Mavzu: Inson huquqlari insitutining shakllanishi


Download 0.56 Mb.
Sana06.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1433655
Bog'liq
Sayitnosirova Zilolaxon


Mustaqil ishi
O’zbekiston Respublikasi
Farg’ona viloyati Farg’ona davlat unversiteti
Matematika informatika fakulteti.
Òzbekistonning eng yangi tarixi fanidan
Guruh: 22.04
Yo’nalish: Matematika
I.F.SH: Sayitnosirova Zilolaxon
Mavzu: Inson huquqlari insitutining shakllanishi.
  • Inson huquqlarining uch avlod.
  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
  • Erkinlik.
  • Xulosa

Reja:
1
    • Fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.

2
    • Ikkinchi avlod.

3
    • Hamjihatlik huquqlari.

Inson huquqlarining uch avlod.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar
Shaxsiy huquqlar – bu subyektning ajralmas huquqlari bo'lib, inson tug'ilgandan vujudga keladigan va u tomonidan bevosita amalga oshiriladigan, shuningdek ijtimoiy taraqqiyot jarayonida inson tabiatidan kelib chiqadigan oliy ijtimoiy qadriyat yoki ehtiyojlardan biriga bo'lgan talabni qondiradi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni uning shaxsiy erkinligi sohasiga har qanday aralashuvni, jumladan davlat tomonidan aralashuvni ham himoya qilishga qaratilgan bo'ladi.
Ikkinchi avlod
Bir qator obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.
Hamjihatlik huquqlari
Nihoyat, inson huquqlarining „uchinchi avlodi“ — „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insonniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.
Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Hozirda Markazning Axborot-huquq bo‘limi huzurida Markaziy Osiyoda yagona ixtisoslashtirilgan Inson huquqlari bo‘yicha ommaviy kutubxona faoliyat yuritadi. Mazkur kutubxona o‘zbek va xorijiy tillarda nashr etilgan kitoblar, jurnallar va boshqa adabiyotlardan iborat bo‘lib, 5 mingdan ziyod nomdagi inson huquqlariga doir kitob fondiga ega. Markaz tomonidan inson huquqlari bo‘yicha 150 dan ziyod to‘plamlar, kitoblar va boshqa adabiyotlar davlat tilida ko‘p ming adadda chop etildi.
Erkinlik haqida gaplashib olsak.
Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi.
Inson erkinligi obʼyektiv shart-sharoit va vaziyatga bogʻliqdir. U mavhum emas, u doimo aniqdir. Shaxs muayyan sharoit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib aniq maqsadiga erishadi. Ammo, sharoit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xilda ega boʻlmasligi mumkin. Maqsadga erishishda kimgadir shart-sharoit, kimgadir maqsadga erishish vositasi, kimgadir imkoniyat yetishmay qoladi. Muayyan vaziyatda va shart-sharoitda kimdir maqsadga erishish uchun erkinlikka ega boʻlishi yoki kimdir undan mahrum boʻlishi mumkin. 
Shaxsning erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Islom taʼlimotida insonga erkin boʻlishi uchun aqlidrok berilgan deb aytiladi. Abu Mansur Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga oʻz xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, toʻgʻri yoki egri yoʻlni tanlash erkinligini berdi, bizning kelajagimiz shu yoʻllardan qay birini tanlay olishimizga bogʻliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar shart-sharoit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravishda maqsadga erishish yoʻlini izlaydi.
Foydalanilgan saytlar silkasi
https://uz.wikipedia.org
http://www.insonhuquqlari.uz/
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling