5
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati: O‘simliklar tarkibidan ajratilgan efir
moylari, flavanoidlar va boshqa moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini ya‘ni
xromotografik
tahlili,gaz-suyuqlik
xromato-mass-spektrometriyasini,optik
spektroskopiyasini,YaMR
spektroskopiyasini,mass-spektroskopiyasini
va
xromotamass spektroskopiyasini o‘rganish ajratib olingan moddalarni guvoh
moddalar bilan solishtirish bitiruv malakaviy ishining eng muhim masalalardan
biridir. Bu moddalarni tibbiyot, parfyumeriya, kosmetika va boshqa sohalarda
ishlatilish imkoniyatlarini baholash nuqtai nazaridan dolzarbdir. Murakkab tarkibli
yengil uchuvchan birikmalar aralashmasidan iborat bo‘lgan efir moylari va
flavanoidlarning fizik-kimyoviy tarkibini o‘rganishda ham yuqori samarali ajratish,
ham
analiz
usullarini
o‘zida
mujassamlashtirgan
gazoxromato-mass-
spektrometriya (GX-MS) usulining o‘rni beqiyosdir.
Shuning uchun ham ko‘kamaron o‘simligidan ajratib olingan efir moyi va
flavanoidlarni fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash va kimyoviy tarkibini GX-
MS usulida o‘rganish bitiruv malakaviy ishi vazifalarining bir bandi sifatida
olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: