Mantiqiy savollar
1. Fuqarolik huquqlari obyektlariga nimalar kiradi?
2. Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida tushuntirib bering.
3. Mol-mulklar nima va qanday turlari bor?
4.Pullar va qimmatli qog‘ozlar – fuqarolik huquqining
obyekti sifatida
5. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik huquqining obyekti sifatida qanday ahamiyatga ega?
6. Ishlar va xizmatlarga nimalar kiradi?
MAVZU UCHUN TESTLAR
1.Muayyan muomala ishtirokchilariga tegishli bola oladigan va muomalada bolishiga ruxsatnoma talab qilinadigan obyektlar qanday ataladi?
A) Muomaladan chiqarilgan ashyolar
B) Muomalada bo‘lishi cheklangan ashyolar
C) Nomoddiy ashyolar
D) Murakkab ashyolar
2.Qanday turdagi ashyolar muhr bosish yoki raqam berish yoli bilan ajratiladi?
A) Ommaviy mulk
B) Ko‘chmas ashyolar
C) Xususiy alomati bilan belgilanadigan ashyolar
D) Bo‘linmas ashyolar
3. Benzin qanday ashyo?
A) Bo‘linmas ashyo
B) Mansub ashyo
C) Iste'mol qilinadigan
D) Iste’mol qilinmaydigan
4.Quyidagilrdan qaysi biri asosiy va mansub ashyoga tegishli?
1) Qulf 2) zinapoya 3) mashina oynasi 4) tish pastasi 5) kalit 6) tish shyotkasi
A) 2,6,4,3
B) 1,2,5,3
C) 6,4,3,2
D) 1,5,4,6
5.Quyidagilardan qaysi biri qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kirmaydi?
A) Zaklat
B) Chek
C) Jamgarma sertifikati
D) Konosoment
6.Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq kimga tegishli bo‘ladi?
A) Qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa ashyo egasiga
B) Davlat unitar korxonalariga
C) Sotuvchiga
D) Vasiylik organiga
7.Qonuniy to‘lov vositasi qaysi qiymat bo‘yicha realizatsiya qilinadi?
A) Qonunda belgilangan qiymatda
B) Taraflarning kelishuviga binoan belgilangan qiymatda
C) Yozib qoyilgan qiymati boyicha
D) Foizda belgilangan qiymatda
Do'stlaringiz bilan baham: |