Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet28/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay, biror-bir mulkni topshirish, biror ishni bajarishi mumkin. Kazusn, hadya shartnomasi bo‘yicha mulk egasi o‘z mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo‘linadi.
Konsensual shartnomalar huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvlari asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi. “Konsensual” so‘zi lotincha “konsensus”so‘zidan olingan bo‘lib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi. Konsensual shartnomaga misol qilib oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat ko‘pchilik shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga kiradi.
Real shartnomalar bo‘yicha huquq va majburiyatlar taraflar o‘zaro kelishgan va shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi.
“Real” so‘zi lotincha “res” so‘zidan olingan bo‘lib, “ashyo” ma’nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini ko‘rsatish mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga to‘ziladigan shartnomalar umumiy qoida bo‘yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilishi ham mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug‘urta shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Uchinchi shaxs shartnomada alohida taraf hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida ko‘rsatilgani­dek, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari to‘zgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart qilgan bo‘lsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi ko‘rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin. Agar uchinchi shaxs o‘ziga shartnoma bo‘yicha berilgan huquqdan voz kechsa, shartnoma tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga xilof kelmasa, bu huquqdan o‘zi foydalanishi mumkin.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling