqarida yoki xorijda o‘tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan 
qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, mazkur 
xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan hollar bundan 
mustasno.
Universitet rektori stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi 
xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta'minlaydi.



Stajirovka bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish universitetning magistratura 
bo‘limi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki universitetning 
zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy 
bo‘linmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 
Stajirovka universitet bilan qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida stajirovkani 
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga 
oshiriladi, stajirovkani xorijda o‘tash hollari bundan mustasno.
Stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomada 
shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini 
turar joy bilan ta'minlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor 
qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka o‘tashni tashkil etish bilan 
bog‘liq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi. 
Stajirovka o‘tash davrida stajirovka o‘tayotgan magistratura talabasiga qabul 
qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat 
tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda bo‘lgan boshqa 
hujjatlar tatbiq qilinadi. 

Download 322.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling