Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


Download 467 Kb.
bet21/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar Fuqarolik kodeksining 96-moddasida ko‘rsatilganidek, mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlardir.
Aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
AKSIYALARNING TURLARI
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.Depozit sertifikati – bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.Obligatsiya – obligatsiya saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozdir. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari – o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir f’yucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlardir. Omonat daftarchasi fuqaro bilan bank omonati shartnomasini tuzish rasmiylashtirilgan hamda uning hisob varag‘ida omonat bo‘yicha pul mablag‘lari harakatini tasdiqlaydigan hujjatdir. Omonat daftarchasi omonatchining nomi yozilgan omonat daftarchasi yoki taqdim etuvchiga pul to‘lanadigan omonat daftarchasi shaklida bo‘lishi mumkin.
Intellektual faoliyat, ijodiy faoliyat ko’rinishlari ham fuqaolik huquqida mulk o`bektlari hisoblanadi.Bunday faoliyat mahsullari fuqarolik qonunlari bilan qo‘riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
–haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;
–betakror bo‘lishi;
–biror-bir obyekt shaklda ifoda etilishi.
Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida ko‘rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar ham fuqarolik huquqining obyektlari bo‘lishi mumkin. Ayrim adabiyotlarda ishlar va xizmatlar moddiy ne’matlar tarkibiga kiritiladi.Bu ikki fuqarolik-huquqiy munosabat obyektining bir-biridan asosiy farqi, mazkur obyekt bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarni amalga oshirish natijasida ashyoviy-moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan natijaning yaratilishidir.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling