Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
I BOB. AMIR TEMUR MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI
Download 56.61 Kb.
|
azamat kurs ishi (10)
I BOB. AMIR TEMUR MARKAZLASHGAN DAVLAT ASOSCHISI
1.1.O`zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi va uning jahon tarixida tutgan o`rni. Amir Temur davrida O’rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo’lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko’plab fan va san’at ahllarini, hunarmand me’morlarni va musavvirlarni to’pladi.Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo’jaligiga alohida e’tibor berdi. O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi sun’iy sug’orishga bog’liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg’ob vodiysida sug’orish ishlarini yo’lga qo’ydi. Amir Temurning hayoti, faoliyati u barpo qilgan saltanat haqida ko`plab asarlar yaratilgan. Ulug` ajdodimiz shaxsiga, faoliyatiga qiziqish kuchli bo`lib turli soha hodisalari, tarixchi, siyosatshunos, memor, habr ilmining mutaxassislari va boshqalar jild-jild kitoblar yozganlar. Amir Temur haqida yartilgan asarlar orasida arb olimlarining risolalari ko`pchilikni tashkil qiladi. Badriddin al-Ayniy (1405 yil) o`zining “IQD al-Jumon” Al-Qaldashonoliy (1418 yil) “Subh al-Ashab” al-Maqriziyning (1442 yil) “Xitob-al Sulak” Ibn Xozi shubha (1448 yil) “Adx Dxail ala tarix al-slom”, Ibn Hojar al-Asqaloniy (1372-1449) “Inbaa al-Gumr”, “shu zamon (mashur) o`glonlari haqida G`ur (kishi)larga xabar” Ibn Arabshohning “Ajoib ul-neaqdur fi Tarixi Taymur” (1450) Abul Maosoniy Tagri berdi (1411-1469)ning “Ajoyib al-Manxal as-Sofiy, An-Nujum az Zahira” (“Misr va Qohira hakimlari (tarixi)dan porloq yulduzlar”) (1465-66), Ibn Do`qmoq va boshqa muarrixlar sohibquronning serqirra faoliyatining bazi qirralarini o`z ichiga olgan ko`plab asarlar yaratgan. Afsuski, ularning ko`pchiligi arab tilida va bazilari qo`lyozma holida bo`lganligi uchun bizning kitobxonlarimizgacha yetib kelmagan. Islom Karimov Amir Temur shaxsiga baho berib, ”Shaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko’p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayt kishidan yaxshiroqdir», degan so’zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon”. Shunday ekan, miliy qadriyatlarimiz tarixini puxta bilish ajdodlarimiz ruhipoklarini xotirlash ularning qoldirgan madaniy, manaviy meroslari to`g`risida haqiqatni aytish biz avlodlar, millat farzandlari uchun farzdir. Tarixiy xotiraga ega inson – irodali insondir. Chunki, tarix xalq ma’naviyatining asosidir. Ulug` ma’naiyatli insondir har doim shaxsiy ehtiyojlarini cheklab o`tib, umumxaql manfaatlarini ko`zlab yirik davlat jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlarni amalgam oshirishga qodir bo`ladilar. Sohibqiron Amir Temur ana shunday sharqona, islomiy aql-zakovatli, ulug` manaviyatli inson bo`lgan. “Arab muarrixlari orasida Ibn Arabshohning “Ajoyib al-Maqdur fi tarixi Taymur”, “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” yoki “Amir Temur tarixi” nomli asari alohida o`rin tutadi”. Bu asar 1436-1437 yillrda yozilgan bo`lib, fransuz, lotin, ingliz, turk, o`zbek va boshqa tillarga tarjima qilingan. O`zbek tiliga uni arabshunos filolog olim U. Uvatov tarjima qilgan. Asarning g`oyat murakkab til va nafis uslubda yozilganligi uni turli tillarga tarjima qilishni qiyinlashtirgan. Tarjimon Ibn Arabshoh asarini mahalliy mualliflar yozgan asarlar bilan taqqoslab, farqli tomonlarini izohlab bergan. Asrning ko`pgina qo`lyozmalari bo`lib muallif hayotligida ko`chirilgan ikki nusxasi, yana boshqa nusxalari bor. Asar nasriy saj usulida g`oyat nafis va murakkab tilda yozilgan. Tarjimon Uvatov asarni tarixiy manba sifatida 4 bo`limga ajratadi. Temur haqidagi muhim manbalardan biri Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. U talandli kishi bo`lganligi uchun Shohruh Mirzoning kichik o`g`li Mirzo Ibrohis Sulton bobosi Amir Temur haqida asar yozishni unga topshirgan, o`zi unga juda ko`p malumotlar to`plab bergan. Shu tarzda 1425 yilda forsiy tilda ibratli asar “Zafarnoma” vujudga kelgan. Asar fransuz (1713), ingliz (1723), italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan. Amir Temur haqidagi yana muhum manbalardan biri Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asaridir. 1402 yilda sohibqiron o`zining tarixini yozishni Nizomiddin Shomiyga buyurgan, u o`z asarini 1402-1404 yillarda yozib tugallangan. Asar Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan (1370), to 1404 yilgacha bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi. Sohibqiron haqida G`arbiy Yevropada ham ko`plab asarlar yaratilgan. Jumladan Italiyalik savdogar Emmanuel Piloti arab tilini mukammal bilgan va Amir Temur haqida uning to`plagan malumotlari Venetsiya arxivida hozir ham saqlanmoqda.Venetsiyaning Damashqdagi konsuli Paola Zane ham Temur haqida ko`p ma’lumotlar to`plagan va sohibquron damashqni olmasdan biro y oldin u Venetsiyaga chaqirib olingan. Uning malumotlari ham elon qilimagan. Italiyalik savdogar Beltramus de Mugna Nellining “Temurlan hayoti” asari esa elon qilingan. U arab tilini yaxshi bilgan. Amir Temur Damashqni egallaganda u shu yerda bo`lgan, so`ngra sohibquronning Boyazidga qarshi Anqara jangini kuzatgan va “Temurlan hayoti yoki Damashq xarobasi” degan asar yozgan, g`arbda u “Temurlan hayoti” deb yuritiladi, asar lotin tilida 1416 yilda yozilgan. Asarni ingliz tiliga amerikalik olim Valter J.Fishel tarjima qilgan. Asarda Amir Temurning shaxsiy fazilatlariga to`xtalib: “Temur juda kelishgan va xushsurat kishi ko`rinardi. U haqiqatgo`y, muloyim, rahimdil va haddan tashqari sahiy bo`lgan. Yoshi ulg`aygani sari uni feli ayniy boshlagan va jaxldorligi yildan-yilga orta borgan” deb yozadi. Amir Temurni ko`rgan va bilan bevosita muloqotda bo`lgan, hatto sohibqiron o`z davlati nomidan Fransiya qiroli bilan aloqa qilishni ishonib topshirgan monax Ioann Grinlo Sultoniyadir. U parijda turib “Temur va uning saroyiga oid xotiralar” degan asar yozadi. Uni Monravill degan olim kirish so`zi yozib nashr ettiradi. Asarning nomini nashr qo`ygan deb qayd qiladi X. Ismatullayev. Sohibqiron haqidagi muhim manbalardan biri sayyoh va elchi kui Gonsales de Klovexoning “Samarqand Temur saroyiga 1403-1406 yillardagi sayohat kundaliklari” asaridir. Amir Temur haqidagi haqiqatni tiklashda D. Lagofetning “Buxoro tog`lari va tekisliklarida” asarining ahamiyati kattadir. U Amir Temur haqidagi fikr yuritar ekan “U yarim dunyoni zab etdi. Ovropalik tarixchilar vaxshiy, johil deb tasvirlagan bu odam aslida also unday emas edi. “Biz esa Osiyo tarixiga taluqli ko`p narsalarni bilmay, bilishga ham qiziqmay uni yovvoyi deymiz. Ex qanchalar noolinmiza! Achinib ketasan odam!” deb yozadi”. Xoji Abdurashid taxalllusi bilan darvish sifatida Buxoroga kelib masjidlardan birida imomlik qilgan, yurtiga qaytgach, Pesht universiteti Shrq tillari va adabiyoti professori bo`lgan venger dini N. Vemberi “Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi” asarida chirotli bir haqiqatni qayd qiladi. U sohibqiron haqidagi turli yolg`onlarni fosh etib yozadi. “Birobarin Temurni Chingiz ila bir safga qo`yib, uni vaxshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari 2 marta xatodir”. Amerikalik tarixchi J.Vudsning “Temuriylar tarixshunosligining yuksalishi” asarida Amir Temur va temuriylar haqida yozilgan ko`pgina asarlar jumladan, Nizomiddin Shomiy, Hofiz Abro` Sharofiddin Ali Yozdiy, M. Natanziy va boshqalarning asarlari tahlil qilingan. Amir Temur va temuriylar davri haqida sermahsul ilmiy tadqiqotlar va targ`ibotlar ishi ayniqsa Fransiyada amalga oshirilmoqda. Bu yerda “Temuriylar tarixi va madaniyatini o`rganish hamda fransuz-o`zbek madaniy aloqalari asasatsiyasi” tuzilgan bo`lib uni Fredrik Bopertui Bressan xonim tashkil etgan. Asosatsiyaning prezidenti Lyusen Kerendir. L. Keren 1961 yilda Samarqandga keladi va shu voqea uni bu yurtni sevib qolishiga sabab bo`ladi. Uning asasatsiyasi 1989 yildan beri “Temuriy” degan jurnal chiqaradi. Bu jurnalda Amir Temurning hayoti, faoliyati va temuriylar haqida juda ko`p ma’lumotlar chop qilinmoqda. Lyusen Kerenning o`zi “Amir Temur va Temur Xoqon saltanati” nomli tarixiy roman va 11 qism 6 pardadan iborat “Amir Temur”1 degan pyesa yozgan. Sohibqiron tavalludining 660 yillik tantanalari butun dunyoda, jumladan AQShda ham katta bayram qilindi. 1996 yil aprel, may oylarida o`ziga xos Amir Temur oyligi o`tkazildi. Har hafta 1 marta Markaziy Osiyo xalqalri tillarini o`rganuvchi qiziquvchilari uchun Amir Temur hayoti va faoliyati haqida, uning davri to`g`risida maruzlar o`qidi. Jumladan Germaniyadan kelgan professor Qovomiddin Barlos “Amir Temur qabilasi — Barloslar” mavzuiga Vashington universiteti aspiranti Kenli Botlerning maruzasi Klavexoning “Kundaliklari” tahririga bag`ishlangan. Sobiq podsho Rossiyaning generali Ivanini ham “Mug`ul-totar va O`rta Osiyo xalqlarining Chingizxon va Amir Temur davrlaridagi harbiy sanatlari va istilolari haqida” nomli kitobini 1836-1845 yillarda yozadi. 1870 yillarga kelib u kitobni qayta ishlab nashrga tayyorlaydi. Ammo sog`ligi yomonlashib 1874 yil 27 sentyabrda vafot etadi, kitob esa 1875 yilda Sank-Peterburgda nashr qilinadi va asarning uzun nomi qisqartirilib “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur” nomi bilan chiqariladi2. Ulug` bobomiz Amir Temur haqida sho`ro zulmi natijasida hajga ketib qolgan, ammo vatani uni tarixi, taqdiri bilan hamisha qiziqqan yurtdoshlarimiz tomonidan ham ko`plab kitob, maqolalar yozilgan. Afsuski, ularning hammasini taklif qilishning iloji yo`q. Birgina yurtdishimiz Ahmad Zokiy Validiy faoliyati misolida bu masala qay darajada ekanligini ko`rish mumkin. Amir Temurning hayoti, u tuzgan saltanat faoliyati haqida dunyo tan olgan sharqshunos, turkshunos Ahmad Zakiy Validiy Tug`on ham barakali ish qilgan. Uning bevosita Amir Temur hayoti, faoliyati, jahon tarixida tutgan o`rni masalalariga bog`langan. Muallifning “Tarixi usul” nomli asarida temuriylar davriga oid 18 manbaga tarixshunoslik nuqtai nazari bilan tafsif berilgan. Sho`ro hokimiyati davrida Amir Temur shaxsiga tana toshlari otildi. Ming shukurki mustaqillik davri Amir Temur nomini poklash va boshqargan saltanat tarixini o`rganish va xolisona ilmiy xulosalar chiqarishda muhim bosqich bo`ldi. Aynan mustaqillik sharofati bilan biz ulug` ajdodimiz hayotining ko`pgina qirralari o`rganish baxtiga erishdik. Ushbu jarayonning boshida I. Karimov turganligi tahsinga loyiqdir. Xo`sh, mamlakatimizda Amir Temur omiliga katta etibor qilinishining sababi nimada? Parokanda mamlakatni birlashtirgan sohibqironning: “Biz – kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Bizkim millatning eng qadimi va ulug`i – Turkning bosh bug`inimiz” degan so`zlari o`zligimizni anglashda yordam beradi. Ikkinchidan milliy g`uru va milliy ongni yuksaltirish uchun intilgan tarixni qayta tiklash lozim. “Amir Temur esa ana shu ko`hna tarixning buyuk cho`qqisidir”. Aynan mustaqillik davriga kelib, o`zbek davlatchiligi uning muhim bosqichi bo`lgan Amir Temur boshqargan davlat tarixiga bag`ishlangan asarlar noshr etildi1. Muarrix Azamat Ziyoning “O`zbek davlatchiligi tarixi” asari ana shu ezgu yo`ldagi muhim qadamdir. Kitobning 5-bobi “O`zbek davlatchiligi Amir Temur va temuriylar davrida” deb nomlangan bo`lib unda sohibqironning hokimiyatga kelganga qadar davrida Movaraunnahrda ahvol, Amir Temurning hokimiyatga kelishi va va o`z davlati chegaralari havfsizligini mustahkamlash uchun kurashi tahlid etilgan. Amir Temur boshqargan davlat haqida ancha batafsil ma’lumotlar O`zbekiston F.A. tarix institute tayyorlagan “Temur va ulug`bek davri tarixi” nomli fundamental asarda berilgan. Uch qismdan iborat bu tadqiqotning I qismida Amir Temur va uning davri tarixini o`rganishga oid asosiy manbalar tahlil etilgan. Amir Temur shaxsi va u boshqargan davlat haqida sohibqiron tavalludining 660 yillik tantanalari haqidagi materiallar ruhini o`zida aks ettirgan “Amir Temur Jahon tarixi” asari alohida ajralib turadi. Kitobga o`sha davrda YUNESKO bosh derektori bo`lgan Federiko Mayor muqaddima, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov so`zboshi yozishgan. “Insoniyat – deb yozadi I. Karimov – jahon taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga molik shaxslarni munosib baholaydi”. Asarni yozishda o`zbek tarixchi olimlari bilan birga xorijlik mualliflar: Liu Bazin, F. Bressan, Lyusen Keren va boshqalar ishtirok etgan. Sohibqiron va u barpo qilgan davlat haqidagi masala hozirgi kunda ham ilmiy jamoatchilikning diqqat etiborida chunki I. Karimov takidlaganidek: “Bizning tariximizda Amir Temurdek ulug` siymo bor ekan uning qildirgan merosi, pandu o`gitlari bugungi kunimizga hamohang ekan, bizning bu merosni o`rganmasdan, tariflamasdan, targ`ibot qilmasdan haqqimiz yo`q”. Download 56.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling