Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti
Download 134.51 Kb.
|
Ayyubxon Metodika (0)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq fanlarini o`qitish metodikasi” fanidan KURS ISHI
- Ilmiy rahbar
- 1.2. Oila va mahalla g`oyaviy tarbiya maskani………………..……………14 II Bob: G`oyaviy tarbiya va g`oyaviy tasir ko`rsatishning bog`liqligi
- 2.2. Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatishda milliy g`oya va ma`naviy merosdan foydalanish .……………………….…............................................28
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIK FAKULTETI 5111600-“Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishi III bosqich talabasi Tursunboyev Ayyubxon Adhamjon o`g`lining “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq fanlarini o`qitish metodikasi” fanidan KURS ISHI Mavzu: Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatish uslublaridan foydalanishni takomillashtirish masalasi Bajardi: MIG-AU-2O guruhi talabasi Tursunboyev A Ilmiy rahbar: Katta o`qituvchi B.Tillayev Namangan – 2023 MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………….…..……..…3 I Bob: Oila va mahallada g`oyaviy tasir ko`rsatishning dolzarbligi 1.1. Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatishning ustuvor yo`nalishlari…….….……….……….………………..………….…….………6 1.2. Oila va mahalla g`oyaviy tarbiya maskani………………..……………14 II Bob: G`oyaviy tarbiya va g`oyaviy tasir ko`rsatishning bog`liqligi 2.1. Oila va mahallaning g`oyaviy tarbiyasida axloqiy madaniyatning namoyon bo`lish xususiyatlari…………………………………………….....21 2.2. Oila va mahallada g`oyaviy ta`sir ko`rsatishda milliy g`oya va ma`naviy merosdan foydalanish .……………………….…............................................28 III. Xulosa…………………………………….….…………………..……….33 IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ……………...…….........................36 Kirish Mavuning dolzabrligi. O`zbek xalqida qadimgi davrlardan shakllanib kelgan, hayotimizda chuqur o`rin egallab, oliy qadriyatlar darajasida ko`tariluvchi ijtimoiy institutlar sifatida mahalla va oila alohida ajralib turadi. Insonlarni birlashtirib turuvchi, jamiyatning asosiy bo`g`ini bo`lgan oila hamda fuqarolar o`zini o`zi boshqaruvining sharqona ko`rinishi hisoblanuvchi mahallada ma`naviy muhitning barqarorligi, sog`lom munosabatlar tizimining shakllangani hamda farovonligi butun jamiyatning taraqqiyotini, buguni va ertasini belgilab beradi. So`nggi yillarda yurtimizda mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, ijtimoiy nufuzini yanada oshirish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida qaralib, ushbu sohada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030-yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi”1 loyihasida oila va farovon oila tushunchalariga quyidagicha ta`rif berib o`tildi: Oila – murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa hisoblanib, ijtimoiy hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligi va tarbiyaning uzluksizligini ta`minlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o`z ta`sirini ko`rsatadigan ijtimoiy makon hisoblanadi. Oila erkak va ayol o`rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar o`rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan ijtimoiy institut hisoblanadi. Farovon oila – er-xotinning bir-biri va bolalariga nisbatan o`zaro majburiyatlarini to`liq va aniq anglagan holda bajariladigan, jamiyatda o`rnatilgan axloqiy me`yor va qoidalari qo`llab-quvvatlanadigan, o`zini moddiy jihatdan ta`minlay oladigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruh sanaladi. Farovon oila tushunchasi oila a`zolarining yetarli darajada qondiradigan ish, daromad, uy-joyga ega bo`lishi hamda reproduktiv, tibbiy, ta`lim, maishiy, madaniy ehtiyojlarining qondirilishi, sog`lom turmush tarzini yuritishga asoslanishi bilan tavsiflanadi.2 Oilada tinchlik, oila a`zolarining bir-biriga o`zaro mehr-oqibatli va murosali bo`lishi, hurmat hamda e`tiborni saqlab qolishi, shuningdek, kelajak avlodni tarbiya qilishda oiladagi sog`lom muhitni asrashi birlamchi zarurat hisoblanadi. Oilalarda sog`lom muhitning ta`minlanishiga va oila a`zolarining bir-birlariga o`zaro ijobiy his-tuyg`ulari asosidagi munosabatiga to`sqinlik qiluvchi omillar mavjudki, ularni bartaraf etishda zamonaviy usullarni qo`llash zarurati ortmoqda. Mamlakatning bugungi rivojlanish bosqichida zamonaviy tendensiyalar va globallashuv jarayonlarining jadallashuvida oila institutining ustuvor mavqeyi va muqaddas o`rnini mustahkamlash maqsadida oila instituti bilan bog`liq muammolarni tizimli bartaraf etish va bu boradagi milliy qonunchilikni takomillashitirishning ahamiyati tobora ortib, baxtli va farovon oila bugungi jamiyatimizning bosh g`oyalaridan biriga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma`naviy-ma`rifiy sohada islohatlarning amalga oshirilishi kelajagi buyuk davlatimizning yoshlarini har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, raqobatbardosh, intellektual salohiyatli bo`lgan barkamol avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodni ma`naviy – axloqiy jihatdan har tomonlama tarbiyalashni, ularda bilim, keng dunyoqarash va e`tiqodga ega bo`lishni talab etadi. Chunki, mamlakatimiz kelajagi va istiqboli ana shu avlod tarbiyasiga har tomonlama bog`liq. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma`naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o`ringa ega bo`lib, uni samarali tashkil etish o`quvchida ma`naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo`lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o`quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko`nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon bo`lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Download 134.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling