Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar.Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo – bo‘linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir bidon paxta yog‘i kabi.
Bo‘linmaydigan ashyolar bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun)ning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi (FK, 88-modda). Bo‘linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar kiradi.
Fuqarolik huquqida ashyolarning asosiy va mansub ashyolarga bo‘linishi ham (FK, 90-modda)
Mansub ashyo deb, asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo‘jalik maqsadi jihatidan u bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga aytiladi. Masalan, asosiy ashyo qulf bo‘lsa, unga mansub ashyo kalitdir.
Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bog‘liq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
Murakkab ashyolar.(FKning 91-moddasi) Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida to‘zilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladi
Hosil va daromad beradigan ashyolar Hosil va daromad beradigan ashyolar tufayli bu hosil va daromadlardan foydalanish, ularni tasarruf etish to‘g‘risidagi ishni hal etish kazussi qo‘yilishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to‘g‘risida Fuqarolik kodeksining ba’zi moddalarida ko‘rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovlarning qonunsiz egallashidan talab qilib olishda daromad va xarajatlarning to‘lanishi aytiladi. Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, ashyo egasiga tegishlidir (FK, 92-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |