Namangan davlat universiteti


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana03.11.2021
Hajmi1.57 Mb.
#170305
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
flavanoidlarning fizik-kimyoviy analizi

Ushlanish 

vaqtini 

qayd 

etish. 

O‘simlik  moddalarini  xromato-

massspektrometriya usulida tekshirishda kam hollarda ish bir, ikki yoki bir necha 

analizlar  bilan  chegaralanadi.  Qoidaga  ko‘ra  bir  xil  tipdagi  ko‘plab  namunalar 

uchun  bir  xil  sharoitda  xromato-mass-spektrogrammalarni  qayd  etish  bo‘yicha 

ko‘plab qator tajribalar o‘tkaziladi. Chunki ichki standartlardan foydalanish va bu 

bilan bog‘liq holda ushlanish indekslarini hisoblash ishlari ko‘plab vaqt sarflashni 

talab  qiladi.  Qator  analizlarni  o‘tkazishda  hisoblash  jarayonlarini  kamaytirish 

hisobiga vaqtni tejash mumkin.  

Gazoxromatografik asboblarni boshqarishning zamonaviy eletron tizimlari va 

tajribaning  gazoxromatografik  nazorat  tizimlari  moddalar  ushlanish  vaqtlarini 

yaxshi  takrorlangan  holda  aniqlash  imkonini  beradi.  Lekin  amaliyotda  bu  etarli 

emas,  chunk  xromatografik  kolonkaning  parametrlari  uni  ko‘p  vaqt  davomida 

ishlatilishi  natijasida  o‘zgaradi.  Bu  esa  qoidaga  ko‘ra  turli  sabablar  natijasida 

komponentlarning  ushlanish  vaqtini  kamayishiga  olib  keladi.  Komponentlar 

ushlanish vaqtlarining kam o‘zgarishi mos ravishda analiz qilinayotgan aralashma 

barcha komponentlari ushlanish vaqtlari sinxron oshiradi yoki kamaytiradi.  

Bunday  holda  aralashmadagi  aniq  bo‘lgan  biror  komponentning  ushlanish 

vaqti aniqlanadi va olingan standart kattalik qiymatidan chetlanish bo‘yicha qolgan 

barcha  komponentlarning  ushlanish  vaqtlari  hisoblanadi.  Buni  qo‘lda  bajarish 

mumkin.  Lekin  ko‘plab  zamonaviy  xromatografik  komplekslarda  bu  jarayonni 

bajarish avtomatlashtirilgan. Komponentning qayd etilgan ushlanish vaqti bo‘yicha 

boshqa  komponentlarning  ushlanish  vaqti  hisoblanadi  yoki  boshqacha  aytganda 

xromatogramma vaqti shkala bo‘yicha darajalanadi. 




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling