Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet15/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Tayanch so‘z va iboralar: Fuqaroni bedarak yo‘qolgan ; Vafot etgan deb
e’lon qilish.
Fuqaroning huquq layoqati uning o‘limi natijasida batamom tugaydi. Ammo huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan noaniqlik­larni bartaraf etish uchun shu huquqiy munosabatlarning ishtirok­chilaridan biri bo‘lgan fuqaro ayrim sabablarga ko‘ra doimiy yashash joyidan uzoq muddatga ketib qolganda, uning haqiqiy yashash joyini aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, bunday hollarda bedarak yo‘qolgan deb topilishi mumkin.
Fuqarolik huquqida, umuman, huquqning boshqa sohalarida ham bedarak yo‘qolgan deb topish instituti katta amaliy ahamiyatga ega. Bu institut bedarak yo‘qolgan fuqaroning qarindoshlari va boshqa manfaatdor shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlari ta’minla­nishini kafolatlaydi.Fuqaroning bedarak yo‘qolgan deb topilishi to‘g‘risidagi insti­tutning mavjud bo‘lishi qarzdor fuqaroning, er yoki xotinning, shuningdek, qarindosh urug‘lardan birortasining uzoq muddat davo­mida doimiy yashab turgan joyida bo‘lmasligi, qayerda ekanligining aniqlash imkonini yo‘qligi tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy noaniqlikni bartaraf qilish uchun zarurligi bilan bog‘liqdir1.
Turmushda shunday voqealar ham bo‘ladiki, ba’zan fuqaro o‘zining doimiy yashash joyiga uzoq muddat kelmay qo‘yadi. U o‘zining qayerda turganligi to‘g‘risida birorta ma’lumot ham yubormaydi. Uning qayerda yashayotganini yoki qayerga ketganini aniqlashga qaratil­gan barcha harakatlar behuda ketadi. Uning tirik yoki o‘likligini aniqlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda ham huquqiy munosabat qatnashchisi bo‘lgan fuqaroning ancha vaqt yo‘qolib ketishi uning huquqiy munosabatdagi taqdiriga ta’sir qilmasligi kerak. Odatda, bunday fuqaroning doimiy yashab turadigan joyida qandaydir mulklari qoladi. Bu shaxs biror-bir majburiyatda qarzdor yoki kreditor bo‘lishi mumkin. U, shuningdek huquq va majburiyatning egasi bo‘lgani uchun boshqa kishilarning shaxsi bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi, chunonchi, nikohda bo‘lishi, ota-onalik huquq va majbu­riyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. Fuqaroning uzoq vaqt doimiy turar joyiga qaytib kela olmasdan bedarak yo‘qolib ketishi ko‘p vaqtga cho‘zilib ketmasligi kerak.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling