Namangan davlat universiteti xusanboyeva fotima rustsmjon qizi


O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati


Download 83.55 Kb.
bet4/19
Sana17.02.2023
Hajmi83.55 Kb.
#1208257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
dissertatsiya fotima

1. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati

O'zbekiston Respublikasi elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, shuningdek, sanoat, qishloq xo'jaligi va iqtisodiyotning barcha sohalarida hamda ijtimoiy hayotda foydalanish uchun yetarli miqdorda energiya resurslariga ega. Hozirgi kunda energetika resurslari ishlab chiqarish hajmi ichki talabdan 15–20 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.


Yoqilg'i-energetika kompleksini tez rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylangan.
Elektroenergetika O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bazaviy sohasi hisoblanadi va muayyan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik manbaiga ega bo'lib, uning rivojlanishiga salmoqli ta‘sir ko'rsatadi [17].
Oxirgi yillarda O'zbekiston dunyodagi neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik salohiyatli davlatlarning o'nligiga kiradi. 1997 yildan buyon har yili mamlakatda 50 mlrd. m3 gaz va 8 mln. tonna neft ishlab chiqarilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari o'rtasida ikkinchi va 8

to'rtinchi o'rinlarni egallab kelmoqda. Gaz qazib olish bo'yicha O'zbekiston dunyoda sakkizinchi o'rinni egallaydi.


Markaziy Osiyo mintaqasida O'zbekiston energetikasi eng yuqori salohiyatga ega. Oxirgi 30 yil ichida respublikada 55–60 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish quvvati 3 martadan ko'pga o'sgan.
O'rtacha xalqaro o'lchovlarda O'zbekistonning shartli yoqilg'i zaxirasi o'ziga xos salohiyatga ega bo'lib, taxminan 14 mlrd. tonnaga yaqin shartli yoqilg'iga ega. Asoslangan uglevodorod zaxirasining hajmi, o'zbek foydali qazilma konlarida, o'rtacha, dunyo masshtabida hisoblaganda, 594 mln. barrel neft va 1,9 trln. m3 gazga teng.
Shuni ta‘kidlash mumkinki, O'zbekistondagi energiya resurslarining umumiy iste‘mol balansi oxirgi o'n yillikda tabiiy gaz 84–87 foiz, mazut — 11–8 foiz va ko'mir — 3,5–4,4 foizni tashkil etmoqda. Ko'rinib turibdiki, yoqilg'i energetika balansi shaklida energetika xavfsizligi talablariga optimal javob bermaydi. Ma‘lumki, neft va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi O'zbekistonda ham kamayib bormoqda, u bir necha o'n yilliklarga, shu bilan birga ko'mir zaxirasi 250 yildan ko'proq muddatga yetishi mumkin. Shundan xulosa qilib, bugungi ko'mirning O'zbekiston energetikasidagi roli pastligini hisobga olgan holda uni oshirish uchun faollik ko'rsatish zarur. 2015 yilgacha bo'lgan yoqilg'i-energetika balansining diversifikatsiyalash rejasida ko'mir qazish 11,0 foizga yetkazilishi belgilanmoqda.
O'zbekiston energiya resurslari o'ziga yetarli bo'lgan mamlakatdir. Shu bilan birga tabiiy gaz va neft zaxiralarini iste‘mol qilish shuni ko'rsatayaptiki, ular mamlakat ehtiyojlarini bir necha o'n yillar davomida ta‘minlashi mumkin. Lekin bu davrga kelib sarflanayotgan elektr energiya hajmi mamlakatda ikki barobar oshishi mumkin, ya‘ni 50 mlrd. kVt, uni ishlab chiqarish uchun esa an‘anaviy uglevodorodli qayta tiklanmaydigan energiya resurslari yetarli emas. Kelajakdagi zarur o'zgarishlarni inobatga olib, bugunning o'zidayoq, energiyaning qayta tiklanuvchi deb atalgan manbalarini rivojlantirish haqida o'ylab ko'rish kerak. Bular qatoriga gidroresurslar, quyosh, shamol, atom va biomassalar energiyasi kiradi.
Kelgusida energiya yetkazuvchilardagi o'zgarishlarni hisobga olib, Markaziy Osiyo hududi va O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, shuningdek, taxmin qilinayotgan energiya iste‘molining ayniqsa, qishloq joylarda o'sishi hisobga olinsa, qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish zaruriyati shubhasizdir.
Butun dunyoda energetik krizis hukm surayotgan vaziyatda qayta tiklanadigan energiya manbasi yana ham ommabop boilib bormoqda.
Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg‗ilar — ko‗mir, neft, tabiiy gaz va uran zaxirasi dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarini hozirgi darajada iste‘mol qilishda dunyodagi neft zaxirasi — 45–50 yilga, tabiiy gaz — 70–75 yilga, toshko‗mir — 165–170 yilga, qo‗ng‗ir ko‗mir — 450–500 yilga yetishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholining o‗sishi va mavjud an‘anaviy energiya ta‘minoti hisobga olinsa, energiya ta‘minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg'ilarni ishlatish atrof-muhitga salbiy ta‘sir ko'rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli moddalar miqdori 80 foizdan ko'proqqa to'g'ri keladi [15].
I. Karimovning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmonida izohlaganlaridek, iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xom ashyosining jaxon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muxim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo‗yicha ishlanmalar jadal suratlar bilan olib borilmoqda.
О‗zbekistonda muqobil eneogiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish soxasida ilmiy va ekspremental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba tо‗plangan bо‗lib, ular yuzasidan bir qancha о‗n yillar mobaynida ishlar olib borilmoqda. Respublika Markaziy Osiyoda о‗xshashi yо‗q ilmiy ekspremental markaz – Fanlar akademiyasining ―Fizika – Quyosh‖ ilmiy ishlab chikarish birlashmasi tashkil qilingan bо‗lib, uning tadqiqotlari natijalari jaxon miqyosida e‘tirof etildi.
Issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik kо‗rsatkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bо‗yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa, faol va samarali olib borilmoqda.
О‗tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida amalda ekspremental ravishda keng kо‗lamda qо‗llanilmoqda. О‗n yildan ortiq vaqt davomida Respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqurilmalar о‗rnatilgan. Turli quvvatlardagi 10

fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish о‗zlashtirilgan. Kо‗plab oliy о‗quv yurtlari va kasb-xunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda.


Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun О‗zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bir sohadagi ilg‗or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun О‗rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bо‗lib xizmat qiladi[1].
Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‗lini izchil davom ettirish — taraqqiyotimizning muhim omilidir» mavzuidagi ma‘ruzasida «...muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‗l ochib berishimiz zarur», deb barchaning e‘tiborini ushbu masalaga alohida qaratganlari ham bejiz emas.
Rektorimizning «Xalq sо‗zi» gazetasining, 2013 yil 16 – aprel sonida chop etilgan ―Muqobil energiya manbalari iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir‖ mavzusidagi maqolalarida ta‘kidlanganidek, ona tabiat o‘z inomlari bilan hamisha insoniyat xizmatida bo‘lib kelgan va hali-hanuz shunday bo‘lib kelmoqda. Biroq bu dunyoda hamma narsaning chek- chegarasi, intihosi bor. Xususan, jahon miqyosida uglevodorod xom ashyosi zaxiralari keskin kamayib borayotgan hozirgi sharoitda muqobil energiya manbalaridan omilkorlik bilan foydalanish, shuningdek, tabiat ne‘matlariga qarab qolmasdan noan‘anaviy energiya sohasini rivojlantirish va ularni amaliyotga tezroq tadbiq etishni davrning o‘zi kun tartibiga qo‘ymoqda [2].
Ta‘kidlash joiz, xalqaro energetika amaliyotida muqobil energetika amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh, shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e‘tirof etildi. Ular orasida eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, shubxasiz, quyosh energiyasidan foydalanishdir. Rivojlangan davlatlardagi nufuzli tashkilotlarning asosli xulosalariga ko‘ra, 2100 yilga borib, quyosh energiyasi sayyoramiz uchun energiyaning dominant manbaiga aylanadi.
Shu jixatdan aytganda, Prezidentimizning 2013 yil 1martdagi ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmoni jamiyatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim hujjat hamda oqilona qadam bo‘ldi.
Farmonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy va moddiy-texnik asoslari aniq belgilab berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ―Fizika-Quyosh‖ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida Xalqaro quyosh energiyasi institutining tashkil qilinishi, ―Navoiy‖ erkin industrial – iqtisodiy zonasida eng zamonaviy 11

texnalogiyalarga asoslangan 100 MVt quvvatli fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etilishi, Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasining qurilishi, quyosh hamda bigaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari hamda afzalliklar berilishi, albatta, mamlakatimiz iqtisodiyotinining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.


Mazkur hujjatda qayd etilganidek, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, shamol, biogaz singari noaan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanishning ulkan imkoniytlari mavjud. Aytaylik, respublikamiz xududida yilning aksariyat kunlari quyoshlidir. Bunday tabiiy sharoit qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan omilkorlik bilan foydalanishda juda qo‘l keladi.
Universitetimizning Fizika va uni o‘qitish metodikasi, Issiqlik fizikasi va energetikasi kafedralari professor – o‘qituvchilari ko‘p yillardan buyon no‘ananaviy energiya manbalari, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Kafedralar mutaxassislari, tadqiqodchi olimlar tomonidan turli quyosh qurilmalarining eksperimental variantlari va modellari yaratilib, tajriba – sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Uzoq yillar izlanishlrimiz natijasida quyosh energiyasi ta‘sirida hosil qilinadigan issiq havo oqimi yordamida meva maxsulotlarini quritish uchun mo‘ljallangan, bir nechta variant va turli o‘lchamdagi quyosh issiqxona meva – quritgich qurilmalari loyixalari ishlab chiqildi. Ular tajribadan o‘tkazilgach, qurish va foydalanish uchun fermer xo‘jaliklariga tavsiya qilindi. Jumladan, hozir viloyatimizning Qarshi, Yakkabog‘ Chiroqchi va boshqa tumanlaridagi qator fermer xo‘jaliklarida ushbu texnalogiyalarning smeta loyixalari asosida qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Yakuniy natijalar va olib borilayotgan tadqiqot ishlari samaradorligi xususida fikr yuritiladigan bo‘lsa, aytish lozimki, o‘tgan o‘n yildan ortiq muddat mobaynida geliotexnik olimlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalarimiz bilan hamkorlikda Fan va texnalogiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiaot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalmiz. Shuningdek, ilmiy izlanishlarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha vohaning Qarshi, Kasbi, Yakkabog‘, tumanlarida avtomatlashtirilgan issiqlik akkumulyatorlari, quyosh issiqxona-meva quritgichlari va geliolimonariylar qurilib, ishga tushirildi.
Ikki yildirki, Qarshi DU ning ―Qayta tiklanadigan energiya manbalari‖ o‘quv ilmiy markazida ‖Kombinatsiyalashtirilgan yoqilgi-quyosh paxta quritish qurilmasi takomillashgan variantlarini ishlab chiqish va tadqiq etish‖ , ―Avtonomlashtirilgan tuproq osti issiqlik akkumulyatorli quyosh issiqxona – meva quritgich qurilmasining issiqlik-fizik va energetik xarakteristikasini tadqiq etish‖, ―Avtonom tizimli va issiqlik akkumulyatorli quyosh uyini isitish va harorat rejimini mo‘tadillashdagi issiqlik fizik, energetik jarayonlarini tadqiq etish‖ , ―Fermer xo‘jaliklari uchun geliokompleks (geliouy, geliodush va paxta quritish, geliopilla 12

quritish qurilmasi) ni zamonaviy texnalogiyalar asosida tadqiq etish‖ kabi mavzularda ilmiy izlanishlar olib borilayotir.


Kelgusida energetika sohasida uglevodorod xom ashyosi o‘rnini bosadigan, biogaz va quyosh energiyasidan foydalanib olinadigan yangi tur maxsulotlar, xususan, nano elektr energiya sohasida ishlatiladigan elektron strukturaga ega texnik jixozlarni yaratishga ham etiborimizni qaratamiz .
Xulosa o‘rnida aytganda, Prezidentimizning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Farmoni mamlakatimizda muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot hamda pedagogik ishlariga yanada mas‘uliyat bilan yondoshishga, barchani mazkur soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida tashabbuskor bo‘lishga undaydi [2].
Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish bildirmoqda. Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O‗zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog‗li va mavjud energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo‗lgan tumanlar uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‗lgan energiya manbasi bo‗lishi mumkin.
Mustaqillikka erishilgan bir sharoitda, energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida, shuningdek, yoqilg‗i, elektroenergetika va suv tizimi faoliyatidagi o‗zgarishlar ro‗y berib turgan bir holatda, respublika energetikasini rivojlantirish uchun NQTEMdan keng foydalanish, yoqilg‗i, elektr energetikasi va suv tizimini mamlakatimizda rivojlantirish mustahkam omil bo‗lishi lozim.
O‗zbekistonda NQTEMni rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy qo‗llab-quvvatlanishiga ko‗maklashish uchun ma‘lum qadamlar qo‗yilmoqda. NQTEMdan foydalanish uchun amalda qator meyoriy hujjatlar mavjud. Jumladan, «Energiyadan oqilona foydalanish to‗g‗risida»gi 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan Qonunning 20-moddasida NQTEMni umumiy tarzda foydalanishni huquqiy chegarasi aniqlangan. Undan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 fevraldagi majlisida 2009–2013 yillar uchun mamlakat energetikasi xavfsizligini ta‘minlashda elektroenergetikani modernizatsiyalashni ko‗zda tutuvchi dasturida, noan‘anaviy va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishning asosiy roli belgilab berilgan. Mamlakatimizda xalqaro homiy tashkilotlar va moliya institutlari tomonidan yetarlicha qator yirik loyihalar amalga oshirilgan, shuningdek, NQTEMni ishlab chiqarish va servis xizmati uchun salohiyatli ilmiy va texnologik baza yaratilgan. 13

O‗zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat siyosatida sanoati rivojlangan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu shuni ko‗rsatadiki, qayta tiklanadigan energetika sohasida aniq maqsad va vazifani belgilashi hamda davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi — qayta tiklanadigan energiyaning an‘anaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo‗lishiga ko‗maklashadi.


O‗zbekistonda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanishning ayni vaziyatdagi ahamiyati shundaki, gidroenergetikadan tashqari uning resurslari hozirgi paytda keng (sanoat ahamiyati miqyosida) foydalanilmayapti. U ham barcha yangi texnologiyalar kabi NQTEMga oid izlanish, ishlanma va tajribalar, joriy etish bosqichida bo‗lib, iqtisodiy ham qonuniy-meyoriy qo‗llab-quvvatlanishi kerak.
Oxirgi yillarda qonunlarning monitoringi, hukumatning qaror va ko‗rsatmalari shuni ko‗rsatdiki, O‗zbekiston Respublikasidagi NQTEM sohasidagi foydalanilayotgan amaldagi qonuniy va meyoriy baza, qayta ishlanishi va qo‗shimchalar kiritilishi, iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning rivojlanishini qo‗llab-quvvatlab, boshqarish mexanizmi ifodasini topgan bo‗lishi kerak [18].
Bu qonunlar, yangi resurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalar, zamonaviy uskunalar va eng muhimi, ham ishlab chiqarishda, ham kundalik turmushda yuksak darajadagi energiya ta‘minotini targ‗ib etish borasida bir qator rag‗batlantirishlar joriy etilishi lozim.
NQTEMning jahon miqyosida qo‗llanish tahlili shuni ko‗rsatadiki, bugungi kunda qayta tiklanadigan energiyaning noan‘anaviy turlaridan foydalanish borasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy va Hindistonda yuksak natijalarga erishilgan. Dunyoda 2 milliondan ortiq quyosh issiqlik tizimi ishlab turibdi. Isroil mamlakatida issiq suv ta‘minotining 70 foizini ta‘minlaydigan 800 mingdan ziyod quyosh moslamasi mavjud.



Download 83.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling