5.
Homer. Iliada. T., 1988.
6.
F. Sulaymonova. Sharq va G’arb. T.: Sharq, 1999.
8-Mavzu: O`rta asrlar va Uyg’onish davri adabiyoti
Reja:
1. VI – XVII asrlar Evropa adabiyotining davrlashtirilishi.
2. Ilk o`rta asrlarda qahramonlik eposi.
3. Diniy-cherkov adabiyotining g’oyaviy yo`nalishi.
4. Ritsar-kurtuaz adabiyoti va uning janrlari.
5. Uyg’onish davri Evropa adabiyotining ahamiyati.
E’tibor bering!
Mil.iy V asrda qullar va kolonlarning qo`zg’olonlari hamda ularga xayrixoh bo`lgan
varvarlarning Rimga bosqini natijasida Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumi
emiriladi. Uning o`rniga yangi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – feodalizm vujudga
keladi. U IV – V asrlarda tarkib topa boshlab, XI – XV asrlarda yuqori bosqichga
ko`tariladi va XVI – XVII asrlarda inqirozga yuz tutib, emirila boshlaydi. Shu tariqa
yerga xususiy mulkchilikka asoslangan feodalizm o`rnini kapitalistik ishlab chiqarish
munosabatlari egallaydi. Shuning uchun qadimgi dunyo tarixining oxiri VI asrdan
yangi zamon kapitalizmning boshlanishi – XVII asrgacha bo`lgan davr O`rta asrlar
nomi bilan yuritiladi.darsda talabalar VI – XVII asrlar Evropa adabiyotining
davrlashtirilishi, diniy-cherkov adabiyotining g’oyaviy yo`nalishi, ritsar-kurtuaz
adabiyoti va uning janrlari xususida bir – birlari bilan o’qituvchi yordamida fikr
almashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |