Ota-onalar uchun tashkil etiladigan anjumanlarda o’qiladigan ma’ruzalarga quyidagicha talablar qo’yiladi:
anjumanda muhokama qilinayotgan masalaning hamma tomonlarini qamrab olinishi, so’ngra ota-onalarning chiqishlari bilan aniqlashtirilishi;
tanlangan mavzu bo’yicha o’qiladigan ma`ruzaning maqsadi, mazmuni va mohiyati haqida aniq ma`lumot va yo’l-yo’riqlar berish;
ma’ruzada ilgari surilgan fikrlarni maktab va o’quvchilarning oilaviy hayotidan olingan aniq misollar bilan boyitish, ota-onalarning diqqat-e’tiborini eng muhim masalalarga qaratish;
ma’ruza ravon, ihcham va tushunarli bo’lishi, u ota-onalarni faollikka unday olishi, masalaga turli tomondan yondashuvlarni nazarda tutishi, tavsif va tahlilni o’zida aks ettirishi talab etiladi.
1.Anjumanni muvaffaqqiyatli o’tkazish, ko’p jihatdan ma’ruzaning puxta ishlab chiqilishiga ham bog’liq, shuning uchun ma’ruzachi-mutaxassisni tanlashga katta ma’suliyat bilan qarash kerak.
2. Ota-onalarga anjuman o’tkaziladigan kunni va uning mavzusini oldindan ma’lum qilish, buning uchun esa yaxshilab bezatilgan e’lonlar, maktublar, taklifnomalar va og’zaki ma’lumotlardan foydalanish lozim.
3. Oiladagi bola tarbiyasida, o’ziga xos hayotiy tajribaga ega bo’lgan ota-onalardan 8-10 kishini so’zga chiqishga alohida tayyorlash, bundan tashqari munozarada qatnashish istagi borlar uchun imkoniyat berish.
Ota-onalarning anjumanda so’zga chiqishi va o’z fikr-mulohazalarini bildirishiga quyidagi talablar qo’yiladi:
anjuman mavzusidan chetga chiqmay gapirish;
nutqning qisqa, aniq, lo’nda va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi;
ijobiy natijalarga qanday yo’llar bilan erishilganligini va duch kelgan qiyinchiliklarni qanday bartaraf etilganligini aytib o’tish;
amaliy maslahatlar va tavsiyalar berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |