Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
“Temur Tuzuklari” bo‘yicha mamlakatni boshqarish tartibi
Download 56.61 Kb.
|
azamat kurs ishi (10)
2.2.“Temur Tuzuklari” bo‘yicha mamlakatni boshqarish tartibi
Temur toju-taxt egalarining tutumi va vazifalari haqida ham bir qator zarur qonun-qoidalarni belgilaydi. “Yana tajribada ko‘rib bildimki, - deydi Amir Temur, davlat agar dini oyin (tartib) asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xshar ekan, uni ko‘rgan har kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib-chiqadigan, tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi”. Shuning uchun ham men, o‘z saltanatim binosini dini islom to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Salatanatimni boshqarishda uchra-gan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim. Dilimning mashriqidan ko‘tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat bo‘ldiki, islom dinini yoyib, Muhammad unga tagrinining marhamat-lari va salomlari bo‘lsin, shariatni quvvatladim. har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar (g‘aribxonalar) qurishni musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar (karvonsaroylar) bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim. Sohibqiron xuddi ana shu qoidaning muhimligiga bir necha bor e’tiborni qaratgan edi. Bu haqida “Shuning uchun ham men o‘z salta-natim binosini dinu-islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida bajardim”.Dinu shariat tuzukini tartibga keltirganimdan so‘ng, saltanatim korxonasining tuzugini tuzishga kirishdim. Saltanat ishlarini qonun va qoidalari (to‘ra va tuzuk)ka solib, uning martabalari tuzu-kini quyidagilarga tayanib tuzdim: birinchilar, saltanatim qonun qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (Xazrati Muhammadning)ning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim,saltanatim martabasini qonun-qoida asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlarini aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.Ikkinchidan, sipohi raiyatni umid va ko‘rquv orasida saqladim. Do‘st-dushmanni murosayu-madora martabasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini gohida sabr-toqat, gohida bilib bilmaslikka olish bilan o‘tkazdim. Do‘st-dushamanlardan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomila qildimki, do‘st-ligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi. Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsam uni hech vaqt nazarimdan chetga qoldirmadim. Uchinchidan, hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni tatib menga yomonlik qilganlardan hech narsa talab qilmay, ularni parvardigoru olamga topshirdim. Ish ko‘rgan, sinalgan shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim, sofdil kishilar sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq bo‘ldi. Nafsi yomon himmatsiz kimsalarimni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim. To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm shavkat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr zulumdan uzoqroq bo‘lishga intildim. Amir Temurning takidlashicha, agar hukmdor davlatda kuchli hokimiyat bo‘lishini istasa quydagilarga amal qilishi kerak: “Saltanat korxonasi Tagri Taolo korxonasining bir kichik nusxasidirki, unda turli mansabdagi xodim va xizmatchilar (amal va fe’li) noiblar, eshik og‘alari (hujjat) bordir, ularning har biri martabasiga yara-sha o‘z yurishlari bilan mashhurdir. hech biri o‘z martabasidan chetga chiqmaydi va doimo olohning amriga muntazir bo‘lib turadilar. Download 56.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling