Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


-mavzu: Shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish


Download 467 Kb.
bet27/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
7-mavzu: Shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish.
O‘rganiladigan masalalar

  1. Shartnoma tushunchasi va ahamiyati.

2. Shartnomalarning turlari. Ommaviy shartnoma.
3. Shartnoma mazmuni. Shartnomaning asosiy shartlari.(bandlari).Shartnomaning namunaviy shartlari. Shartnomaning boshqa bandlari.
4. Shartnomaning bekor qilinishi hollari.Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar.
5. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari.
Tayanch so‘z va iboralar: Shartnoma, Ommaviy shartnoma, Shartnoma mazmuni, Shartnomaning bekor qilinishi.
1.Shartnoma tushunchasi va ahamiyati.
FKning 8-moddasi talabiga ko‘ra, shartnomalar taraflar o‘rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to‘la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo‘lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini, to‘lov amaldagi qanday shakllarda bo‘lishini mutlaqo o‘zlari, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi2. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o‘zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya’ni, xalq tili bilan aytganda, “shartnomaning puldan qimmatligi”), unda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko‘ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to‘laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to‘lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag‘batlantiradi, o‘z navbatida taraflarning mas’uliyatini oshiradi, xo‘jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo‘l-ko‘lligiga garovdir.
Shu ma’noda sohaning tezkor va ta’sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta’minlash maqsadida mamlakatimizda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” qonun3 qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular, o‘z navbatida, tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda.
Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvidir.Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biror-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy manfaatlar to‘g‘risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to‘g‘risida o‘zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu yerda u o‘zining birinchi ma’nosi–yuridik fakt sifatida ko‘riladi va o‘rganiladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar qonunlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, FKda belgilangan majburiyatlar haqidagi umumiy qoidalar (FKning 234-352-moddalari) qo‘llaniladi.Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o‘rtasida huquq va majburiyatlarning o‘zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama,ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarga bo‘linadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo‘lib, hech qanday majburiyat bo‘lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo‘ladi. Kazusn, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o‘z vaqtida qarz beruvchiga to‘lash majburiyatiga va kreditor esa uni talab qilish huquqiga ega.
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega bo‘ladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo‘yicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo‘lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to‘lashi zarur bo‘lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo‘linadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Kazusn, bir taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani uchun ijara haqi to‘lashga majbur bo‘ladi. Bunday haq baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa ko‘plab shartnomalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning mazmuni-mohiyatidan o‘zgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga to‘zilgan shartnoma deb hisoblanadi.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling