Namangan davlat universiteti universitet magistrantlarining ilmiy amaliyoti
Download 322.93 Kb. Pdf ko'rish
|
4. Ilmiy amaliyot dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- STAJIROVKANI TASHKIL ETISH
qabul qiluvchi tashkilot – stajirovka o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda
o‘tkaziladigan yuridik shaxs; qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari – zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka o‘tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini o‘tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga ko‘maklashish mas'uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi. Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari universitet kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o‘tashga yuboriladi. Stajirovka: ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi; iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi; amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi; kasbga samarali moslashuvni ta'minlashi lozim. Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka o‘tash dasturi asosida ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki xorijda o‘tashi mumkin. STAJIROVKANI TASHKIL ETISH: Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta'minlashga yo‘naltirilishi lozim. Universitet Kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra magistratura talabasini stajirovka o‘tashga yuborish masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Magistratura talabasi kadrlar iste'molchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka o‘tashga jalb qilinishi mumkin. Stajirovka o‘tashga yuborilayotgan magistratura talabalari ro‘yxati universitetdan stajirovka rahbari ko‘rsatilgan holda universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Stajirovka o‘tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan ta'minlash imkoniyati hisobga olinadi. Stajirovka universitet joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda o‘tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Universitet rektori stajirovka o‘tash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta'minlaydi. 5 Stajirovka bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish universitetning magistratura bo‘limi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki universitetning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Stajirovka universitet bilan qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda o‘tash hollari bundan mustasno. Stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan ta'minlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka o‘tashni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi. Stajirovka o‘tash davrida stajirovka o‘tayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda bo‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi. Download 322.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling