Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti
Download 134.51 Kb.
|
Ayyubxon Metodika (0)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqdiqotning vazifasi.
- Tadqiqotning nazariy asoslari.
- Kurs ishining tuzilishi.
Tadqiqotning maqsadi: Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatish uslublaridan foydalanishni takomillashtirish masalasi mavzusini tadqiq etishdan ko`zlangan maqsad samarali g`oyaviy tarbiya va ta`sirning birinchi navbatda jamiyatda, ayniqsa yosh oilalarda farzand tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi, axloqiy va shaxsiy rivojlanishdagi muammolarga yechim topishdagi ahamiyatini ko`rsatib berish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi
Taqdiqotning vazifasi. Mazkur ishning obyektini inson kamolotida va g`oyaviy tarbiyada oila va mahallaning o`rni, hayotning turli jabhalarini tartibga solishda g`oyaviy tarbiya shakllarining roli va komil inson tarbiyasida ularning ahamiyati kabi masalalarni o`rganish tashkil etadi. Tadqiqotning nazariy asoslari. Mazkur kurs ishining nazariy va metodologik asoslarinini komil insonni tarbiyalashda hamda oila va mahalla tarbiyasida go`yaviy ta`sirning o`rni qanchalar muhim ekanligini o`rganishda qonunchilik manbalari, Prezident asarlari, Erkaev A , Saydalimeva N, Norqulov H, Tuychiyeva G, Namozov B, Dilova N. kabi o`zbek mutaxassislarning kitoblari, qo`llanmalari va boshqa xorijiy adabiyotlarni o`rganish tashkil etadi. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, har biri ikki paragrafdan iborat ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. I BOB: OILA VA MAHALLADA G`OYAVIY TA`SIR KO`RSATISHNING DOLZARBLIGI Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatishning ustuvor yo`nalishlari XX asrning 50-yillaridan boshlab jamiyatda yuzaga kelgan global ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy o`zgarishlar natijasida odamlar ma`lumotlilik darajasining o`sishi, ayollarning xalq xo`jaligining turli sohalarida faol ishtirok etishi, mehnat faoliyati ta`sirida oila sharoitida er-xotin munosabatlarining o`zgarishi, o`z navbatida, oila-nikoh munosabatlariga ta`sir ko`rsatdi. Ya`ni, bu davrga kelib nikoh odamlarning o`z mulki va mavqeini keyingi avlodga o`tkazish maqsadidagi sa`y-harakatlari majmui bo`lmay qoldi. Shuningdek, ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta`minlanishi bilan nikoh qachonlardir bo`lganidek iqtisodiy sheriklik zaruriyatining natijasi hisoblanmay qoldi. M.N. Shmelevaning fikricha, “Hayotiy yo`l nazariyasi, jamiyatning bir bo`lagi bo`lmish oila o`z rivojlanishining turli bosqichlarini o`tishida harakat strategiyalarining o`zgarishi, tashqi tarixiy sharoitlarga bevosita bog`liq bo`lgan holda ikki xil o`ringa ega bo`lgan: bir tomondan, u “individlarning ijtimoiy o`zgarishlarga adaptatsiyasini osonlashtiruvchi vositachi, boshqa tomondan esa, uning o`zi o`sha o`zgarishlarni keltirib chiqaruvchi omil bo`lgan”.3 Bugungi kunda esa, oilada jismonan sog`lom, ma`nan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli insonni voyaga yetkazish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa, avvalo oila tarbiyasiga va farzandlarga go`yaviy ta`sir ko`rsatishga alohida e`tibor berish zarur. Oila tarbiyasi va g`oyaviy ta`sir ko`rsatish deganda, bola rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga yo`naltirilgan, uni ijtimoiy hayotga tayyorlashga, har tamonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.4 Sharq axloqshunosligidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oila tarbiyasi ya`na go`yaviy-axloqiy ta`sir bolaning tug`ilgan kunidanoq boshlanadi, uning to`la mustaqil, individual va o`ziga xos bo`lgunicha uzluksiz davom etadi. Oilaviy tarbiyaning asosiy namunaviy shakli bu er-xotinning o`zaro izzat-hurmati, xushmuomala va shirinso`zligi, bir-biriga yordam berishi va hamjihatligidir. Bu bolalar tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, farzand aytilgan nasihatni esidan chiqarishi mumkin, lekin ko`rganini hech qachon esdan chiqarmaydi. Tarbiyaning bu jihatiga e`tibor berish lozim. Ko`pchilik olimlarning ta`kidlashicha, oila tarbiyasi mazkur oilaning mustahkamligini saqlashda, undagi munosabatlarni aniq maqsadlarga qaratish va yo`naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur olimlarning fikricha, oila qurishdan maqsad bolalar tarbiyasi bilan bog`langan bo`lsa, er-xotinning shaxs sifatida yanada rivojlanib borishini asoslasa hamda oila uchun zaruriy narsalarni, uyning shinam va orastaligini ta`minlashga qaratilgan bo`lsagina, oilaviy munosabatlar yanada mustahkamlanadi.5 Oila tarbiyasi asosan ota-onalar va oilaning yoshi katta a`zolari tomonidan amalga oshiriladi. Oila tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish ko`p jihatdan oilada ham ota, ham onaning bo`lishi, ularning birdamlik va tenglikka erishishi, kuch-g`ayratlarini birlashtirishiga bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan, I.A. Karimov “Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma`naviy iqlimni o`zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo`lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” asaridagi qahramonlarning o`zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik farzandlarini ham “siz”lab gaplashishi misolida ota-bobolarimizning oila ma`naviyatiga qanchalik katta e`tibor berganiga ishonch hosil qilaman” deb yozgan edi.6 Ma`naviyat, axloq-odob va ma`rifat-madaniy merosning tarkibiy qismlari bo`lib, ularda xalqimizning daholik qudrati, dunyoqarashi, ma`naviy-ruhiy qiyofasi, ezgulik, yaxshilik haqidagi qarashlari o`z ifodasini topgan bo`ladi. Shuningdek, madaniyat, ma`naviyat, axloq, ma`rifat, meros g`oyat keng qamrovli tushunchalar bo`lib, unda tarixan tarkib topgan muayyan xalqning ko`p asrlar davomida to`plagan moddiy va ma`naviy boyliklari, tili, so`z san`ati, qadriyatlari, boy tarixi, tarixiy yodgorliklari, an`ana va rasm-rusumlari umumlashgan, mujassamlashgan bo`ladi. Madaniyat, ma`naviyat, axloq, ma`rifat oila tarbiyasining asosi, negiz toshidir. Madaniyat tushunchasi keng ma`noni anglatadi. Oila tarbiyasi ma`naviy-madaniy faoliyat tizimida mavjuddir. “Agar madaniyat inson zotining sifatiy ta`riflanishi bo`lsa, ma`naviyat uning o`z-o`zini yaratish va o`zgartirish faoliyatining mazmunidir. Bas, shunday ekan, insonning faoliyati va ongi orqali madaniyat bir butunlikni tashkil etadi va madaniyat – voqelik, ma`naviyat esa, mohiyat ko`rinishini oladi. Ma`naviyat madaniyatda “moddiylashadi”, mujassamlashadi, to`planadi va avloddan-avlodga uzatiladi”.7 A. Erkaevning fikriga qo`shilgan holda shuni ta`kidlash lozimki, agar ma`naviyat madaniyatda moddiylashsa, oila tarbiyasi esa, ma`naviy faoliyatda moddiylashadi.8 Oila tarbiyasida ruhiy-ma`naviy kechinmalar hissiyotlar, orzu-umidga to`lgan bo`ladi. Shu jihatdan olganda, oila tarbiyasi ham milliy-ma`naviy merosning uzviy bir qismi bo`lib, mohiyatan jamiyatning eng mukammal, ayni paytda boy ijtimoiy mazmunga ega bo`lgan o`ziga xos bo`g`ini yoki tarixiy birligini ifodalaydi. “Oila haqida gap ketadigan bo`lsa, u hayot tarzimizning davom etishini ta`minlaydigan, muqaddas an`analarimizni kelgusi avlodga yetkazadigan ma`naviy-ma`rifiy tarbiya maskani ekanini ta`kidlash joizdir. Haqiqatan ham, oila har qanday davlat ichidagi o`ziga xos “davlat”, birinchi betakror, muayyan qonun-qoida va shart-sharoitlar oqibati natijasida vujudga keluvchi shunday ijtimoiy “tashkilot”ki, unda ijtimoiy hayot, avlodlar davomiyligi ta`minlanadi, urf-odatlarimiz, xotira muqaddasligi va nihoyat, etnik madaniyat saqlab kelinadi, ayni chog`da rivojlantiriladi, avloddan-avlodga o`tib boyitilgan tajriba yangi an`analar bilan boyib, kelgusi avlodlarga uzatiladi. Shuning uchun ham, ilmiy adabiyotda keng iste`molda bo`lgan “oila tarbiyasi”, “oila dunyosi”, “oila madaniyati”, “oila ma`naviyati”, “oilaviy muhit”, “oila axloqi” (etikasi), “oila butunligi” kabi tushunchalarning har biri o`ziga xos ma`no mazmunga ega bo`lib, milliy-madaniy qadriyatlar ichida alohida o`rin egallovchi oila ya`ni, oilaviy hayot fenomenini ta`riflashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila tarbiyasi – bu umumiy ijtimoiy tarbiya jarayonining shunday bosqichiki, u insonning keyinchalik butun umri davomida oladigan ma`rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin, poydevor vazifasini o`taydi. Oila tarbiyasi ota-ona va farzandlar, shuningdek, bir necha avlodga mansub shaxslarning o`zaro qon-qarindoshchilik munosabatlari asosiga quriluvchi o`ziga xos betakror ma`naviy-ruhiy jarayondir. Oila tarbiyasi – ijtimoiy tarbiyaning bir turi bo`lib, oilaning barcha a`zolari unda faol ishtirok etadilar, bir-birlariga o`z bilim, tajribalarini o`rgatadilar. Oila tarbiyasi bir umr davom etadigan jarayondir. Oilada shakllanadigan farzandlik, aka-uka, opa-singillik mehrini boshqa biror ijtimoiy muassasa bajara olmaydi. Bu hissiyotlar o`z-o`zicha yuksak axloqiy boylik bo`lgani holda shaxsning ijtimoiy aloqalarida, jamiyat axloqini o`zlashtirishda mustahkam zamin bo`lib xizmat qiladi. Er-xotinning mehr-muhabbati, oila a`zolarining tengligi, do`stligi, o`zaro hurmatiga asoslangan milliy oilaviy munosabatlar yoshlarda erkak va ayol munosabatining axloqiy me`yorlarini shakllantirishda, ularda bo`lajak oilaviy turmushga zarur amaliy malaka va xislatlarni tarbiyalashda muhim maktab bo`lib xizmat qiladi.9 Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, oila tarbiyasining quyidagi yo`nalishlari: iqtisodiy bilimlar berish; xo`jalik yuritishni tashkil etish; axloqiy talablar, normalar, qoidalarni o`rganish va o`rgatish, eng yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish; kasb-hunar o`rgatish; mehnatni to`g`ri, qiziqarli, moddiy va ma`naviy foydali etib tashkil etish; nozik estetik didni san`atning barcha turlari orqali shakllantirish, uyni, uy jihozlarini zamonaviy dizayn qonunlariga asoslanib qurish va bezash; huquqiy bilimlarga ega bo`lish, oilada adolatga, teng huquqlilikka, mustaqillikka erishish; diniy ta`lim berish, Qur`onni, islomning axloqiy asosi bo`lgan hadislarni o`rganish; jismoniy tarbiya, sog`lom turmush tarzini barpo etish; farzandlarni oila qurishga tayyorlash, jinsiy tarbiya, er va xotin burch-vazifalarini o`rgatish; tibbiy bilimlar olish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish, uyning, uy jihozlarining sanitariya holatiga ahamiyat berish, birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni bilish, xalq tabobatini o`rganish; nafs tarbiyasi, barcha narsalarda: ovqatlanish, kiyinish, axloq-odobda me`yor bo`lishi zarurligiga erishish; ruhiy emotsional tarbiya, doimo ruhiy tetiklikka, faollikka, teranlikka, o`zini idora etishga, jahlni jilovlay bilish, o`zini ortiqcha urintirmay sokinlik va muloyimlikka, boshqalarga yomon ta`sir o`tkazmaslikka o`rgatish kabilarni ko`rsatish mumkin. Bu yo`nalishlardan kelib chiqqan holda oila va mahalla tarbiyasining quyidagi usullarini ko`rsatish mumkin: muloqot; o`rnak bo`lish; kuzatish va nazorat; to`g`ri, adolatli baholash; tanbeh berish; oila kutubxonasi tashkil etish, unda axloq-odobga bag`ishlangan boy ajdodlarimiz yozib qoldirgan merosni, nodir kitoblarni yig`ish; oilaviy kitob, jurnallar o`qish, tahlil etish; dunyoqarashni shakllantiradigan va rivojlantiradigan dolzarb voqealarga, oila, oilaviy munosabatlarga axloq-odobga bag`ishlangan ko`rsatuvlarni televizor orqali ko`rish, ularni barcha oila a`zolari bilan birgalikda tahlil qilish; oilaviy teatrlarga borib spektakllar tomosha qilish; muzeylarga borish; muqaddas qadamjolarni, o`tgan yaqin qarindosh-urug`larning qabrlarini ziyorat qilish; oilaning yaqin qarindosh-urug`lari holidan xabar olish; uyda farzandlarga o`zlarini qayerda qanday tutish kerakligini mashqlar orqali o`rgatish, chiroyli qarash, ya`ni nigohni o`rgatish; mahallada o`tkaziladigan to`y-marosimlarda faol ishtirok etish; kam ta`minlangan, ko`p farzandli, boquvchisini yo`qotgan, muhtoj insonlarga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish, bu jarayonda bolalarning faol ishtirok etishiga katta ahamiyat berish; dam olishni qiziqarli, foydali tashkil etish, tabiat qo`ynida, dala hovlida, sihatgohlarda oila a`zolarining birga dam olishlari; boshqa din, millat vakillariga nisbatan bag`rikenglik, ular bilan do`stlashish. Oila tarbiyasining o`ziga xosligi oilaning hamisha betakror, boshqa oilalar turmush tarziga o`xshamaydigan individual xususiyatlaridan kelib chiqadi. Odatda jamiyat oilalardan tarkib topadi. Lekin, oila shunchaki oddiy ittifoq emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Har bir tirik vujud esa, o`zi bir olam. Yer yuzida 8 milliarddan ortiq odam yashasa, ularning har biri o`ziga xos fe`l-atvorga ega, bir odam ikkinchisidan nimasi bilandir farq qiladi, bir inson ikkinchi bir insonni hech qachon takrorlamaydi. Insonlarki betakror ekan, oilalarning bir-biriga o`xshamasligi o`z-o`zidan ayondir. Er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki olamning o`zaro ittifoqidan paydo bo`lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. Ittifoq iborasida, shubhasiz, ahillik, totuvlik degan ma`nolar ham mavjud. Agar oila chindan-da tinch-totuv, ahil bo`lsa, oilaviy turmush mustahkamlanib boraveradi. Aks holda, er va xotin bir-biriga adovatli raqiblarga aylanadi, farzandlar taqdiri qiyinlashadi, qarindosh-urug`chilik munosabatlariga putur yetadi. Natijada jamiyatga moddiy va ma`naviy zarar yetadi. Bundan kelib chiqadiki, oila faqat er va xotinning o`zidan iborat emas. Oila – er-xotin, ularning farzandlari, eng yaqin tug`ishganlari, qon-qarindoshlik rishtasi bilan bog`langan kishilardan iborat guruh, boshqacha aytganda, xonadondir. Oila ma`lum xohish-istak, maqsad asosida birlashgan odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma`naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir.10 Oilaning vazifalari: iqtisodiy-xo`jalik, reproduktiv (naslning davom ettirilishi), tarbiyaviy (mehnat, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, g`oyaviy, jismoniy, aqliy, ruhiy, jinsiy, axloqiy, estetik, diniy), nazorat etish, oila a`zolarining mavqeini, hurmatini, or-nomusini, sha`nini himoya etish, dam olishni, bo`sh vaqtni unumli tashkil etish, yosh avlodni oila qurishga tayyorlash, yordam berish, ruhiy-emotsional, muloqot (kommunikativ), qari bobolar-momolar, ota-onalar haqida g`amxo`rlik. Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda oilaning funksiyalarini klassifikatsiya etishda uning muhim bo`lgan bir qancha funksiyalariga: nazorat etish, oila a`zolarining mavqeini, hurmatini, or-nomusini, sha`nini himoya etish hamda qariyalar haqida g`amxo`rlik qilish, ularni avaylab-asrash, parvarish etishga ahamiyat berilmagan. Masalan, B. Shoumarov va Sh. Shoumarovlarning “Muhabbat va oila” asarlarida oilaning quyidagi funksiyalari: reproduktiv iqtisodiy – xo`jalik, tarbiya, kommunikativ, dam olishni to`g`ri tashkil etish ko`rsatilgan, xolos.11 N. Saydaliyevaning tadqiqotida oilaning an`anaviy funksiyalari: reproduktiv, tarbiyaviy, xo`jalik yuritish, iqtisodiy, nazorat qilish, o`z mavqeiga ega bo`lish, dam olishni to`g`ri tashkil etish, emotsional, yoshlarni jinsiy hayotga tayyorlashlarga bo`lingan.12 Hozirgi davrda oila o`zining muhim funksiyasi, qariyalar haqida g`amxo`rlik qilish, ularni avaylab-asrash, parvarish etishni unutib qo`ymoqda yoki yetarli darajada e`tibor bermayapti. Oilaning bu vazifasini bajarishi oila tarbiyasini yuksaltirishga yordam beradi. Bolgariyalik faylasuf, siyosiy arbob P. Kubadinskiy aytganidek: “Bir necha avlod birga yashaydigan oilalarda qarilik boy, qiziqarli, ishonchli va foydali kechadi. Qari insonning ish qobiliyati susayadi, ayrim paytlarda ishga qobiliyatsiz bo`lib qolishi mumkin. Uyda farzandlar va nabiralar bo`lsa, qariyalarga doimo ish topiladi. Bu davrda qariyalar hayotining sermahsul davri, bosib o`tgan hayotlarini analiz qiladilar, shaxsiy tajribalarini o`z ildizidan bo`lgan avlodga yetkazadilar”.13 Keksalarga e`tiborni susaytirib, parvarishlashdan voz kechib, ularni qariyalar uyiga topshirish yoki ularning holidan xabar olmaslik – insonparvarlikka zid narsa bo`lib, oila tarbiyasini yuksaltiradigan sub`ektiv omilni inkor etishdir. Faqatgina oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyat elementlarini shakllantirib va rivojlantiribgina bu fojianing oldini olish yoki bartaraf etish mumkin. Oila funksiyalarining “xilma-xilligining o`ziyoq oila tarbiyasining murakkabligidan dalolat beradi. Bu tarbiyada, avvalo, ota-onaga xos ma`naviy xususiyatlar, qarindosh-urug`chilik, qo`ni-qo`shnichilik omillari ham borki, ularsiz oila tarbiyasini to`la-to`kis tasavvur etib bo`lmaydi. Oila tarbiyasini oilaviy munosabatlar shakllantiradi. O`z navbatida, oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ma`naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirida o`zgarib boraveradi”.14 “Oila dunyosi” bir qator ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, axloqiy rishtalar bilan uzviy bog`langan yaxlit “dunyo” bo`lib, bunda butun boshli tarix, millat, davlat o`z ifodasini topgan bo`ladi. Dunyoga kelib ilk bor ko`z ochgan yangi vujud birinchi marta ushbu murakkab olam bilan oilada tanishadi, binobarin, uning uchun dunyoda eng zukko, yetuk, bilimdon inson ota va onasi hisoblanadi, uning uchun eng obod, fayzli, issiq va ko`rkam xonadon u tavallud topgan uydir. Shu sababli, yosh avlodning emin-erkin, barkamol bo`lib tarbiya topishida ota-onaning tutgan o`rni, ijtimoiy roli, tadbirkorligi, sog`-salomatligi, ma`naviy-axloqiy qiyofasi, el-yurt va Vatanga mehr-muhabbati, sadoqati g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma`noda, “oila dunyosi” atamasi, ko`rib turganimizdek, o`ziga xos betakror, individual falsafiy ma`no-mazmunni ham ifodalaydi. Chunki, qiyosan qaraganda “oila dunyosi” bilan uzviy bog`liqlikda bo`lgan “mahalla dunyosi”, “ko`cha dunyosi”, “shahar yoki qishloq dunyosi” kabi ramziy “dunyo”lar ham mavjud bo`lib, chindan ham ular ibtidosida “oila dunyosi” turadi. Irsiyat orqali o`tgan belgi-xususiyatlardan tashqari, bola xarakterida oilaviy jarayonda yuz bergan barcha xatti-harakat va holat, munosabatlar o`chmas iz qoldiradi. Keyinchalik xarakterning yetakchi yoki bosh xususiyatiga aylangan fazilat yoki odat-qiliqlar oilaviy munosabatlardan oziqlanadi. Shu ma`noda, oila tarbiyasi har jihatdan ijobiy, maqtovga sazovor bo`la olmaganidek, har jihatdan salbiy yoki yaroqsiz ham bo`lmasligi tabiiydir. Har holda, oila tarbiyasida yetakchi ijobiy xususiyatlar ustuvor bo`lsa, ayrim juz`iy kamchiliklarni, nuqsonlarni bilintirmay turadi. “Har to`kisda bir ayb”, deydi dono xalqimiz va ushbu maqol bilan hamma narsa hamisha birday yaxshi bo`lmasligi uqtiriladi. Oilaviy tarbiyaning tugal maqsadi – boladan komil insonni yetishtirishdir. Buni amalga oshirish jismoniy, iqtisodiy, mehnat, siyosiy, huquqiy, g`oyaviy, aqliy, ruhiy, jinsiy, axloqiy, estetik, diniy tarbiyani o`z ichiga oladi. Jismoniy, ma`naviy-axloqiy va ruhiy qonuniyatlarni yaxshi bilmay turib, ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi, zero, bola mana shular asosida rivojlanadi. Bu qonunlarning tabiiy va ijtimoiy sabablarini tushunmaslik kutilgan maqsadning yuzaga chiqmasligiga sabab bo`ladi. Inomova aytganidek, “Milliy axloq, milliy tarbiya natijasida tarkib topadi. Milliy tarbiya negizida oilaviy tarbiya yotadi”.15 Download 134.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling