Fuqarolarning turar joyi.
Fuqaroning doimiy turar joyi fuqarolik huquqi uchun muayyan ahamiyatga egadir. Fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi, deb ko‘rsatiladi. O‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga etmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning qonuniy vakillari, ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga etmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning yashash joyi hisoblanadi (FK, 21-modda).Fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi (Uy-joy kodeksining 9-moddasi).
Turar joy tanlash huquqi muomalaga layoqatli fuqaroning o‘zi tomonidan belgilanadi. Turar joy tanlash huquqi faqat qonunda nazarda tutilgan hollar va tartibdagina, ozodlikdan mahrum qilinishi hollarida maxsus ijozat olish yo‘li bilan joylashish mumkin hududlarda cheklanishi mumkin.
Mantiqiy savollar
1.Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb toppish tartibini tushuntiring.
2.Vafot etgan deb e’lon qilish qanday amalga oshiriladi?.
3.Fuqarolarning turar joyi.
4.Fuqaroni qaytib kelishining huquqiy holati.
5.Fuqarolarning turar joyini o‘zgartirishni amaldagi qonunchilikda qo’yilgan talablar.
MAVZU UCHUN TESTLAR
1.Fuqarolik hujjatlarini tuzatish va o‘zgartirishda yetarli asoslar bo‘lsa va manfaatdor shaxslar òrtasida nizo bo‘lmasa u qanday hal qilinadi?
A) Notarius tomonidan tasdiqlanadi
B) FHDYO organi tomonidan hal qilinadi
C) Sud tartibida o‘zgartiriladi
D) Fuqarolik hujjatlari o‘zgartirishga yol qo‘yilmaydi
2.Manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolar o‘rtasida nizo bo‘lsa fuqarolik holati hujjatlari qanday o‘zgartiriladi?
A) FHDYO ning viloyat bo‘limi tomonidan
B) Davlat xizmatlari markazi tomonidan
C) Notarius tomonidan
D) Sud tartibida
Do'stlaringiz bilan baham: |