Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet30/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Mantiqiy savollar
1.Shartnoma tushunchasi va ahamiyati.
2.Shartnomalarning qanday turlari mavjud?
3. Ommaviy shartnoma nima?.
4. Shartnoma mazmunida nimalarga etibor beriladi?
5. Shartnomaning asosiy shartlari.(bandlari).
6.Oferta nima?
7.Aksept nima?
8. Shartnomaning bekor qilinishi hollari.
9. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari.
MAVZU UCHUN TESTLAR.
1.Fuqarolik kodeksi necha bo‘limdan iborat?
A) 6 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta
2.Shartnoma necha tomonlama bo‘ladi?
A) 2 B) 3 C) 6 D) 8
3Mualliflik huquqi nima?
A) Ijodiy faoliyat natijasida yaralgan fan,adabiyot va san’at asarlari muallifi huquqi
B) Yerga egalik qilish
C) Uy-joyga egalik qilish
D) Mol-mulkka egalik qilish
4. Renta shartnomasi qayerda tasdiqlanadi?
A) Notarial
B) Suda
C) Hokimiyatda
D) Tashkilotda
5.Umrbod renta to‘lash muddatlarini aniqlang?
A) Har bir kalendar oy tugashi bilan to‘landi
B) Oyning o‘rtasida
C) Oyning oxirida
D) Har ikki oyda
6. Nikoh shartnomasining mazmuni nimalar tashkil kiladi ?
A) Er-xotining mol-mulkka bulgan huquqi va majburiyatlari
B) Er-xotining shaxsiy huquqlari
C) Er-xotinning mol-mulkka bólgan huquqi
D) B va C
7.Nikoh shartnomasi qachon tuziladi ?
A) nikoh davrida
B) ariza berilganda
C) A va B
D) nikoh davlat ro‘yxatiga olinganda
8.Nikoh shartnomasi qachon o‘zgartirilishi mumkin?
A) er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda
B) nikoh shartnomasi muddati tugaganda
C) xotin ariza bergan kundan
D) erning xohishi bóyicha doimo
MAVZU UCHUN KAZUSLAR
1-kazus
Husainov Jabborov bilan shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra Husainov Jabborovga uyidan tashqarida joylashgan garajni sotishi, Jabborov esa Husainovga garajning belgilangan bahosini to‘lashi va bitimni rasmiylashtirish harajatlarini o‘z zimmasiga olishi kerak edi. Bir necha kundan so‘ng tomonlar shartnomani rasmiylashtirishdi va hisob-kitoblarni amalga oshirishdi. Bir qancha vaqt Jabborov garajdan foydalandi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, u erga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma olgach, qurilishga ruxsat oldi va o‘z garajini qurdi. Uchrashganida Jabborov Husainovga uning garajidan foydalanmayotganini gapirib berdi. Husainov esa hozir garajga muhtojligi, o‘shanda garajni sotganligidan afsuslandi. Jabborov Husainovga oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni taklif qildi, bunga ko‘ra Husainov Jabborovga olgan pulni qaytarishga va’da berdi. Husainov va Jabborov kelishilgan vaqtda uchrashib, notariusga garajni oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida murojaat qilishdi,biroq notarius ulardan bo‘lib o‘tgan voqeani tinglab, bitimni bekor qilishdan bosh tortdi.
Notarius to‘g‘ri yo‘l tutdimi? Majburiyatning bekor qilinishiga nima asos bo‘ladi? Majburiyatning bekor bo‘lishi uning o‘zgarishidan nima bilan farq qiladi?


2-kazus
“Ardo” savdo firmasi joriy yilning mart oyida imzolangan oldi-sotdi shartnomasini ijro etib, Saidovaga kir yuvish mashinasini topshirdi. Mashinaning yaroqlilik muddati 6 oy edi. Shu yilning dekabr oyida Saidova shartnomani bekor qilish, harajatlarni to‘lash va ma’naviy zararni qoplashni so‘rab, sudga da’vo qo‘zg‘atadi va sotilgan kir yuvish mashinasi sifatsiz ishlashini aytadi. Firma oldi-sotdi shartnomasi ijro etilishi bilan bekor bo‘lganligi, shuning uchun da’vogarning oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi talabi asossizligini aytadi.
Tomonlarning ko‘rsatmalarini baholang?
3-kazus
Bank aksionerlik jamiyatiga qaytarilishi shart bo‘lgan, AJning mulki hisobangan binoni garovga olish ta’minlangan kredit berdi. AJ kreditni va uning foizlarini o‘z vaqtida qaytara olmagach, bankka o‘zi bilan binoning oldi-sotdisi to‘g‘risida shartnoma tuzishni,bunda shartnomaning bahosi kredit summasi bilan teng bo‘lishini va buni kredit qaytarilishi deb hisoblashni taklif qildi.
Bank binoning oldi-sotdi shartnomasini tuzishga rozi bo‘ldi, biroq o‘z yuristidan quyidagi savollarga javob berishni so‘radi:
1. Majburiyatni bunday almashtirish mumkinmi?
2. Oldi-sotdi shartnomasini imzolash kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni oldindan ta’minlash usuli harakatini tugatadimi?
3. Oldi-sotdi shartnomasini imzolash bankning o‘ziga tegishli bo‘lgan garov huquqini sud yo‘lisiz o‘zlashtirilishi deb baholanmaydimi?Yurist qanday javob berishi kerak?



Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling