57
II bob. BAJARILGAN ISHLAR SHARHI:
2.1. O‟simlikni terish va tayyorlash. Ekstraksiya.
Yangiqo`rg‘on tumanining Poromon soyi atrofidan Scutellaria Adenostegiya
ya‘ni Ko‘kamaron o‘simligining yer ustki qismini gullagan paytida 2017 yil may
oyi boshlarida quruq holda hisoblaganda 3 kg miqdorda terdik. Uni maydalab,ildiz
qismidan 5 g va bargidan ham 5 g miqdorda olib shisha idishga soldik va ustiga 15
ml ekstraksion benzin quyib, 1 kunga qoldirdik. So‘ng 10 ml ekstrakt oldik.
So‘ngra yana takroran toza 15 ml ekstraksion benzin quyib, 1 sutkaga qoldirdik.
Bu ishlarni 3 marotaba 3 sutka davomida bajardik va har bir ildiz va barg
qismidan 30 mldan ekstrakt olib, olingan ekstraktni sinov uchun xromotamass-
spektrometr asbobida tekshirdik. So‘ng idishdagi o‘simlik qismlarini olib quritdik
va quritilgan o‘simlikni barg va ildiz qismini qaytadan shisha idishga joylab, 70%
58
li etanolda ekstraksiyani davom ettirish uchun 15 ml 70% li etil spirti quydik. Uni
1 sutka qoldirib, ertasi kuni 15 ml dan ekstraktni filtrlab ajratib oldik. Natijalarni
ildiz qismida mavjud moddalarni barg qismi tarkibida bor moddalar miqdorlari
bilan solishtirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: